Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Vitaminlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Vitaminlar

 

1893 yilda yosh golland vrachi Eykman, vatanini tark etib, Yava orolidagi Baraviya shahriga ko’chib o’tadi va o’sha yerda yashay boshlaydi. Bu yerda «Beri-beri» deb atalgan dahshatli kasallik tarqalgan edi. Lekin bu kasallik faqat yavada emas, Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi sharqiy osiyo davlatlarida, Afrika va Janubiy Amerikaning bir qancha davlatlarida ham keng tarqalgan bo’lib, Eykman kasallikning asosan muttasil guruch iste’mol qiladigan aholi orasida uchrayotganligiga e’tibor qaratdi. Odam yoki jonivorlar «Beri-beri» bilan hastalanganida avval qo’llari keyin oyoqlari qotib qolardi, bo’yinning tomirlari tortishib, bemorlar aksariyat hollarda vafot etardilar. Eykman kasallikni davolash uchun jiddiy izlanishga kirishdi. U turli vositalarni davomli ravishda sinab ko’rdi.  Lekin, uning biror bir dorisi yoki muolajasidan davolovchi ta’sir kuzatilmas edi.

Yavada bu kasallkining tarqalishiga bir yil to’lganida Eykman umidini uza boshladi. Kunlardan bir kun esa, xizmatchilarning birining tovuqlarining ham bo’yni tortishib, shumshayib qolganligini ko’rib qoldi. «Ularda ham bu bedavo kasallik boshlanibdi» - deb o’yladi Eykman.

 

Yosh vrach, kasallikning sababini toppish uchun o’sha to’dadagi tovuqlarni kuzata boshladi. Bu tovuqlar kasalxonadagi chiqindi guruchlarni iste’mol qilganidan keyin, ularda kasallik alomatlari paydo bo’lmoqda ekan…

Kasallik boshlanib kelayotgan tovuqqa guruchning o’zi emas, balik keoagini berilsa, tovuq yana jonlanib, tuzala boshlar edi. Eykman guruch kepagida «beri-beri»ni davolovchi modda bor deb taxmin qildi. Eykman guruch kepagidan dori tayyorlash, bemorlarni tuzatish mumkinligini aniqlagan bo’lsa-da, uning aynan qaysi modda ekanligini topishga muvaffaq bo’lolmadi.

Bu ishni 1912 yilda polyak olimi Funk uddaladi. U o’z laboratoriyasini haqiqiy ma’nodagi  kaptarxonaga aylantirib yuborgan edi. Tokcha va stellar to’la kaptarlar qamalgan qafaslar bo’lib, Funk, Eykman to’plagan ma’lumotlar asosida, kaptarlarni faqat oq  guruch bilan boqdi. «beri-beri» bechora kaptarlarni panjalarini tortishtirib, bo’yinlarini changak qilib harakatlanirmay qo’yardi. Shu asnoda Funk yuzlab kaptarlarning boshiga yetdi. Ammo butun insoniyatga mislsiz darajada naf keltirgan kashfiyotni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. Funk guruch kepagidagi davolovchi sirni ochdi! Funk guruch kepagidan ajratib olgan 4 milligram modda kasallangan kaptarni tuzatdi. Bu modda «hayot moddasi» (lotincha: vita - hayot) deb nomlanish oldi.

Singa degan juda og’ir hastalik bor. Bunda bemorning tanasini qora dog’ va yaralar qoplab oladi. Milklar qonb, tishlar to’kiladi. Oyoq va qo’llar shishib ketadi. Olimlar Singaning ham davosini topishdi. Bemorlarga endi guruch kepagi o’rniga endi yangi ko’k piyoz, karam va kartoshka berilsa, bu hastalik ham yengilardi. Shuningdek, limon, pomidor va ituzum mevalari ham singada yaxshi ta’sir ko’rsatar edi. Demak ularda ham Singaga aksil ta’sir qiluvchi vitaminlar mavjud degan hulosaga kelishdi olimlar.

Markaziy Amerikadagi kundalik hayotda asosan makkajo’xori iste’mol qiladigan odamlar orasida ham g’alati kasallik bor edi: Pellagra. U ichaklar faoliyatini buzilishidan boshlanib, so’ngra terida kuyganga o’xshash dog’lar paydo qilardi. Ba’zan esa, pellagra bilan kasallangan bemor kuchli psixologik depressiyaga tushib qolar, aqliy beqarorlik holatlari ham paydo bo’lar edi.  Pellagra tufayli aqldan ozish hollaari ham qayd etilgan. Bemorlarda bunday kasallikka qarshi kurashish uchun mutasil sut va jigar, tuxum va bug’doy achitqilarini iste’mol qilish natijasida jiddiy o’zgarishlar (yaxshi tomonga) kuzatildi. Butunlay sog’ayib ketganlar soni ortdi. Olimlar Bu mahsulotlar tarkibidagi pellagraga qarshi maxsus moddani ham aniqlashdi.

