Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Si tarixi Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

XIX asr oxiri va XX asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari kopayib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni ozini esa har xil tariflashga majbur bolinadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda kop qollaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda koplab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim ornashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bolib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga otkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga otkazish koefitsientlarini qoyish, bir qancha matematik amallarni qoshimcha bajarishga majbur bolinardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qoyiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bolgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning ornini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bolishi shart edi. 1948 yilgi IX - Olchov va Tarozolar Bosh Konferensiyasiga Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqining rasmiy murojaatnomasi kelib tushdi. Unda fizik kattaliklarning yagona xalqaro standartlashtirilgan tizimini qabul qilsih masalasi kondalang qoyilgan edi. Shuni takidlash joziki, xalqaro miqiyosdagi metrologik unifikatsiyaning qabul qilinishiga bolgan talabning bunday qatiy ravishda ilgari surilishi avval kuzatilmagan edi. Bu boradagi barcha murojaatlar aksariyat hollarda mavhum xarakterga ega bolib, odatda jiddiy korib chiqilmagan, chunki, bir sohaga oid birlikni boshqa sohaga tadbiq etish yoki koplab mustaqil birliklar tizimini yagona tizimga birlashtirish goyasini amalda uddalash favqulodda murakkab ish deb sanalgan.

Lekin fizik kattaliklarning yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish zaruriyatini zamonning ozi taqozo qilayotgan edi. XX asrning ortaliriga kelib yuz bergan jahon fan texnika inqilobi, xalqaro savdo hajmining ortishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlar kolamining kengayishi turli birliklar tizimlari orasidagi nisbatlarda kelib chiqishi ehtimolligi yuqori bolgan chalkashliklarni imkon qadar bartaraf etish zaruriyatini paydo qildi.

Yuqorida qayd etilgan omillarni etiborga olib, Olchov va Tarozilar Xalaqaro Konferensiyasi, Olchov va Tarozilar Xalqaro Qomitasiga (OTXQ) turli mamakatlarning ilmiy, pedagogik va texnik doiralarining fikr va takliflarini organib chiqish asosida, Metr Konvensiyasiga azo bolgan davlatlar orasida qabul qilinishi mumkin bolgan yagona xalqaro birliklar tizimini ishlab chiqish boyicha tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirdi. 1954 yilda X OTXK uzunlik va masofa uchun metr, vaqt uchun soniya, massa uchun kilogram, harorat uchun Kelvin gradusi, yoruglik kuchi uchun esa Kandela (sham), tok kuchi uchun - amper birliklari asos qilib olingan xalqari tizimni qabul qildi. Mohiyatan bu tizim MKSA tizimining ayan ozi edi.

Tarkibi Olchov va Tarozolar Xalqaro Idorasi direktori va OTXKning 7 azosidan iborat bolgan, akademik Burdun raisligidagi maxsus hayat tuzildi. Hayat 1954 1964 yillar davomida, yani 10 yil faoliyat olib bordi va u quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

  • 1956 yilgacha yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi;
  • 1958 yilda karrali va ulushli birliklarning hosil qilish qoidalarini aniqladi;
  • 1960 yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi OTXQ tomonidan maqullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot maruza XI ? Olchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi;
  • 1964 yildagi XII OTXKga birliklar boyicha: Litrni 1 kub detsimetrga (aniq) tenglashtirish va harorat intervallari haqidagi qator takliflarni kiritdi.

1960 yilda OTXKning navbatdagi, XI bosh konferensiaysi bolib otdi va u xalqaro hayat tavsiya etgan yagona birliklar tizimining Xalqaro Birliklar Tizimi, qisqacha qilib esa SI nomi ostidagi loyihasini tasdiqladi. Bu tasdiqqa kora SI tizimi 6 ta asosiy (uzunlik, massa, vaqt, harorat, tok kuchi, yoruglik kuchi) va ikkita qoshimcha (yassi burchak va fazoviy burchak) kattalikni va ularga muofiq ravishda oltita asosiy (metr, kilogramm, soniya, Kelvin, Amper, Kandela) va ikkita qoshimcha (radian va steradian) birliklarni qabul qildi.

1964 yilda esa OTXQ xalqaro hayatni ornini bosuvchi yangi ichki struktura Konsultativ qomitalarni tasis etdi. Konsulatativ qomitalar ozining 1967, 1969, 1971 va 1974 yillardagi bolib otgan tizimli yigilishlarida Xalqaro Birliklar Tizimiga tegishli qator masalalar boyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi va OTXKning XIII, XIV va XV konferensiyalariga tasdiqlash uchun kiritdi.

1971 yilning oktaybr oyida bolib otgan XIV Olchov va Tarozilar Bosh Konferensiaysi molekulyar fizika, kimyo, kmyoviy texnologiyalar hamda termodinamika sohalarida keng tarqalgan modda miqdori birligi Molni va uning hosilaviy birliklarini SI ning 7-asosiy birligi sifatida rasman qabul qildi. Shuningdek bu konferensiyaning qarorlariga kora bosim birligi uchun nyuton taqsim metr kvadrat (Nm2) orniga yangi, maxsus nom Paskal va elektr o'tkazuvchanlik uchun minus birinchi darajali Om (Om?1) orniga yangi, maxsus nom Simens tasdiqlandi.

1983 yilgi XVII Bosh Konferensiyada metr uchun avvalgi Kripton-86 atomining ionlanuvchi nurlanishiga asoslangan tarifi bekor qilinib, orniga aniq fizik doimiy deb qabul qilingan kattalik yoruglik tezligi asosidagi yangi tarifi qabul qilindi.

XX asrning 80 yillariga kelib SI xalqaro miqiyosda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan asosiy tizim sifatida birin ketin rasman qabul qilina boshladi. Jumladan, 1974 yilga kelib, Avstriya, Bolgariya, har ikkala Germaniya, Italiya, Kanada, Sobiq Ittifoq, Fransiya, Chexoslovkiya, Shvetsiya va boshqalar ixtiyoriy yoki majburiy korinishlarda ozlarida joriy etdilar. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) SI ni ozining asosiy foydalanish hujjati sifatida MS ISO?31 asosida rasman qabul qildi. Xalqaro Metrlogiya Qonunchiligi Tashkiloti oz tarkibidagi azo davlatlarga SI ni qonuniy tartibda joriy qilish va nazorat - olchov asboblarini ham SI asosida sozlash boyicha tavsiyalar berdi. BMTning fan, talim va madaniyat ishlari boyicha xalqaro tashkiloti YUNESKO barcha azo mamlakatlarni Xalqaro Birliklar Tizimini qabul qilishga chaqirdi.

1975 yilda butun jahon boylab Metr Konvensiyasining qabul qilinganliginin 100 yillik tantanalari keng nishonlandi. Shu munosabat bilan OTXQ tomonidan zarb qilingan yubiley esdalik medallarining bir tarafida xalqaro birliklar tizimi ramzi SI hamda uning 7 asosiy birliklari nomma nom keltirib otilgan. Va Metrning Kripton-86 atomi asosidagi qabul qilingan osha vaqt uchun yangi tarifi ifodalangan edi.

 
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo darsida oqituvchi bolalarda sorayapti:

-Nodira senda eritma qanday rangda chiqdi?

-Qizil.

-A'lo, bahoing 5.

Doston senda-chi?

-Pushti rangda.

-Yaxshi, bahoing 4.

-Boltavoy sendachi, eritma rangi qanaqa?

-Qora...

-Boltavoy bahoing ikki! Sinf!!! Partalar tagiga yotinglaaaaaar....


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 785
O'qilgan sahifalar soni : 3122304

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis