Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Neptun

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Neptun

Neptun Quyoshdan uzoqligi boyicha sakkizinchi, massasi boyicha uchinchi (17.2 Yer massasi), diametri boyicha esatortinchi (3.9 Yer diametri)orinda turuvchi sayyora. 2006 yildan etiboran, Quyosh tizimining eng olis sayyorasi hisoblanmoqda. U noodatiy tarzda kashf etilgan. Galileyning qolyozmalaridagi tasvirlarga qaraganda, Neptunni birinchi bolib aynan Galileo Galiley kuzatgan bolishi ehtimoli katta. Lekin u neptunni sayyora ekanligini xayoliga ham keltirmagan, aksincha uni, Yupiter ortidagi qozgalmas yulduzlardan biri deb oylagan. Galiley kuzatishlar olib borgan 1612 yilning dekabrida, Neptun orqaga tisarilgandek harakat boshlagan, bunday harakat, Yerning oz orbital harakati natijasida tashqi sayyoralarni quvib otganida kuzatiladi. Lekin, uning harakati Galileyning kuchsiz teleskopi seza olishi uchun yetarli darajada bolmagan. Shu tufayli Galiley Neptunni ochgan ilk olim deb hisoblanmaydi.

Oradan 169 yil vaqt otib Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf qildi. 1821 yilda esa Aleksis Buvar Uranning orbital harakati jadvallarini ishlab chiqdi va chop ettirdi. Buvar jadvallari Yevropa astronomlari orasida keng tarqaldi. Astronomik kuzatuvlarda ulardan foydalanish kolami ortdi. Biroq, kop otmay Buvar jadvallariga nisbatan shubha paydo bola boshladi. Uran Buvar hisoblagan trayektoriyadan ogib, anomal harakat qilayotganligi aniqlandi. Xususan ingliz astronomi T.Xassi ozining kuzatishlarida Uranning belgilangan orbitadan ogayotganini aniq hisoblab chiqardi. Xassi 1834 yilda Parijda, Buvar rasadxonasida mehmon boldi va Uran orbitasidagi anomaliyalarni muhokama qildi. Buvar Xassining mazkur anomaliyalarni Urandan ham keyinroqda joylashgan sakkizinchi sayyoraning gravitatsion tasiri natijasi bolsa kerak degan farazini qabul qildi va jadvallarni, anomal ozgarishlar asosida muvofiqlashtirib chiqdi. Bu vaqtlarda Neptunni kora oladigan kuchli teleskoplar mavjud bolmagan. Shuning uchun Neptun harakati qonuniyatlarini va uning fizik parametrlarini Uranga qilayotgan gravitatsion tasiri qiymatlaridan kelib chiqib, toza matematik yol bilan hisob-kitob qilish zarur edi. Bunday favqulodda mushkul matematik masalani Buvar va Xassi ilgari surgan sakkizinchi sayyora haqidagi goya paydo bolgach, oradan 9 yil otib, 1843 yilda ingliz astronomi Jon Kuch Adams, va farang astronomi U. Leverye bir-biridan mustaqil ravishda hal qilishdi. Ular Uran orbitasi anomaliyalari asosida sakkizinchi sayyoraning fazodagi taxminiy joylashuv nuqtasini sof matematik usulda hisoblab chiqarishdi.

Neptun kashf etilgan dastlabki davrlarda uni shunchaki Urandan keyingi sayyora, yoki, Leverye sayyorasi deb atashgan. Gallening ozi Yanus nomini ilgari surgan, Angliyada esa, Okean nomini taklif etishgan.

Bu oziga xos olamshumul kashfiyot edi. Sababi, Neptunning toza matematik usulda kashf etilishi, birinchidan Butun olam tortishish qonunining ota aniq va togri ifodalanganligini isbotlasa, ikkinchidan, qadimdan saqlanib kelgan yetti sayyora haqidagi tushunchaga[1] barham berdi. Qolaversa, Neptun inson aql zakovati mahsuli natijasida, jisman korinishidan ham avval, fazoviy harakati qonuniyatlari kashf etilgan ilk osmon jismi edi.

Neptunning Quyoshdan uzoqligi 30.1 astronomik birlik. Quyosh atrofidagi orbitasi boylab aylanish davri 164 yil 288 kun. Shunday qilib, Neptun ochilganidan buyon faqat bir marotaba 2011 yilning 12 iyulkunida Quyosh atrofini toliq aylanib chiqdi, yani Neptun yili toldi. Neptunning diametri 50200 km, ortacha zichligi esa, 2.3 gr/sm3.Bunday korsatkichlariga kora Neptun gigant sayyoralar turkumiga mansub bolib, uning asosini vodorod va geliy elementlari tashkil qiladi. Hisoblashlarga kora Neptun markazida ogir yadro mavjud bolib, uning tarkibi, taxminan silikatlar hamda, ogir metallardan iborat ekan.

Neptun atmosferasining tarkibiga kora, molekulyar vodorod va geliy asosiy ulushni egallaydi, shuningdek, kam miqdordagi metan mavjudligi aniqlangan. Neptun kosmik apparatlar obyektivida moviy rangda namoyon boladi. Buning sababi asosan metan gazi hisoblanadi.

Neptun atmosferasida butun Quyosh tizimidagi eng kuchli portana va boronlar yuz beradi. Bazi fikrlarga kora ularning tezligi 2100 km/soatgacha yetar ekan. 1989 yilda Voyadjer-2 kosmik apparati tomonidan Neptun atmosferasida oq dog Yupiterning qizil dogiga oxshash hodisani qayd etdi. Bu yuqoridagi neptun boronlari haqidagi fikrni tasdigi sifatida qarala boshladi. Neptunning atmosfera qatlamlaridagi harorat -220C ni tashkil qiladi. Biroq uning yadrosida esa 5400K gacha issiqlik bolishi mumkin ekan. Neptunni kuzatishlardagi aniqlangan ajablanarli hodisalardan biri, uning Quyoshdan oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan, ozi koproq issiqlik miqdori chiqarishidir. Buni olimlar Neptun yadrosida termoyadro reaksiyalari borsa kerak degan faraz bilan izohlashgan.

Oz oqiga nisbatan ogish burchagi Yer va Marsnikiga yaqin, yani 28,32 bolganligidan, Neptunda fasllar almashinuvi jarayoni yuz beradi. Neptun fasllari har 40 yilda bir almashadi. Neptun fasllari almashinuvi uning albedo qiymatiga ham tasir korsatadi. Urandan farqli ravishda Neptun kuchli ichki issiqlik manbaiga ega. U ozi quyoshdan oladigan energiyaga nisbatan 161% kop miqdorda ichki issiqlik ishlab chiqaradi. Buning sababi sifatida olimlar, sayyora yadrosining kuchli radiogen qizishini keltirishmoqda.

Neptunda ham kop sonli tabiiy yoldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.

Tabiiy yoldoshlarning eng kattasi Tritonni, Neptunning ozi kashf etilishidan 17 kun otib, Uilyam Lasselning ozi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880 yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yoldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qollanilmay, u faqat Neptun yoldoshi sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yoldoshlar ichida oz atmosferasiga ega bolgan uchta tabiiy yoldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yonalishda va spiralsimon orbita boylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yoldoshi bolmay, balki uzoq otmishda Neptun tomonidan tutib olingan bolishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yoldoshi Nereida 1949 yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yoldoshlarni esa 1989 yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yoldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi 14 tabiiy yoldoshi 2013 yilda aniqlangan bolib, unga hali nom berilganicha yoq (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1).

Neptun quyosh tizimidagi eng kam organilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bitta Voyajer-2 kosmik apparati yetib borgan. Yanada yangi va batafsil malumotlarni balki keyingi avlod fazoviy apparatlari yetkazishar.

Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Urban Leverye

Iogann Galle

Kashf etilgan joy

Berlin, Germaniya

Kashf etilgan sana

23-sentyabr, 1846 yil

Kashf etish usuli

Matematik hisob-kitob

Neptunning orbital korsatkichlari

Perigeliy

4 452 940833km; 29,76607095a.b.

Afeliy

4 553 946490km; 30,44125206a.b.

Katta yarim oq (?)

4 503 443661km; 30,10366151 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,011214269;

Siderik aylanish davri

60 190,03kun; 164,79 yil.

Sinodik aylanish davri

367,4kun;

Orbital tezligi (v)

5,4349km/soniya;

Ortacha anomaliya(Mo)

267,767281

Peritsentr argumenti

265,646853

Ogishi

1,767975

Yoldoshlari

14

Neptuning fizik korsatkichlari

Ekvatorial radiusi

24 764 15 km;

Albedo

0,0,29 bond;

Qutb radiusi

24 341 30km;

Ekvatorial aylanish tezligi

2,59 km/s-ya

Sirt yuzasi (S)

7,6408109km2 ;

Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik

23,5km/s-ya

Hajmi (V)

6,2541013km;

Korinadigan yulduz kattaligi

8,0-7,78m

Massasi (m)

1,02431026kg;

Neptun atmosferasi tarkibi

Ortacha zichligi (?)

1,638 g/sm3;

Vodorod (H2)

803,2 %

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

11,15m/soniya2;

Geliy (He)

193,2%

Oqining ogish burchagi

28,32

Metan (CH4)

1,50,5 %

Neptunning tabiiy yoldoshlari:


?

Tabiiy

yoldosh nomi

Sayyora sirtidan

ortacha

uzoqligi

(ming km.)

Aylanish davri

(kun)

Diametri yoki

olchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim / kosmik apparat

1

Triton

354

17*

4000

1846

U.Lassell

2

Nereida

5570

5

300

1949

J.Koyper

3

Nayada

48

0.296

50

1989

Voyadjer-2

4

Talassa

50

0.312

80

1989

Voyadjer-2

5

Despina

52.5

0.333

180

1989

Voyadjer-2

6

Galateya

62

0.429

150

1989

Voyadjer-2

7

Larissa

73.6

0.554

190

1989

Voyadjer-2

8

Protey

117.6

1.121

420

1989

Voyadjer-2

9

S/2004 N 1

105.3

0.96

18

2013

10

Galimeda

15728

1879.71

48

2002

11

Psamafa

46695

9115.9

28

2003

12

Sao

22422

2914

44

2002

13

Laomedeya

23571

3167.85

42

2002

14

Neso

48387

9374

60

2002


* Boshqalarga nisbatan teskari yonalishda aylanadi.


[1] Teleskop kashf etilgunicha yashagan qadimgi zamon munajjimlari koinotda faqat yetita sayyora mavjud deb ishonishgan. Bular faqat tungi osmonda qurollanmagan koz bilan korib boladigan sayyoralar edi.

* Boshqalarga nisbatan teskari yonalishda aylanadi.

Yangilаndi: 19.05.2014 19:24  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2645611

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!