Vitaminlarning kashf etilishi insoniyat hayotidagi muhim ahamiyatga molik hodisa edi. Chunki, ular tufayli min minglab kishilarning hayoti saqlanib qolinardi. Ular tufayli odamlarni dahshatga solib kelgan «beri-beri», «singa» «pellagra» epidemiyalari barham topdi. Hozirgi kunda vitaminlarning 20 dan ortiq turi ma’lum. Bu moddalar tabiatda keng tarqalgan. Ularni o’simlik va hayvonlar tanasida, meva va sabzavotlarda, ko’katlarda uchratishimiz mumkin.

Vitaminlar bo’yicha xalqaro qo’mita qaroriga muofiq, ularni lotin alifbosi harflari bilan ifodalash qabul qilingan. Bu harflar, shu vitamin bilan davolash kashf qilingan kasallikning bosh harfidan yoki, ularning organizmga ta’siridan kelib chiqib oligan.

Masalan, vitamin C – singa kasalligidan, vitamin P – pellagra, vitamin B – «beri beri» kasalligidan olingan. Shunday qilib, maxsus «Vitamin alifbosi» paydo bo’ldi. Bu alifbo doimiy kengayib bordi. Masalan, keyinroq A1, B6, B1 B12 vitaminlari kashf etildi.

B12 vitaminining organizmga ta’siri g’oyat muhim. Olimlar uning qon hosil bo’lishi jarayonifagi ishtirokini aniqlaganlar. Ularning fikricha, B12 vitaminisiz odam tanasida qon hosil bo’lishi mumkin emas ekan. Chunki, B12 vitamini qizil qon tanachalarining tarkibiga kiruvchi asosiy element hisoblanar ekan. B12 vitamining tarkibida 4% ga yaqin kobalt moddasi mavjud bo’ladi. Mazkur vitaminning yetishmasligi, odam organizmida turli darajadagi kamqonlikni keltirib chiqarishi ma’lum. Bu vitamin oshqozon faoliyati buzilishi hamda, asab kasalliklarini davolashda ham ishlatiladi.

Organizmda d vitamini ham muhim rol o’ynaydi. U kalsiy singari suyak tarkibiga kiradi va inson tanasida suyakning to’g’ri o’sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli u ko’pincha kalsifer (yunoncha «kalsiy tashuvchi» ma’nosida) deb ataladi. Mazkur vitamin yetishmovchiligida suyak yomshoq va oson deformatsiyalanadigan bo’lib qoladi.  D vitamini ba’zan Quyosh nuri vitamini deb ham ataladi. Albatta, quyosh nurida bu vitamin yoq, lekin bu yerda, quyosh nurlarinig terida stearinlardan D vitamini hosil bo’lishiga yordam berishi nazarda tutiladi. Lekin, odam organizmida o’zi ishlab chiqargan vitamin yetarli miqdorda bo’lmaydi. Shu sababli, D vitamin ham oziq ovqat mahsulotlaridan olinadi. Raxit kasalligini oldini olishda D vitamini nihoyatda katta o’rin tutadi.

XX asrning 30-yillarida Evans ismli AQSH olimi bug’doy doni va paxta moyidan yangi vitamin – E ni ajratib oldi. U ham boshqa vitaminlar singari odam organizmida oqsillar, yog’lar va uglevodlarni o’zlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Barcha E vitamini miqdorini o’ndan to’qqiz qismi, tanamizdagi yog’ zahiralarida  bo’ladi. E vitamini g’alladoshlarda, va ayniqsa, pomodorda ko’p bo’ladi.

Odam organizmi uchun K vitaminining ham qadri beqiyos. U qonning ivish xususiyatini tasarruf etadigan asosiy elementlardan biridir. Agar qo’lingizni kesib olsangiz, jarohat o’rni tezda yara bo’lib, bitib qoladi va qon ketishini to’xtatadi. Agar K vitamini yetishmovchiligi bo’lsa, yaraning bitishi, ya’ni, qonning ivishi qiyinlashib,  ko’p qon ketishiga sabab bo’lishi mumkin. K vitamining nomi olmon tilidagi «koagulation» - ivish ma’nosidagi soz’dan olingan. Bu vitaminni odatda, odam ichaklarida yashovchi normal ichak mikroflorasi yetarlicha miqdorda ishlab chiqaradi.

Vitaminlar oziq ovqat mahsulotlarida ham yetarli darajada bo’lmay qolishi mumkin. Avitaminoz – vitamin yetishmasligi kelib chqqan bemorlarga maxsus vitaminli preparatlar buyuriladi. Sog’lomlashtirish jarayonlari, profilaktikalarda va kasallikdan keyingi quvvatga kirishda ham bunday preparatlar juda asqotadi.

Yangilаndi: 31.08.2013 00:18  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo’yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma’lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi....


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513201

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov