Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Kometalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kometalar

Kometalar Quyosh tizimidagi eng garoyib obyektlardan bolib, odatda yorqin yumaloq yadro kalla qismi va unga ergashuvchi dumi bor bolgan osmon jismi sifatida gavdalanadi. Kometalar Quyoshga 4-5 a.b. masofagcha yaqinlashganidagina kuzatilishi mumkin bola boshlaydi. Kometaning yadrosi, yani kallasi muzlagan holatda bolib, u quyosh atrofida davriy, lekin, juda ajoyib orbita boylab aylanadi. U davriy ravishda quyoshga juda yaqin keladi va undan ota uzoqlashadi. Kometa yadrosi Quyoshga 4 a.b. masofaga yaqinlashib kelganida, uning muzlagan jismini quyosh nurlari qizdira boshlaydi. Undan, gaz va changlar ajralib chiqib, quyoshning yoritishi natijasida, qorongu osmonda kozga yaqqol korina boshlaydi. Kometa atmosferasi quyosh shamoli, quyosh yorugligi bosimi va kometaning ilgarilanma harakati tasirida uzliksiz ochiq fazoga sochilib boradi va bu kometaning dumini keltirib chiqaradi. Kometa kallasi va dumi aniq chegaralarga ega bolmaydi. U yadroning hajmi va kometaning quyoshga yaqinlashish darajasiga kora, kattalashib boradi. Kometa kallasi va dumining olchamlari ajralib chiqayotgan gaz va changlarning intensivligiga chambarchas bogliq.

Kometa kallasining kondalang kesimi bir necha yuz kilometrlargacha bolishi mumkin. 1680 yilgi kometa va 1811 yilgi yorqin kometada bu korsatkich 1000000 km dan ham ziyod bolgan. Dum uzunligi esa 300 million kilometrgacha chozilgan bolib, bu yerdan quyoshgacha bolgan masofdan 2 barorbar kattadir!

Kometa dumlari 3 toifaga tasniflanadi: I-toifa: quyoshga qarama qarshi togri yonalgan dum; II-Toifa: kometa orbital harakatiga kora qiyshyadigan dum; III-toifa esa, togri chiziqli tekis dum. Quyoshga va Yerdagi kuzatuvchi nisbatan fazodagi holatiga kora, kometaning dumlari bazan notogri shaklda korinishi mumkin. Bunda anomal dumlar deb ataladigan koz aldanishi kelib chiqadi. Kometa dumining qurollanmagan koz bilan korinadigan qismi taxminan 10 million kilometr atrofida boladi.

Kometa yadrosi esa muzalab qolgan gaz molekulalari va kichik olchamlardagi toshsimon jinslardan tarkib topadi. Kometa yadrosi shunchalik kichik boladiki, uning sirtidagi ogirlik kuchi, yerdagidan on miglab marta kichik boladi. Yadroning olchamlari quyoshga yaqinlashgan sari kichrayib boradi:

Quyoshgacha

masofa (a.b.)

Kometa yadrosi

diametri (km)

0.3

20

0.5

100

1

200

2

100

3

30

Kometa yadrosining ortacha diametri esa 10 km atrofida boladi.

Deyarli barcha kometalarning kallasidagi nurlanishlardan 2-3 atomli neytral molekulalar paydo bolishi aniqlangan. Kometalarda atomar kislorod, vodorod va uglerod mavjudligi spektral tahlil yordamida aniqlangan. 1974 yilda esa, kometadan radionurlanishlar qayd etilgan.

Kometalar ham Quyosh tizimining azolari hisoblanishadi. Ular ota chozinchoq ellpis orbitalar boylab harakatlanadilar. 100 dan ortiq qisqa davriylikdagi kometalar mavjud bolib, ular quyoshga bir necha yildan tortib, on yillab muddatda yaqinlashib keladilar va qaytib uzoqlashadilar. Har bir yaqinlashuvda bunday kometa oz yadrosining malum qismidan mahrum boladi. Koplab kometalarning orbitsining katta radiusi, Quyosh tizimi sayyoralarining umumiy kesimi diametridan ham ming marotaba katta boladi. Bunday kometalar Quyoshga million yillardagina qayta yaqinlashadilar. Bu kabi kometalarning davriyligini aniqlashning imkoni yoq. Davriyligi va orbital ellips radiusi katta bolgan kometalarning orbitasi, ular quyoshdan uzoqdaligida, yaqin masofadagi yulduzlar tasiri ostida ozgarishlarga uchraydi. Umuman olganda esa, barcha kometalarning quyoshga har yaqinlashuvida, yol-yolakay sayyoralar gravitatsiyasi tasirida orbital ozgarishlarga duchor bolishadi. Agar kometa gigant sayyoralar yaqinidan uchib otsa, uning orbital yonalishi keskin ozgarishga uchrashi mumkin. Bunday hollarda esa, toqnashuv ehtimoli ham katta boladi. Merkuriy, Oy, va Marsdagi bazi yirik kraterlar mazkur osmon jismlarining kometalar bilan toqnashishi natijasida kelib chiqqan degan farazlar ham mavjud. Quyosh tizimidagi umumiy kometalar soni tahminan 2.5 millionta. Shu paytgacha 600 dan ziyod kometa tizimli kuzatilgan. Ulardan 325 tasi Auyoshga kop marotaba yaqinlashib kelib turadi. Bir yil davomida esa ortacha 7-10 ta kometa quyoshga yaqinlashib kelib-ketib turadi. Shu paytgacha kuzatilgan kometalar ichida eng uzoq davriylikka ega kometa bu Grigg Mellish kometasi bolib, u 164 yilda qaytadi. Bu kometa 1742 yilda ilk marta kuzatilgan edi. Shu vaqtgacha Grigg Mellish kometasining 2 marta Quyoshga qaytgani kuzatildi. Bu kometa quyoshdan eng uzoqlashganida 29.8 a.b. gacha yiroqlashib ketadi. Quyoshga eng yaqin kelishida 0.92 a.b. gacha masofaga yaqinlashadi. Orbita qiyaligi 110.

Shuningdek, malum va mashhur kometalardan yana biri Galley kometasining qaytishi fan tarixida 30 marta kuzatilgan bolib, u haqidagi dastlabki malumor eramizdan avvalgi 466 yilga tegishli. Galley kometasi 76.029 yilda Quyoshga qaytadi. Uning eng uzoqlashish masofasi 17.8 a.b. va eng yaqinlashish masofasi 0.59 a.b. Orbita qiyaligi 162.

Kometalar ichida eng tez qaytish davriyligiga Enke-Baklund kometasi ega. Bi kometaning davriyligi 3.302 yilga teng. Mazkur kometa 1786 yildan buyon naq 51 marta kuzatilgan. Uning eng uzoqlashgandagi quyoshgacha bolgan masofasi 2.21 a.b. , yeng yaqinlashganidagi esa 0.34 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita qiyaligi 12.

Yangilаndi: 04.09.2013 17:36  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 768
O'qilgan sahifalar soni : 2756214

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov