Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Moziyga nazar Metallning vazni ahamiyati yoki ? Talantlar pulga yalanadi!

Metallning vazni ahamiyati yoki ? Talantlar pulga yalanadi!

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Metallning vazni ahamiyati yoki ?

Talantlar pulga yalanadi!

Taniqli adibimiz Pirimqul Qodirovning buyuk ajdodimiz, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan hikoya qiluvchi Yulduzli tunlar[1] asarini oqimagan ziyoli odam kam bolsa kerak. Boburning hayoti va ijodi, ranj va mashaqqatlarini yuksak badiiy did va mahorat bilan ochib berilgan ushbu tarixiy asarning sahifalaridan biz, xalqimiz otmishiga oid muhim malumotlar, tarixiy faktlar hamda, ajdodlarimizning shaxs sifatidagi fazilatlari, vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi oliy insoniy burchlar to'g'risida ibratli syujetlar bilan ham tanishishimiz mumkin. Asarda komillikka intilish, odob axloq, mardlik kabi olijanob fazilatlar aniq shaxslar timsolida namuna qilib korsatib berilgan. Yosh uka va singillarimizga, va umuman bu asarni oqimagan yurtdoshlarimizga vaqt topib Yulduzli tunlarni albatta mutolaa qilishlarini tavsiya qilgan bolar edik. Zero, ommaviy madaniyat, yot tushunchalar va xalqimizning ming yillik boy anana va qadriyatlariga rahna soluvchi turli mafkuraviy tasirlar urchib borayotgan hozirgi davrda, bu kabi adabiy namunaviy asarlarning goyaviy ahamiyati ham beqiyos ortib bormoqda

Olchov va pul birliklari haqidagi maqolada, bunday badiiy asar haqida soz ochganimizga hayron bolayotgandirsiz? Buning sababini quyida tushuntirish maqsadida asardan parcha keltiramiz:

Bozor kuni. Chorsuda odam juda kop. Qizilbosh navkarlar yetti xil rang bilan tovlanayotgan Samarqand atlasiga xaridor bolib qolishdi. Mulla yoqa koylak kiygan semiz bazzozga qarab, tort kiyimlik atlas kesishni buyurishdi.

Bazzoz yogoch gazni qoliga oldi-yu, qizilbosh nav-karlarga istehzoli koz tashlab:

Avval pulingni korsat, dedi. Aqchang qandoqa? Tangang?

Katta chogirma kiygan bir yigit charm hamyonidan uch-tortta kumush tanga olib, bazzozga berdi. Bazzoz tangalarning old tomoniga Shoh Ismoilning tamgasi orqa tomoniga shia imomlarining nomi zarb berilganini kordi-yu, qorqib ketdi. U sunniy mullalarning: Shia puli harom, uni olgan odam choryorlarning qargishiga uchraydi, degan gaplarini eshitgan edi. Shuning uchun qoliga tangani emas, zaharli chayonlarni olganday jirkanib va shoshib tangalarni egasiga qaytardi. Beliga qilich va xanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, song bazzozga taajjub bilan tikildi.

Ne oldi?! Bu oqchada ne illat va-ar?

Bizda bu tangalar otmaydi. Hech kim olmaydi.

Nechun olmassan? Nechun? kuyib-pishib soradi qizilbosh navkar.

Otmaydi.

Nechun otmas?!

Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi:

Kelgindilarning puli harom!

Harom?! deb qizilbosh navkar haligi yigitga qarab intildi. Ammo u yigit ozini bozor

tola xaloyiqning orasiga urdi. Shunda dokonlar orasidan kimdir qizilbosh navkarga tosh otdi:

Rofiziylar, ket yurtingga! degan tovush eshitildi.

Kozlaridan olov chaqnayotgan ikkinchi qizilbosh bazzozdan tahdid bilan chozib soradi:

Bizim aqchani olmas-sa-an?!

Bazzoz endi uning gazabidan qorqib, muloyimroq gapirdi:

Olsam, kuygaymen, mehmon. Biz eski aqchada savdo qilishga otganmiz.

Eski aqcha? Shayboniyxonning aqchasi kerakmi?

Hozir Samarqand bozorida chindan ham Shayboniyxon chiqargan tangalar yaxshi otardi. Bu tangalarga sunniylar siginadigan choryorlarning nomi bitilgan edi. Savdogarlar uchun bundan ham muhimi Shayboniyxon tangalarining vazni ogirroq, demak, qiymati balandroq edi. Shayboniyxon olimidan uch-tort yil burun Hirotdan to Toshkent va Turkistongacha bolgan viloyatlarda pul islohoti otkazgan, raqiblaridan moliya sohasida ham ustun kelish uchun oz tangalarining ogirligini temuriylar chiqargan tangalarning vazniga nisbatan bir dang* oshirgan edi. Shuning uchun hozirgacha butun Xuroson va Movarounnahr bozorlarida Shayboniyxon tangalarining xaridori koproq edi. Lekin bazzoz gazabi kelib turgan qizilbosh navkariga buni ochiq aytmadi.

Oltin quymasining vazni qanchalik og'ir bolsa, uning qiymati ham shunchalik baland boladi. Buni xatto yosh bola ham juda yaxshi biladi. Bundan kelib chiqadiki, vazn va pul birliklari bir biri bilan ozaro chambarchas bogliq ekan.

Tarixda pulning dastlabki korinishlari sifatida oldi sotdi, xizmat korsatish va haq tolash munosabatlari uchun universial ekvivalent bolib koplab buyumlar xizmat qilishgan. Kishilik jamiyatidagi iqtisodiy munosabatlarda pulning paydo bolishi eramizdan avvalgi uchunchi ming yillikda shakllana boshlagan. Biroq, eng qadimgi tangalarning paydo bolishi eramizdan ming yil avvalgi davrga togri keladi. Arxelogiya malumotlariga kora dastlabki tanga chaqa pullar kichik osiyo yarim oroli hududida mavjud bolgan Lidiya podsholigida, eramizdan avvalgi VIII VII asrlar orasida, shuningdek, eramizdan avvalgi VII asrda Egina orolida paydo bolgan ekan. aynan shu joylardagi arxeologik qazishmalarda oltin va kumush qotishmasidan tayyorlangan elektrum deb ataluvchi, eng qadimgi chaqa tangalar topilgan. Ularning vazni fors siklining vazniga teng bolgan 8.4 gramm. Yunonlar bunday tangalarni stater - tarozi muvozanatchisi manosida atagan ekanlar. Bunday muvozanatchi qadoq tangalardan eng qimmatbaho buyumlarning vaznini aniqlashda, masalan nodir metallar yoki qurollarning vaznini olchashda foydalanishgan. (kundalik maishiy turmush mahsulotlari uchun oddiy qadoqtoshlar ham bolaveradiJ ). Keyinroq, eramizdan avvalgi VI asrda, mol davlatining kopligi xatto afsonalarga aylangan darajadagi podsho Kryoz tarixda ilk marotaba sof oltindan tayyorlangan tanga pullarni zarb qildirgan.

Qadimgi tangalarga taaluqli qiziqarli sifatlardan biri shuki, bu tangalarning yozuvi uning sotib olish (harid qobiliyatini) qiymatini emas, balki mazkur tanganing vaznini ifodalagan ekan. Tangalarning qiymat yozuvlari (raqamlar) ham hozirgidek tizimli va bir xil qiymatni ifodalamay, balki ota xilma xil bolgan. Bunga sabab ham, har bir tanganing vazni turlicha bolganligidir. Mohiyatan bunday tanga, vazni tamgalab yozib qoyilgan qadoqtosh singari bolgan. Farq shundaki, bunday tangani tarozida tortib korishga hojat yoq, chunki uning vaznini ifodalovchi raqam, uning ozida yaqqol korsatib qoyilgan. Bunday tagalarning haqiqiy manodagi pulga aylanishi va tizimli va tartibli asosda zarb qilinib, moliyaviy munosabatlarga mustaxkam kirib ornashishi uchun ancha zamonlar kerak bolgan.

Tarixchilarning takidlashlaricha, qadimgi jamiyat azolari, nisbatan arzon mahsulotlar bilan, masalan, chorva, don yoki matolar bilan savdo munosabatlarida pul yoki boshqa metallarga asoslangan ekvivalentlarsiz ham muomala qila olishgan. Metall parchalari ishtirokidagi dastlabki savdo munosabatlari haqidagi eng qadimgi va aniq malumotlar Bobil podsholigi davriga tegishli. Hozirgi Iroq hududida joylashgan qadimgi Bobilda, metall konlari bolmagan. Metallarni qoshnilaridan: Temirni Ossuriyadan, misni Ossuriya hamda Urartudan, oltinni Efiopiyadan sotib olishgan. Arxeologik qazishmalarda, Bobilliklarning vazn olchash tizimi tarozilarda ham osha davr uchun ancha ilgor sanalgan innovatsion elementlar mavjudligi aniqlangan.

Bobilliklar ozlarining va qoshnilarining uzoq muddatli toplangan tajribalaridan foydalanib, ikki xil korinishdagi va har biri ishlatilgan metallning vazniga asoslangan pul birliklarini joriy qilishgan: Katta va Kichik birliklar. Masalan podsho talanti 60.4 kg, kichik talant esa 30.2 kg tosh bosgan. Katta tilla talant 50.4 kg, kichigi esa 25.2 kg bolgan. Podsho talanti har biri 1.008 kg dan bolgan 60 minadan iborat bolgan. Kumush talant esa, 1.0906 kglik 50 minaga (chaqalarga) ulushlash mumkin bolgan. Songgi Bobil davrlarida esa 74.2 kg vaznli talantlar ham paydo bolgan. Bunday vazniypul birliklarining paydo bolishi kop asrlik pul muomamalari yolini boshlab berdi.

Bunday birliklarning olchamligi va qiymatini aniqlash imkoni Tigr va Evfrat daryolari havzasidan topilgan songgi Bobil davriga taaluqli bir necha tangalar va loy taxtachalardagi qadimiy yozuvlarni tadqiq qilish natijasida yuzaga keldi. Bular hozirgacha topilgan eng qadimgi birliklar tizimlarining namunalaridir.


[1]Mazkur asarning elektron nusxasini ozbek tilidagi eng katta internet?kutubxona sayti bolmish www.ziyouz.com dagi ushbu manzildan yuklab olishingiz mumkin: http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24

Yangilаndi: 21.08.2013 08:14  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)