Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Hisoblash texnikasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Hisoblash texnikasi

Mening bolaligim 90-yillarning boshiga to'g'ri kelgan. Boshlangich sinfga borganimda oqituvchimiz avval sanoq choplarda, keyinchalik kichik chot yordamida sanashni orgatganlar. Eng sodda arifmetik amallar qoshish, ayrish, kopaytirish, bolishni oqituvchilarim doim yozma ravishda bajarishni orgatishar edi.

U vaqtlarda dokonlarda sotuvchilar hisob kitoblar uchun chotlardan foydalanishardi. Men ularning chot donachalarini shaq-shuq etib u yoqdan buyoqqa urib, hisoblashlarini hayrat bilan kuzatgan paytlarim esimda. Biroq, XXI asr axborot texnologiyalari eshik qoqayotgan bir jarayonda, osha chotlarning amaliy orni va ahamiyati yoqolib, ozi esa muzey va kolleksiyalarning eksponatiga aylanib borayotganini tasavvur qilmagan ekanman...

Bugungi kunda har qanday matematik hisob kitoblarni bir zumda bajara oladigan elektron vositalar kompyuterlar va kalkulyatorlar doimo qol ostimizda. Hozirgi zamon dokondorlariga osha chotlar endi besonaqay matohdek tuyuladi. Uyali aloqa apparatimizning ilovasidagi kalkulyatorda nafaqat oddiy arifmetik amallar, balki, murakkab algebraik hisoblashlar, trigonometrik yechimlar, logarifmlar, hosilalar, va hattoki mantiqiy operatsiyalarni, muhandislik yechimlarini ham bajarish imkoniyati bor. Bozor va dokonlarda esa savdogarlar qolida kalkulyator doimiy hoziru-nozir. Jamoatchilikda bu jarayon borasida albatta ijobiy fikr hukmron. Biroq, yakdillikka raxna solayotgan bazi mulohazalar ham borki, ular ham oz ornida to'g'ri albatta. Xususan, maktab oquvchilarining ham, misol va masala yechishda faqat kalkulyatorga suyanib qolayotgani, bu esa, ularning mantiqiy fikrlashi qobiliyatiga salbiy tasir qilishi haqida fikrlar mavjud. Mayli, bu boshqa masala. Bu maqolamda men Sizlarga, bugungi kundagi benazir dastyorimiz kalkulyatorlargacha bolgan vaqtda insoniyatga xizmat qilib kelgan hisoblash vositalari haqida soz yuritmoqchiman.

Qadimgi xalqlar Misrliklar, Rimliklar va yunonlar Abak deb nomlangan oziga xos hisoblash texnikasidan foydalanishgan. Uning korinishi turli zamonlarda ozgarishlarga uchragan bolsa ham, biroq mohiyat har doim bir xil bolgan: ortacha olchamdagi yogoch doska, yoki, metall plastinaga ketma ket tartibda toshlar yoki tugmalar, shunga oxshash, ushlashga qulay kichik olchamdagi donachalar ornatib chiqilgan. Masalan Yunon abaki taxtacha yoki marmar toshga yonib chiqilgan ariqchalar ichida harakatlanuvchi toshchalardan iborat bolgan. Bunga ashyoviy dalil qilib, 1948 yilda Salamin oroli yaqinidan topilgan 150X75 olchamdagi marmar abakni keltirish mumkin. Abakda chap tarafdagi chiziqlar chuqurchalarda suriladigan toshlar orqali draxmalar va talantlar hisoblangan. Ong tarafda esa kichikroq birliklar draxmaning ulushlari obol va xalk hisoblangan. Tasvirdagi abakda 4873 draxma, 2 obol va 5 xalk hisoblangan.

Neapoldan topilgan boshqa tarixiy yodgorlik - kozada esa, qadimgi yunonlarning soliq yiguvchisining abakdan foydalanayotgani tasvirlangan. Undagi abak esa kolonkalarga ega emas, malum qiymatlarni ifodalovchi donachalar esa, sonlarni bildiruvchi harflar roparasiga tartiblangan. Tasvirdagi abakda qadimgi yunon soliqchisi 1231 draxma va 4 obolni hisoblamoqda.

Yunonlarnikiga oxshash abak, Kichik Osiyo yarim orolidan topilgan. Faqat u qadimgi Rimliklarga tegishli bolib, u misdan yasalgan ekan.

Bu abak birmuncha murakkabroq, va shunga kora mukammalroq ham bolib, unda 1/12, 1/48, 1/72 gacha aniqlikda bolinmalarni ham hisoblash mumkin bolgan. Pastki yolakchalardagi harakatlanuvchi tugmalar 1 birliklarni, yuqoridagisi esa 5 birlikni ifodalagan. Ong chetdagi chiziqdagilar esa kasr sonlarni ifodalashda qollanilgan. Tasvirdagi abakda 852 butun soni va 4/12 kasr korinishidagi miqdor ifodalangan.

Amerika qitasidagi hindu sivilizatsiyalarida arqonlarga tugunlar tugish orqali hisob olib borilgan malum. Xususan, Peru hududida yashagan hindu qabilalarida Kvipos deb nomlangan, arqonga tugunchalar tugishga asoslangan hisoblash vositasi bolgan ekan. Shu kabi hisoblash texnikasi Xitoyda Suan-pan, Yaponiyada Soroban deb atalgan bolib, ularda ham chotdagi singari usul qollanilgan. Yani, turli qiymatga ega, rangdor toshlarni bir biriga nisbatan siljitilgan. Xitoy va Yapon Suan-pan va Soroban larida 7 ta toshchadan foydalanilgan.

Orta asrlarda Yevropada esa Abakning maxsus turlari stolga oyib ishlangan korinishdagilari keng tarqalgan ekan. Stolga oyib ishlangan Abakka, unga tutashtirib stul orindiq ham yasalgan. Bozor va yarmarkalarda shunday orindiqli abakka joylashib, sarrof[1]lar hisob-kitob olib borishgan. Zamonaviy nutqimizdagi chek, bank va bankrot kabi moliyaga taalluqli sozlar aynan osha orta asrlardagi orindiqli abakdan kelib chiqqan ekan. Bank sozi nemis va italyan tillaridagi orindiq sozidan kelib chiqqani etimologik lugatlardan malum. Agar bunday orindiqli abakda ishlayotgan sarroflar, mijozni aldagani uchun yoki qaroqchilar qoliga tushib qolib kaltak esa va orindigi hamda abak vositasi sinsa Banca rotta yani, stol sindi! deyishgan. Mana bankrot sozining ildizi qayerda ekan! Chek sozi esa, inglizchadagi checker felidan kelib chiqqan bolib, orta asrlardagi ingliz savdogarlarining hayvon terisiga bolimlar tarzida ishlangan abakni ular checkered deb atashgan. Bunday abak orab, yigishtirib olib yurishga qulay bolib, unga toshchalar sifatida dukkakli osimliklar donlari qollanilgan.

Songgi orta asrlardan boshlab esa, bizlardan kopchiligimiz ham korgan hisoblash vositasi chotlar keng tarqalish olgan. Aytib otganimdek, ular hisob-kitoblar olamida dokonlarda, kassalarda, buxgalteriya, omborxona va xalq hojaligining turli sohalarida 90-yillarning oxirigacha oz ornini saqlab qolgan edi...

Albatta, hisoblash texnikasini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirishga bolgan urinishlar ham ancha avval boshlangan. Biroq, dastlabki paytlarda bunday hisoblash vositalari, ayniqsa, elektron hisoblash vositalari ota qopol, qolaversa juda qimmat bolgan. Mexanik hisoblash mashinalari haqida ham shunday deyish mumkin.

Mexanik hisoblash mashinalarining dastlabki namunalarini buyuk farang olimi Blez Paskal ishlab chiqqan. Uning mashinasi osha vaqtlarda Paskal gildiragi deb nomlanar edi.

2 yanvar 1640 yili Paskallar oilasi Ruanga kochib k?ladi, bu yerda Paskalning otasi Etyen hudud int?ndanti[2] lavozimiga tayinlanadi. Amalda u gub?rnatorning barcha ishlarini, xususan soliq yigimlari va boshqa hisob-kitobga doir ishlarini yurituvchisi boladi.

Etyen Paskalning hisoblashga doir ishlari juda kop edi, unga doimo ogli Blez Paskal yordam b?rardi. 1640 yilning oxirida Bl?z Paskalda aqlli ruchka va j?tonlar orqali hisoblashlardan qutqarish uchun mashina ixtiro qilish fikri tugildi. Uning mashinasida, Paskalning ozi aytganidek, ...biror razryadning gildiragi yoki sterjeni onta arifmetik raqamga siljib, k?yingisini faqat bitta raqamga siljishga majbur etadi. Bl?z Paskal Ogohlantirish asarida arifmetik mashinani korishga qiziqqan va undan foydalanmoqchi bolganlarga kamtargina bunday d?ydi: M?n s?n uchun foydali holatga k?lguncha vaqtimni ham, mehnatimni ham, mablagimni ham ayamadim.

Bu sozlar besh yillik ogir mehnat mashinaning yaratilishiga olib k?lganiga ishora edi. Mashina sekin bolsa-da, besh xonali sonlar ustida tortta arifmetik amalni ishonchli bajarar edi.

Tarixda ilk mukammal hisoblash mashinasi bolgan Paskal gildiragiga batafsil toxtalsa arziydi:

Paskal mashinasi yengil latun quticha ichiga joylashtirilgan bolib, qutichaning tepasi qopqoq tarzida ishlangan. Qopqoqda 8 ta tirqish mavjud. Har bir tirqish boylab aylanasiga shkalalangan. Paskal mashinasining eng chetki ong tarafdagi tirqishi 6 ga bolingan shkalalik, eng chetki chap tarafdagisi esa 12 ga bolingan shkalalik edi. Qolgan 6 ta ortadagi tirqishlar 10 lik sanoq tizimida shkalalangan. Bunday galati gradiurovka osha zamon farang pul birligi tizimiga muvofiqlashtirilgan bolib, 1 su 1/20 livr, 1 denye esa 1/12 su bolgan. Mashina soliq yigimlariga moljallangani sezilib turibdi. Qopqoq ostida esa tirqishlardagi shkalalarga mos sondagi tishlari bolgan tishli uzatma mexanizmi korinib turgan.

Paskal mashinasiga sonlarni kiritish esa quyidagicha bolgan: har bir gildirak boshqasidan mustaqil ravishda, oz oqi atrofida aylangan. Gildirakning aylanishi yetakchi shtift yordamida amalga oshirilgan. Shtift tishli gildirakni shkaladagi 1 ostida ornatilgan qozgalmas bortmagacha burab borishi mumkin bolgan. Har bir gildirakning aylanishi? Ichki mexanizmlar orqali gorizontal oqqa mahkamlangan slindrik barabanlarga uzatilgan. Bu barabanlarda esa sonlar qatori yozilgan bolgan. Paskal mashinasi 9 xonagacha bolgan sonlarni qoshishni tez bajargan. Bunda songa mos keladigan aylanish burchagiga proportsional ravishda slindr aylanib, natijani namoyon etgan. Kopaytirish va bolishda ham aynan gildirakning qancha burchak ostida burilganiga muvofiq natijada slindr aylangan. Paskalning mexanizatsiyalashtiriligan hisoblash mashinasi oz zamonasi uchun benazir nou-xau, boshqacha aytganda xay-tek edi. Butun Yevropa boyicha tez orada katta shov-shuvga sabab boldi. Paskal mashinaning elliktaga yaqin nusxasini yasadi; Paskal r?klamani ham unutmaydi: u kansler S?g?ning qollab quvvatlashiga - Qirolning rasmiy imtiyoziga (pat?ntga oxshash ruxsatnoma) erishadi. Mashina kop marta yarmarka va korgazmalarda namoyish qilindi, hatto bir nusxasi shv?d qirolichasi Kristinaga yuborildi. Ishlab chiqarish yolga qoyiladi, qancha mashina ishlab chiqarilgani nomalum, ammo hozirgi kungacha uning sakkiz nusxasi saqlanib qolgan.

Paskaldan keyingi mexanik hisoblash texnikasining ustasi mashhur olmon matematigi Leybnits bolgan. 1672 yilda Leybnits Gollandiyada olim Xristian Gyugens xonadonida mehmonda boladi va u Gyugensning kundalik ish tartibining juda katta qismini hisob-kitoblar olayotganligini korib, achinish bilan Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat, boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo'lgan hisoblash ishlarini xuddi qullar kabi, ozi bajarmoqda... deb yozgan edi. Leybnistda hisoblashni ozi bajaradigan mashina yasash goyasi paydo boladi. Leybnits yasagan hisoblash mashinasining ishlaydigan ilk namunasi 1694 yilda paydo boldi va olimga juda qimmatga 24000 talerga tushdi. Leybnits oz mashinasini Arifmometr deb nomlagan.

Leybnits mashinasining asosida uning ozi ixtiro qilgan bosqichli valik yotadi. Leybnitsning arifmometrida 12 xonali slindrik razryadlardan 12 tasi bolib, u ham tishli uzatma mexanizmi asosida harakatlangan. Harakatlanuvchi mexanizm silindriga oyib yozilgan sonlarni slindrni burash orqali taritiblab olingan va keyin arifmetik amallarni bajarilgan.

Paskal hamda Leybnits mashinalari biror hisob kitob uchun qollanilgandan keyin yana nolga qaytarish, yani barcha razryadlarni boshidan kiritish uchun burab chiqish kerak edi. Oz davri fan-texnikasi uchun har qancha yuksak natija bolmasin, Paskalning ham Leybnitsning ham mashinalari ijtimoiy yashash darajasiga nisbatan ota qimmat bolgan. Bu narsa ularning oddiy xalq ortasida keng tarqalishiga tosqinlik qilgan asosiy gov edi...

Biroq, jamiyatda bozor munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro savdo sotiq va ishlab chiqarish hajmining ortishi asta sekinlik bilan bolsada, hisoblash mashinalariga bolgan ehtiyojni ortishiga sabab boldi. Bank va moliya muassasalarida turli xil jadvallar logarifmlar jadvali, foizlar jadvali kabilar keng tarqaldi. XVIII asr ortalaridan boshlab dengiz yollarining kengayishi, qitalararo kema qatnovida navigatsiyaning ahamiyatini yanada dolzarb qilib qoydi. XVIII asr oxirigacha ham, kemaning dengiz yoki okeanning qayerida turganligini aniqlovchi hisob kitoblar, koinotdagi osmon jismlarining harakatiga qarab belgilanar edi. Buning uchun maxsus astronomik jadvallar tuzilib, kema kapitani kayutasida osib qoyilar, bu esa kemaning ummondagi koordinatasini aniqlashning yagona usuli edi. Biroq, astronomik jadvallarda xatoliklar tolib yotardi. Qolaversa, har bir astronomik jadvalni tuzib chiqish, tuzatishlar kiritish va nashr etish juda katta mablag talab qilgan. Noshirlar ham oz idoralarida maxsus shtatda astronomik ilmiy malumotga ega bolgan odam bilan shartnoma asosida jadvallarni doimiy tekshirib borish va zaruriy tuzatishlar kiritishga majbur bolishgan. Lekin, bu ham dengizchilarni xatolardan qutqarmagan, bazan esa qayguli hodisalarga ham sababchi bolgan... XIX asr boshiga kelib, dunyo ummonlarida kemachilik boyicha yetakchilik qilayotgan Angliya davlatida holat jiddiy tus oldi. Dengizchilik uchun ishlab chiqilgan logarifmik va astronomik jadvallardagi xatoliklar tufayli iqtisodiy va manaviy zarar miqdori yil sayin ortardi. Bu holatdan qutilish uchun, 1822 yilda ingliz hukumati maxsus farmoyish bilan mashhur matematik va ixtirochi Charlz Bebbidjga hisoblash mashinasi yasash haqida davlat topshirigi berdi.

Bebbidj mashinasi Farqlar mashinasi deb nomlangan. Sababi uning mohiyati razryadlar orasidagi farqlarning qonuniyatiga tayangan edi. Bebbidj oz mashinasi uchun hisoblash jarayonini asosi qilib quyidagi mantiqiy algoritmni olgan:

Birinchi ustun uchun bazi bir hisoblashlar oldindan ishlab chiqilgan bolsin. Uning natijalari ikkinchi ustunga qayd qilib borilgan. Har bir olingan qiymatdan avvalgisini ayrib tashlaymiz. Shu tarzda ular orasidagi farqlarga ega bolamiz va ularni uchinchi ustunga yozib chiqamiz. Aynan shu operatsiyani birlamchi farqlar bilan bajarib ikkilamchi farqlarni olamiz va uni tortinchi ustunga yozamiz. Amalni davom ettirib 5 va 6-ustunlarni ham toldirib chiqamiz. Shunda ajoyib bir holat yuzaga keladi. 4-bosqichdagi farqlar doimiy 24 ga teng boladi va demak 6-ustun faqat 24 sonidan iborat boladi. Bu tasodif emas, balki, muhim teoremaning natijasidir. Agar funksiyada (bizning misolimizda bu y(x)=x4 funksiya) n darajali kophad mavjud bolsa, jadvalda ham uning n farqlari doimiy boladi. Bunga kora jadvaldagi birinchi ustundan kelib chiqib, qoshish amali yordamida ikkinchi va uchinchi ustunlar uchun qiymatlarni oson topish mumkin. Misol:

156+24=180

590+180=770

1695+770=2465

4096+2465=6561

Bebbidjning farqlar mashinasida ham Paskaldagi kabi tishli uzatma asosida oz oqi atrofida aylanuvchi gildiraklar harakatlangan. Biroq, Bebbidjning mashinasi faqat 6 razryadga moljallangan bolib, yuqorida biz bayon etgan qonuniyatga binoan shunday loyihalangan. Biroq, shunga qaramay, Bebbidj mashinasi trigonometrik funksiyalar ustida amallar bajarishga ham imkon bergan. Bu mashinada har qanday amallar qoshish asosiga qurilgan bolgan. Undan tashqari Bebbidj oz mashinasini XIX asrning eng ilgor yutuqlari asosida boyitgan. Masalan u biror operatsiyani bajarib bolgach, qongiroq chalib ogohlantirishi mumkin edi. Biroq Bebbidjning mashinasi ham toliq mexanik bolib, Siz bilan bizning qolimizdagi EHM nomli texnikaga taalluqli bolmagan. Gap shundaki, Bebbidjning farqlar mashinasi ham mohiyatiga kora Leybnits arifmometrining mukammallashtirilgan murakkabroq varianti bolib, uning ish jarayonida doimiy bitta odam mashgul bolishi va bajarilayotgan operatsiyalarning butun kolamining ketma-ketligini (algoritmini) miyada saqlashi kerak edi. Bu esa ayrim noqulayliklar, asosan hisoblashlar uchun doimiy band boluvchi malakali matematik mutaxassisni taqozo etar edi.

Mexanik hisoblash mashinasining ozi Bebbidjga hisoblash texnikasi va umuman ilm-fan tarixida yuksak orin belgilab berishi aniq edi. Biroq ajoyib ixtirochi olim bu bilan cheklanib qolmadi. Zamonaviy EHMlarning eng keksa ajdodi bolgan analitik hisoblash mashinasining dastlabki namunasini ham aynan Bebbidj loyihaladi. 1834 yilda Bebbidjning fikriga Odamning aralashuvisiz, malum bir qonuniyatni ilgab olgan holda, hisoblashlarning keyingi jarayonining qonuniyatlarini ozi aniqlab ozi bajara oladigan universal analitik mashina yasashning imkoni bolarmikan? degan goya keladi.

