Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Teleskop

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Teleskop

Kozoynaklar singari, korish trubasi ham, ilm-fandan yiroq odam tomonidan ixtiro qilingan. Dekartning Dioptrika asarida ushbu muhim ixtiro haqida shunday hikoya bor: Fanimizning uyatga qoldirgan holatda, shunday ajoyib va muhim ixtiro, dastavval, mutloq amaliy tajriba asosida va unda ham, tasodif tufayli amalga oshirilgan. Taxminan, 30 yilcha avval, Yakov Metsius, hech qachon fanlarni oqimagan odam, qol ostida har xil shakldagi linzalarga va oynalarga ega bolgan holatda, ularning ketma-ketligidagi kombinatsiyasidan, ot oldirish, olov hosil qilish uchun foydalanish maqsadida, ularni tasodifan, omadli ravishda shunday joylashtirishga muvaffaq boldiki, u orqali qarab, umuman kutilmagan tarzda, dastlabki korish trubasini yasab oldi. Aytishlaricha, bunga sabab bolgan narsa, Metsiusning ishlari ustida kuzatuvchanlik bilan oynab yurgan bolalarining, oyin asnosida truba orqali unga qaraganlari bo'lgan ekan...

Shunday qilib, dastlabki korish trubasi Niderlandiyada, XVII asrning boshlarida paydo bo'ldi. Shuni aytish kerakki, uni, Metsiusdan tashqari, yana bir necha kishi, bir biridan mustaqil ravishda ixtiro qilishgan. Ularning hech birisi optikachi olimlar bolishmagan, aksincha oddiy shishasoz usta hunarmandlar bolishgan. Ulardan biri, Middelburglik kozoynak ustasi Ioann Lippersgey - 1608-yilda ozining ixtirosi haqida Bosh Shtatlarda chiqish qiladi. Bu yangilik haqida eshitgan mashhur olim Galileo Galiley 1610-yilda shunday yozgan edi: On oycha muqaddam, Belgiyalik qandaydir odam perspektiva[1] (Galiley teleskopni shunday atagan) yasagani va uning yordamida kozdan uzoqda joylashgan buyumlarni aniq farqlar bilan, xuddi ular yaqindagidek korish mumkinligi haqidagi xabar bizning qulogimizga ham yetib keldi. Galiley korish trubasining ishlash mohiyatini bilmagan, lekin, optika qonunlaridan xabardor bolganligi uchun, u haqida tezkorlik bilan oz tushunchasiga ega bolib, ozi ham, korish trubasi yasashga muvaffaq bo'lgan.

Avvaliga men, qorgoshindan trubka yasadim - deb yozadi u, - uning bir tomoniga ikkita kozoynak shishasini, ularning har ikkisining ham bir tarafi tekis, ikkinchi tarafi qavariq-sferik, bir uchidagisi esa botiq edi. Kozimni botiq shishaga qoyib, buyumlarni ancha katta va yaqindan kordim. Bundan keyin men, yana ham aniqroq truba yasadim, u buyumlarni oltmish marotabadan ham koproq kattalashtirib korsatar edi. Buning uchun hech qanday mehnat va mablagni ayamay, shunchalik mukammal asbob yasashga erishdimki, agar u orqali buyumlarga qaralsa, tabiiy holatdagisiga qaraganda, ming marta kattaroq, ottiz marta yaqinroq korinar edi. Bunday asboblarning quruqlikda ham, dengizda ham qanchalik qulay ekanligini sanab otirish ortiqcha bolar edi.

Galiley birinchi bolib kozoynaklar va korish trubalari uchun linzalarni tayyorlashning texnologiyasi tamomila farq qilish lozimligini tushunib yetdi. Kozoynak uchun tayyorlangan linzalarning aksariyati teleskop uchun yaroqsiz bolib chiqar edi. Uning teleskop linzasini tayyorlash texnologiyasining takomillashtirishi natijasida, linzalarning kattalashtirish xususiyati 20 martagacha kopaydi. Kozoynak ustalarning eng mohiri ham, bu korsatkichni uch martadan oshira olmagan edi.

Galileyning teleskopi ikkita linzadan - obyektiv, ya'ni, buyumga qaratilgan, nurlarni yiguvchi qavariq linzadan, hamda, kozga qaratilgan sochuvchi linza - okulyardan iborat bolgan. Buyumdan kelib tushayotgan nurlar avvaliga obyektivda sinib, songra, kozga tushib tasvir hosil qilishdan avval esa, okulyarda sochilishga uchragan. Bunday tartibda oynalarning joylashtirilishida, nurlar haqiqiy tasvirni hosil qilmagan, bu jarayonda tasvir, kozning ozida hosil qilinib, koz ham optik zanjirning bir qismi sifatida ishtirok etgan.

Obyektiv, kuzatilayotgan buyumning haqiqiy tasvirini ozining fokusida hosil qilgan. Biroq, bu tasvir teskari, tonkarilgan holatda namoyon bolib, keyingi jarayonda, obyektivdan otib, yigilgan nurlar, botiq linzali okulyarda yana sochilishga uchragan va ozining haqiqiy tasviri xususiyatlarini yoqotgan. Sochuvchi linzadan keyin, buyumning tasviriy ifodasi hosil bolgan va u koz uchun, eng maqbul korish masofasida joylashgan. Teleskopning kattalashtirib korsatish korsatkichi, obyektiv va okulyarning fokus masofalarining nisbatiga teng bo'lgan. Nazariy jihatdan, istalgan kattalikdagi tasvirni hosil qilish mumkindek, tuyuladi. Biroq, kattalashtirish korsatkichi uchun chegarani texnik imkoniyatlarning cheklanganligi qoyadi: katta diametrli shishani sayqallab, linza korinishiga keltirish juda mushkul yumush.Bundan tashqari, juda katta fokus masofalari uchun, juda uzun truba yasash taqozo etiladi va unda kuzatuvchining ishlashi imkoni bolmay qoladi. Florensiyadagi ilm-fan muzeyida saqlanayotgan Galiley teleskoplarini organish shuni korsatdiki, olimning yasagan birinchi teleskopi 14 marta, ikkinchisi esa 19.5 marta kattalashtirib korsatish imkonini bergan ekan. Uchinchi teleskopi esa, undan ham yaxshi - 34.6 marta kattalashtirish imkoniga ega bo'lgan.

Albatta, Galileyni teleskopning ixtirochisi sifatida e'tirof etish to'g'ri emas. Biroq, u XVII asr boshi uchun optika ilm-faniga ma'lum bo'lgan bilimlar asosida, uni takomillashtirishga va ilmiy asosda mukammallashtirib, qudratli ilmiy asbobga aylantirishga erishdi. Aynan Galiley tungi osmonga teleskop orqali nigoh tashlagan dastlabki inson bolgan. Shu sababli u, ozigacha hech kim kormagan narsalarni korishga muvaffaq bo'ldi. Dastavval, Galiley oz teleskopini Oyga qaratdi. Uning sirtida toglar va vodiylar mavjud ekan. Toglarning choqqilari quyosh nurlaridan kumushsimon yarqirardi, uzun soyalari esa, vodiylarga kolanka tashlab turardi. Oy toglari soyalarining uzunligini olchash orqali, Galiley ularning balandliklarini hisoblab chiqdi. tungi osmonda u koplab yangi yulduzlarni kashf etdi. Masalan, Pleyada yulduzlar turkumida, qadimdan naql qilib kelinganidek 7 ta emas, balki ancha koproq - 30 dan ortiq yulduzlar bor ekan. Orion yulduz turkumida esa, 8 ta emas, 80 ta yulduz aniqlandi. Galileygacha bo'lgan qadimgi va orta asr olimlarining, Somon Yolining nur chiqaruvchi buglar toplami degan qarashlari, Galiley teleskopining mazkur galaktikaga yuzlanishi tufayli chippakka chiqdi. Somon yoli, juda kop miqdordagi alohida yulduzlarning yigilgan joyi ekan. Galileyning katta hayratiga sabab bolib, yulduzlar, teleskopdan qaralganda, oddiy koz bilan qaralganidan ham kichikroq bolib qolar, va ozlarining gardishlaridan mosuvo bolib qolar edi. Sayyoralar esa, endi xuddi oy singari yaqqol korina boshlagan edi. Teleskopi bilan Yupiterga yuzlanib, Galiley uning atrofida harakatlanayotgan va sayyoraga nisbatan oz vaziyatini muttasil ozgartirib turuvchi tortta kichik osmon jismini kuzatdi. 2 oylik kuzatuvlardan keyin, Galiley, ularning Yupiterning tabiiy yoldoshlari ekanligi va Yupiterning ozi Yerdan bir necha barobar katta ekanligi haqida xulosaga keldi. Teleskopni Veneraga yonaltirib, Galiley uning Oyga oxshash fazalar almashinish jarayoni borligi, demak u ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy asoslab berdi. Vanihoyat, teleskop va binafsharang shisha orqali, Quyoshga qarab, buyuk olim, undagi doglarning mavjudligini, ularning harakatlanishini kuzatish orqali esa, demakki, Quyosh ham oz oqi atrofida aylanishini kashf etdi.

Galileyning yuqorida sanab otilgan barcha kashfiyotlari, nisbatan kichik muddat mobaynida, va teleskop tufayligina amalga oshirilgan edi. Zamondoshlari orasida bu kashfiyotlar olamshumul shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Teleskop va u orqali koinotga qarash ishtiyoqi shu darajada kuchayib ketadiki, osha yilning ozidayoq, Galiley butun Italiya boylab teleskop uchun yuzlab buyurtmalarni qabul qiladi.

1610-yilda Galiley korish trubasining mutlaqo yangichakonstruksiyasini oylab topdi. Keyingi yili esa u fundamental ilmiy ish - Dioptrikani chop ettirdi. Unda olim, korish trubalari va optik asboblarning nazariy jihatdan tahlil qilib bergan.

Galileyning kashfiyotlarini birinchilardan bolib munosib baholagan inson - boshqa bir buyuk astronom - Iogann Kepler edi. Keplerning ozi teleskop yasay olmagan. Chunki unda mablag muammosi doimiy xalal berardi, qolaversa, Kepler yashagan muhitda malakali optikachi ustalar bolmagan. Biroq, Kepler tamoyili boyicha birmuncha mukammal teleskopni boshqa bir astronom - Sheyner yasagan.

Koplab olimlar, teleskopining quvvatini Galileynikidan ham oshirish uchun jiddiy urinishlar olib borganlar. Ba'zilarga kattalashtirish darajasini 100 barobargacha olib chiqishga muvaffaq bolishgan, biroq, bunda truba uzunligi 30-40 metrga yetib qolar edi. Tarixiy rekord astronom Ozuga tegishli bolib, 1664-yilda u 600 marta kattalashtira oladigan teleskop yasashga erishgan. Uning teleskopi trubkasi uzunligi 98 metrga teng bo'lgan. 1672-yilda yana bir buyuk olim Isaak Nyuton tomonidan mazkur muammoning oziga xos yechimlaridan biri optik amaliyotga joriy qilingan bolib, Nyuton teleskopi Reflektor deb atalgan. Unda qavariq shisha linza orniga botiq metall kozgu qollanilgan edi.

Yuqorida hikoya qilinganidan korinib turibdiki, teleskopning ixtiro qilinishi fanda yangi davr, aniqlikka asoslangan optik kuzatishlar erasini boshlab berdi. Astronomik, geografik izlanishlarda, dengizchilikda beqiyos optik asbob, butun insoniyatga beminnat xizmat qila boshladi.


[1]Perspektiva - Kelajak ma'nosida emas, optikadagi proyeksiyaning turlaridan biri ma'nosida qollanilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 10.09.2018 17:24  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!