Meteoritlar
Meteoritlar Yerga sayyoralararo fazodan qulab tushuvchi tosh yoki temir jinslaridan tarkib topgan osmon jismlarining parchalaridir. Meteoritning yerga tushishi yorug‘ik ajralib chiqishi, tovish va meaxnik effektlari hamrohligida kechadi. Osmonda yorqin olovli shar hosil bo‘ladi va uning dumi, undan har tarafga tarqalayotgan uchqunlari kuzatiladi. Tunda bolid yuz kilometrgacha bo‘lgan yon atrofni yoritishi mumkin. Meteorit kelib urilishi natijasidagi zarba to‘lqini, gurunt va inshootlarning sezilarli darajadagi tebranishlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Eng katta Meteorit - temir jinsidan tarkib topgan Gobi deb nomlangan bo‘lib, u g‘arbiy afrikadan 1920 yilda topilgan, massasi 60 tonnani tashkil qiladi. Odatda Meteoritning massasi bir necha yuz grammlardan ortmaydi, nisbatan kattalari 1-2 kilogramm atrifida bo‘ladi. Meteorit yerda mavjud kimyoviy elementlardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu elementlar, huddi yerdagi singari o‘zari birikmalar hosil qilishi mumkin.
Yig‘ilgan ma'lumotlarga ko‘ra, aksariyat hollarda meteoritlar kichik sayyoralar - asteroidlarning parchalaridan iborat bo‘lar ekan. Ular o‘zaro to‘qnashib, yanada maydaroq bo‘laklarga parchalanib ketadi va Yer gravitatsiyasi ta'sirida bi parchalar, yerga qulay boshlaydi. Atmosferaga kirishi bilanoq, mazkur Meteoritlar havo molekulalari bilan ishqalanish natijasida yonishga uchraydi va shu tufayli yorqin shu'la paydo bo‘ladi. Yer shariga har yili 500 dan ortiq sondagi Meteorit tushishlari kuzatiladi. Ularning aksariyati odatda okeanlarga va kimsasiz yerlarga qulaydi. Lekin, ba'zan yirik aholi turar joylariga ham Meteorit tushishlari kuzatiladi. Masalan 2013-yilning 14-fevralida Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahriga kutilmaganda katta o‘lchamdagi Meteorit kelib tushdi va sezilarli talofotlarni keltirib chiqardi.
Yerda yil davomida davriy meteorit yomg‘irlari ham kuzatilib turadi.
Asosiy meteorit yomg‘irlari va ularning manbalari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin:
Meteorit yomg‘iri |
Eng ko‘p meteorit tushadigan sana |
Soatiga dona |
Manbai |
Kvadrantida |
3 - yanvar |
40 |
|
Lirida |
22 - aprel |
15 |
Tetcher kometasi |
α Akvarida |
5 - may |
20 |
Gelley kometasi |
β Akvarida |
28 - iyul |
20 |
|
Perseida |
12 - avgust |
50 |
Svift-Tattl kometasi |
Orionida |
22 - oktyabr |
25 |
Gelley kometasi |
Taurida |
3 - noyabr |
15 |
Enke kometasi |
Leonida |
17 - noyabr |
15 |
Tempel-Tattl kometasi |
Gemnida |
14 - dekabr |
50 |
Asteroid 3200 Faeton |
Ursida |
23 - dekabr |
20 |
Tattl kometasi |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|