Bebbidj dasturiy boshqariladigan hisoblash mashinasi haqida fikrlay boshladi. Uning goyasiga kora, mashinaga avvaldan aniq va sodda buyruqlardan iborat biror dastur kiritiladi va u mashinaning ish jarayonini boshqaradigan bolishi kerak edi. Bebbidjgacha tarixda hech kim bunday hisoblash mashinasini loyihalamagan bolib, lekin amaliyotda muvaffaqiyat bilan qollanilayotgan dasturiy boshqariladigan mashinalar mavjud edi. Faqat ular hisoblash uchun emas, boshqa maqsadlarni kozlagan bolib, ularga misol qilib, 1804 yilda farang Jozef Jakar ixtiro qilgan dasturiy boshqariladigan toqish dastgohini keltirish mumkin. Jakarning toquvchilik dastgohi uchun qollagan avtomatikasi mato toqish jarayonida tolalarning bir-biri ustiga malum qonuniyat asosida yotqizib toqib chiqilishini mexanik ravishda, maxsus perfokartalar yordamida bir tizimga solish, yani dasturlashni asos qilib olgan. Bebbidj ham aynan Jakar qollagan tamoyilni ozining dasturlanuvchi hisoblash mashinasiga asos qilib olmoqchi bolgan. Ammo u umrining oxirigacha (1871) bu goyani amalda muvaffaqiyatli sinay olmadi. Lekin undan perfokarta yordamida dasturlanuvchi hisoblash mashinasining 200 dan ortiq chizma-loyihalari meros bolib qolgan. Bu barcha chizmalar texnika tarixidagi ota qimmatli va ahamiyatli manbalar bolib, ular orqali zamonamizdagi EHM dunyosiga ilmiy yol ochilgan.

Bebbidj goyasiga kora, analitik hisoblash mashinasi 4 ta asosiy blokni oz ichiga olishi kerak edi: Bebbidjning ozi tegirmon deb atagan birinchi blokda asosiy 4 arifmetik amal bajarilishi kerak edi. Ikkinchi blok esa ombor bolib, unda, oraliq va yakuniy natijalar, shuningdek qoldiq qiymatlar saqlanishi zarur bolgan. Ushbu har ikkala blokning asosiy elementi 10 lik sanoq tizimida shkalalangan gildirak bolib, Bebbidj loyihasiga kora har biri 50 xonali sondan iborat bolgan 1000 ta gildirak ishlashi, va unda 1000 ta 5-xonali sonni saqlash imkoni bolishi kerak bolgan. Mashinaning amallar bajarish tezligi, faqat uning mexanik xususiyatlariga, yani, gildiraklarining aylanish tezligiga bogliq bolardi. Bebbidjga kora loyihalangan analitik hisoblash mashinalarining ilk namunalari, ikkita 50 xonali sonni bir biriga qoshishga 1 soniya vaqt sarflagan. Uchinchi blok esa, Jakkarning perfokartalar goyasi asosida bolib, u mashina uchun dastur kiritish vazifasini bajarishi kerak edi. Yani, perfokartalarning mashina mexanizmiga malum tartibda joylashtirilishi natijasida, mashina kerakli orinda qoshib, boshqasida kopaytirib yoki ayrib, va zarur vaqtda natijani saqlash uchun ikkinchi blok omborga yuborishi kerak edi. Tortinchi blok esa malumotlarni kiritish va natijalarni operatorga namoyish qiluvchi bir necha qurilmaning uygunlashgan majmuasidan iborat bolgan. Natija ham maxsus perfokartalarga mashinaning ozi tomonidan teshikchalar hosil qilish tarzida yozib (teshib) chiqarilgan. Bebbidj mashinasining oziga xos bu tashqi xotira qurilmasi, aynan shu mashina uchun keyinchalik boshqa hisoblashlardagi qiymatlarni kiritishda qollanilishi mumkin edi.

Adolat yuzasidan shuni alohida takidlash shartki, Bebbidj mashinasining apparat konstruksiyasi va detallarini uning ozi ishlab chiqqan va yasagan bolsa, dasturlash ishlarini uning yaqin dosti, mashhur ingliz shoiri Bayronning qizi ledi Lovleys bajargan. Bu xonim matematika bilan jiddiy shugullangan va murakkab texnik yechimlar borasida ham yaxshi mutaxassis bolgan. 1842 yilda Italiyada Menabrea ismli yosh olimning Bebbidj mashinasi haqidagi risolasi nashrdan chiqqach, ledi Lovleys uni ingliz tiliga ogirib, tasviriy izohlar va ozining mutaxassis sharhlari bilan boyitib qayta chop ettirdi. Ledi Lovleys mazkur asarga ilova tarzida Bebbidj mashinasi uchun yozilgan dasturni ham qoshib nashr qildirdi. Mohiyatiga kora bu insoniyat tarixidagi ilk dasturiy taminot va dasturlashga oid asar edi. Ledi Lovleysning mazkur dasturi Bebbidj mashinasida Bernulli sonlarini hisoblashga oid bolgan va u aniq ishlagan!

Biroq, Bebbidj ishlariga buyurtma bergan va moliyalashtirgan ingliz hukumati bir oz vaqt otib uning loyihasini ota qimmatga tushayotganligini rokach qilib moliyalashtirishni toxtatdi. Haqiqatan ham Bebbidjning analitik hisoblash mashinasi osha zamon olchovlarida ham juda qimmatga tushardi va u ham ayniqsa kiritish chiqarish ishlarining murakkabligi bilan foydalanuvchiga birmuncha noqulayliklar tugdirar edi. Qolaversa, Bebbidj oz analitik mashinasini yasagan paytga kelib, elektromexanik relelar ixtiro qilingan bolib (Genri va Salvatore del Negro, 1831 yil) biroq Bebbidj nima sababdandir shunday qulay texnik vositalardan ham foydalanmagan.

Elektromexanik relening hisoblash texnikasida ilk bora qollanishi AQSHlik ixtirochi German Golleritning katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga moljallangan kompleks qurilmani ishlab chiqqanidan boshlangan. Gollerit aholini royxatdan otkazish idorasi xizmatchisi bolib, u 1880 yilgi aholini royxatga olish jarayoni natijalarini qayta ishlashga 7.5 yil vaqt ketganini yaxshi bilar edi. 50 million aholining 210 xil variantdagi savol-javob natijalarini qolda qayta ishlash oson ish emas. Qolaversa uni tola korib chiqquncha ketgan 7.5 yil vaqt ancha katta muddat va bu orada ushbu malumotlar eskirib ulguradi. Shu tufayli Gollerit aholini royxatga olish natijalarini qayta ishlaydigan mashina ixtiro qilish haqida bosh qotirar edi. U 80 ustunchadan iborat perfokartalarga asoslangan uskuna yasadi. Mazkur goyani rivojlantirib borib Gollerit 1884 yilda oz ixtirosiga patent rasmiylashtirdi. 1889 yilda esa uning yiqqan mashinasi yordamida AQSHning 4 shahrida sinov tariqasida aholini royxatdan otkazish amalga oshirildi. Tajriba ozini oqladi va 1890 yilgi aholini royxatga olish ishlariga u butun mamlakat boyicha qollanilib, natijada juda katta samaradorlik berdi. Gollerit mashinasi malumotlarni qol mehnatidan kora 10 barobar tezroq qayta ishlar edi. 1911 yilda Golleritga tegishli TMC kompaniyasi, Gollerit biznesdan ketishi munosabati bilan boshqa shu soha kompaniyalari bilan birlashdi va hozirda ham mashhur bo'lgan IBM ga asos solindi. Golleritning hisoblash texnikasi oldidagi xizmati shunisi bilan etiborga molikki, aynan u hisoblash texnikasida elektr mexanizmlarini qollashni boshladi va uning keyingi rivojlanish yolini korsatib berdi.

Elektromexanik rele asosidagi Z1 deb nomlangan ilk elektron hisoblash mashinasini olmon muhandisi Zuze 1938 yilda loyihaladi va amalda yasadi. 1939 yilda Zuze Z2 ni yasagani, 1941 yilda ikkilik sanoq tizimi qollanilgan tarixdagi ilk EHMni taqdimot qilgani haqida faktlar mavjud. Biroq II jahon urushi davomida uning barcha modellari va loyihalari yoq qilib yuborilgan. Shu tufayli ularning EHM tarixidagi keyingi rivoji toxtab qolgan.

Zuzedan alohida ravishda ikkilik tizim asosidagi EHM ustida Garvard universiteti aspiranti Hovard Ayken shugullanar edi. Uning bunday mashina ixtiro qilishga undagan narsa? Ozining ota murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslangan ilmiy ishi bolib, u elektromexanik rele yordamida ilmiy masalalarning matematik qismini avtomatik tarzda yecha oladigan va uncha katta bolmagan hisoblash mashinasini yasashga muvaffaq bo'ldi. 1937 yilda uning loyihasi bilan IBM qiziqib qoladi. Aykenga IBM dan muhandislar guruhi komakchi qilib yuborilib, 1944 yilda ular yordamida Mark-1 elektron hisoblash mashinasi loyihalanadi va yasaladi. Bu mashina Garvard universitetiga berilgan.

Mark-1 otish davri hisoblash mashinasi bolib, unda asosiy operatsiyalar mexanik detallar yordamida bajarilgan bolsa ham, yangi zamon va yangi avlod EHM larining asosi boladigan elektron vositalar unda kurtak ochgan edi. Mark-1 da kopaytirish va bolish alohida, qoshish va ayrish alohida bloklarda bajarilgan. Mark-1 ning oziga xosligi shunda ediki, unda avvalgilarda bolmagan funksiyalar sin va cos, va logarifmlar uchun maxsus bolib mavjud bolgan. Mark-1 matematik operatsiyalarni, oz davriga qiyoslaganda, yetarlicha tez bajargan: qoshish va ayrishni 0.3 soniya, kopaytirish 5.7 soniya va eng uzoq operatsiya bolish 15.3 soniya vaqtni olgan. Bu esa, hisoblashni qolda bajaradigan 20 ta operator xodimga teng bolgan. Mark-1 uchun dasturiy taminot perfokarta emas, balki perfotasma orqali kiritilgan.

Mark-1 ni takomillashtirish asnosida, Ayken guruhi Mark-2 ustida ham ish boshlab yubordi. 1947 yili yigilgan ilk Mark-2 namunasida, endi elektron qurilmalar ustunlik qilar edi. Xotira va natijani korsatish qurilmasi toliq elektr relelariga ulangan bolib, Mark-2 da ular jami bolib, 13000 dona ishlatilgan.

Mark-2 ham ikkilik sanoq tizimida ishlagan. Umuman olganda ikkilik sanoq tizimi haqidagi nazariyot olmon olimi Leybnitsga tegishli bolib, u hisoblash mashinalari uchun eng qulay sanoq tizimi bu ikkilik tizim bo'ladi deb yozgan edi. Leybnits ikkilik sanoq tizimiga bagishlangan maxsus risolasini 1703 yilda chop ettirgan bolib, unda, hozirgi kundagi barcha muhandis dasturchilar yoddan bilishi zarur bo'lgan va zamonaviy axborot texnologiyalarining ham asosida yotuvchi ajoyib sanoq tizimi ikkilik sanoq batafsil bayon qilingan edi. Bu tizimning hisoblash texnikasiga tadbiqining asosiy sababi esa, ayniqsa elektromexanik relelar uchun qulay bo'ldi. Elektromexanik rele ikki xil vaziyatdan birida turishi yani, yoki ulangan (yoniq) yoki, ulanmagan (ochiq) bolishi, ikkilik sanoq tizimidagi 0 va 1 ga to'g'ri kelar edi. Bir mashinadagi malumotlarni elektr impulsi yordamida boshqasiga uzatish ham juda qulay bolib chiqdi. Biroq eng tezkor relelar ham soniyasiga 50 martadan ortiq ishlashdan nariga otmas edi. Masalan, Mark-2 da qoshish 0.125 soniya, kopaytirish chorak soniyaga chozilgan.

XX asrning 50 yillarida esa elektr lampalari asosidagi vakuumli lampa-triggerlarning paydo bolishi, EHM larning keyingi rivojlanishi istiqbolini belgilab bergan muhim hodisa bo'ldi.

Trigger ancha avval, 1919 yilda rus muhandisi Bonch-Bruyevich tomonidan ixtiro qilingan bolib, unda ikkita elektromexanik relening ozaro muvofiqlashtirilgan kombinatsiyasi qollanilgan edi. Yani triggerdagi ikkita chiqishlarning har biri bolishi mumkin bo'lgan ikki xil holatdan birida saqlanar edi (0 yoki 1 tarzida). Bunday ajoyib ixtironi EHM ga tadbiq etish goyasi AQSHlik Jon Mouchliga tegishli. 30-yillardayoq u trigger va elektron lampa asosidagi xotira qurilmasiga asoslangan hisoblash texnikasi ustida ish boshlagan bolib, biroq II jahon urushi tufayli uning ishlarini moliyalashtirish kechikib ketgan edi. Shu tufayli elektron lampa asosidagi ilk EHM larni amalda Jon Atanasov yasashga muvaffaq boldi. 1942 yilda Moucghlining loyihasi asosida ilk namunaviy EHM taqdimoti otkazildi. 1943 yilda Pensilvaniya universitetining Mur elektrotexnika maktabida ishlayotgan vaqtida Mouchlining mashinasi bilan AQSH artilleriya kuchlari qomondonligi qiziqib qoldi va Pensilvaniya universitetiga mashinaga buyurtma berdi. Loyihaga Mouchlining ozi rahbarlik qildi va uning jamoasi 11 nafar yetakchi muhandis va 200 dan ortiq texniklardan iborat edi. 1946 yilning oxirigacha, yani 2.5 yil davomida Mouchli guruhi Elektron raqamli integrator va hisoblagich (ENIAC) ustida ish olib bordi. Bo 135 m2 joyni egallagan ulkan inshoot korinishidagi qurilma bolib, massasi 20 tonna, energiya istemol qilish quvvati 150 kVt/soat bolgan. ENIAK ning dastlabki namunasida 18000 elektron lampa va 1500 ta elektromexanik rele qollanilgan. Bu mashina Mrk-1/2 dan hisoblashlarni ota tez bajarishi bilan farqlanar edi. Xususan unda qoshish uchun 0.0002 soniya, kopaytirish uchun 0.0028 soniya sarflangan. U odam va boshqa releli mashinalarda 1000 marta tezroq ishlagan. ENIAK dan boshlab keyingi avlod EHM lari uzluksiz takomillashib, hajman qisqarib va tezkorligi ortib bordi. Ularning tannarxi ham tobora arzonlasha boshladi. 1951 yilga kelib Mouchli hamkasbi Ekkert bilan birga oz firmalarini ochib, UNIVAC-1 EHM ni yasashdi. Xuddi shu yili sobiq ittifoqda ham akademik Lebedevning ???? elektron hisoblash mashinasi amaliyotda sinovdan otdi. 1952 yilda esa, IBM firmasi ozining IBM701 nomli ilk EHM modelini ommaga namoyish qildi. Biroq bularning barchasi, oz davri uchun qanchalik ulkan yangilik va muhim texnik vosita bolmasin, uning iqtisodiy korsatkichlarini faqat ilmiy doiralar va katta byudjetga ega tashkilot va muassasalar kotarishi mumkin edi. Qolaversa, katta gabaritlari va noqulay konstruksiyasi, juda kop quvvat istemol qilishi tufayli ularni harakatdagi transport tankerlar, samolyotlar, kemalarga ornatishning imkoni deyarli bolmagan. EHMlar oddiy aholi uchun qol yetmas narsa, ota qimmat ziynat bolib qolaverdi. Biroq, 1971 yilda Intel firmasi ishlab chiqargan mikroprotsessor va mikrosxemalar bu yonalishning yolini ochib yubordi. 1976 yilga kelib, INTEL protsessorlari asosidagi integral mikrosxemalar boyicha Krey-1 va Krey-2 EHMlari ishlab chiqarildi. Ularda operatsiyalar bajarish tezligi soniyasiga 100 millionga yetdi.

EHMni ommalashtirish yani, shaxsiy kompyuterlarni loyihalash va amaliyotga chiqarish borasida esa birinchi bolib 20 yoshlik ikki yigitcha Stefan Voznyak va Stiv Jobslar ish boshlashgan. Ular oddiy garajda joylashgan ozlarining Apple deb nomlagan oddiy ustaxonalarida videooyinlarga moslangan ilk shaxsiy kompyuterni yasashga muvaffaq bolishgan edi. Keyinchalik Stiv Jobs uni nafaqat videooyinlar, balki dasturlash uchun ham moljallangan yangi modifikatsiyasini loyihaladi. Bir necha yildan keyin Stiv Jobs ozining Apple computer firmasini ochdi va ommaviy ravishda shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishni yolga qoydi. Narxi nisbatan arzon bolgan bunday kompyuterlarga talab kutilganidan ziyoda bolib chiqdi. Tez orada Stiv Jobsning formasi kompyuter ishlab chiqarish borasida yetakchi kompaniyaga aylandi. Bu esa boshqa kompaniyalarning ham shaxsiy kompyuterlar bozoriga etibor qaratishga undadi. 1981 yilga kelib IBM firmasi ozining dastlabki shaxsiy kompyuterini sotuvga chiqardi. Uning eng omadli varianti IBM8088 butun dunyo boylab katta mashhurlikka ega boldi. Uning asosiy sabablaridan biri esa IBM shaxsiy kompyuterlari uchun Microsoft firmasi ishlab chiqargan kop funksional dasturlar edi. 80-yillar oxiriga kelib IBM shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish borasida yetakchilikni qolga oldi. Uning Intel?80286 mikroprotsessori asosidagi PC/AT modeli ayniqsa katta foyda keltirdi. Ularning keyingi tarixi bilan esa batafsil tanishtirishga hojat yoq deb oylayman, zero, kompyuterlar va yangi avlod hay-teklari planshet, leptop va aypedlar endi oddiy hisoblash texnikasi bolib qolmay, bir vaqtning ozida ham axborot manbai, ham aloqa vositasi, ham malumotlar saqlash joyi kabi vazifalarni bajaruvchi kop funksiyali qurilmalarga aylangan va biz bu jarayonning tirik guvohi bolib turibmiz... Paskal, Leybnits, Bebbidj, Mouchli, Stiv Jobs kabi yuksak ilmiy va zehniy salohiyatli daho insonlarning mehnatlari asosida shu korinishga yetib kelgan hisoblash texnikasi vositalari maqola boshida takidlaganimizdek, hozirgi kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Ularning maishiy ahamiyatidan ham ilmiy ahamiyati goyat beqiyosdir. Sababi, Astronomiya, Kimyo, Fizika, Iqtisodiyot va boshqa bir qancha sohalardagi murakkab matematika masalalarning yechilishida aynan hisoblash texnikasi olimlarga yordam bergan. Ularsiz bazi muhim ilmiy kashfiyotlarning bolmasligi ham mumkin edi...


[1] Sarrof pul almashtiruvchi, valyuta ayriboshlovchi

[2] Aynan tarjimasi Mudir. Hudud intendanti hududning moliya va soliq masalalaridagi amaldor boshqaruvchisi.

Yangilаndi: 13.10.2013 07:09  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 767
O'qilgan sahifalar soni : 2749217

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)