Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Temir

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Temir

Erkin tabiiy jism holida topilgan temir, misdan farqli ravishda yer qobigida deyarli uchramaydi. Lekin u koplab minerallatning tarkibiga kiradi va rangli metallardan kora ancha keng tarqalgan. Qadimda uni deyarli hamma joydan qazib olish mumkin edi xattoki, botqoqlik, kolmak, yaylovli va boshqa rudalardan ham. Biroq, mis metallurgiyasiga nisbatan temir metallurgiyasi anchagina qiyin jarayon hisoblanadi. Temir 1539 C haroratda eriy boshlaydi. Bunday yuqori harorat qadimgi temirchi ustalar uchun yetib bolmas manzil edi. Shu sababli temir inson hayot faoliyatiga misga nisbatan kechroq kirib keldi. Temirning qurol yarog hamda mehnat asboblari yasash materiali sifatida qollanilish faqat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdagina keng quloch yoza boshladi. Bunga sabab temirni tiklashning temirni maxsus pechlarda (1300-1400 C li gorn pechlarida) rudadan togridan togri tiklash usuli kashf etilishi boldi. Bazi xalqlarning temirni ancha erta ozlashtirgani haqida ham malumotlar mavjud, masalan, kavkaz hududida yashagan qadimgi qabilalar eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq temir rudasidan metall ajratib olishni bilgan ekanlar.

Teir rudasining nisbatan keng tarqalganlari magnitli temir, qizil temir, qongir toshtemir kabilar yoki temirning kislorod bilan birikmasini (temir oksidi) yoki, temir oksidining gidratini tashkil qiladi. Bu birikmalardan metall temirini ajratib olish uchin uni tiklash yani temirni kisloroddan ajratib olish zarur. Qadimgi ustalar temirning tiklanish jarayonida yuz beradigan kimyoviy jarayonlar haqida tasavvurga ega bolmaganlari tabiiy. Lekin rudaning erish jarayonini tizimli kuzatib borib ular temir ishlab chiqarishning bir necha soda va lekin, muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Hammasidan avval ajdodlarimiz temirni ajratib olish uchun uni erish haroratigacha qizdirish shart emasligini aniqladilar. Metall Temirni nisbatan past haroratlarda ham ajratib olish mumkin, lekin bunda, misni eritishdagidan kora koproq yoqilgi sarf bolar va bu yogqilgi yuqori sifatli bolishi lozim. Shuningdek olov harorati ham imkoni boricha baland bolishi faqat foydaga xizmat qiladi.

Qoidaga kora temirni eritishdan avval ustalar aylana shakldagi chuqurcha kavlab tayyorlashgan va bu cuqurchaning ichki devorlari qalin loy qatlami bilan suvalgan. Tashqi tarafdan bu chuqurchaga havo kirishi uchun tirqish qoldirilgan. Yoqilgi uchun pistakomirdan foydalanilgan. Uni pechning eng pastki joyiga tashlab ustidan shixta (ruda va komir aralashmasi) bilan qoplashgan. Eng yuqori qismini esa qalin komir qatlami bilan yopishgan. Pastki qatlamdagi komir yona boshlaganda ruda qattiq qizigan va komirning (uglerod) oksidlanishi hamda temirning tiklanishi bilan boradigan kimyoviy reaksiya yuz bergan. Kichik bolakchalar shaklidagi temir parchalari oz og'irligi evaziga eng pastki qatlamga toplanib qola boshlagan. Chunki uning og'irligi qolgan aralashma va kullardan uch karra ortiq bolgan. Bu jarayonlar natijasida chuqurcha tubida 1 kg dan 8 kg gacha bolgan miqdordagi kritsa yumshoq temir hom ashyosi hosil bolgan. Keying ishlov endilikda temirchilik ustaxonasida berilgan: krtisani maxsus temirchilik pechi gornda yana qizdirishgan temirchilik bolgasi bilan toxtovsiz urib, sayqallashgan. Temir metallurgiyasida temirni bolgalash bir necha asrlar davomida asosiy ishlov berish usuli bolib qolavergan. Temirchilik esa ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri sanalgan. Faqat bolgalashdan keyingina temir samarali sifat korsatkichlariga ega bolgan. Sof temirni ozini biror ishga ishlatib bolmaydi, chunki u juda yumshoq boladi. Shuning uchun xojalik maqsadlariga muofiq temir uglerod bilan qotishma holatida tayyorlanadi. Bunday qotishma tarkibida 0.3 dan 1.7% gacha uglerod mavjud boladi va u endi temir emas, polatga aylanadi. Uglerodli temir qotishmasi toblash uchun yaroqli sifat korsatkichlariga ega. Buning uchun qadimda ham huddi hozirgidek bunday qotishma asosida tayyorlangan buyumni qizarib ketgunicha qizdirib, songra suvda sovutishgan. Bunday toblash natijasida u nihoyatda yaxshi qattiqlik korsatkichlariga ega bolib, ajoyib kesuvchanlik xususiyatiga erishilgan.

Pechga havoning tabiiy kirishi bilan ishlanganida harorat 1000 darajadan yuqiri kotarilmagan. Shu sababli qadimgi temirchi ustalar bosqonlar orqali pechga havo oqimini yonaltirib, rudaning foydali qismini yanada koproq va sifatliroq ravishda olib qolishga erishganlar. Bosqonlarni hayvon terisidan tayyorlashgan, va qol kuchi orqali harakatga keltirishgan.

Temir arzon va keng tarqalgan material sifatida tezlik bilan inson hayotining barcha sohalariga: ishlab chiqarishga, harbiy sohaga, xojalikka kirib bordi va oziga xos inqilobiy ahamiyat kasb etdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari, xususan temir omoch dehqonchilik murakkab bolgan yerlarga ishlov berish va ozlashtirishda katta rol oynadi. Temirning keng tarqalishi koplab xalqlarda dehqonchilikning ham jadal rivojlanishiga turtki berdi. Temir hunarmandga tosh ham bronza ham berolmaydigan darajadagi sifatli, qattiq va otkir asboblar tayyorlash imkonini berdi. Temir tarixiy inqilobi natijasida kishilik jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumi tanazzulga uchrab, uning orniga sinfiy tabaqalanuvchi jamiyat yuzaga kela boshladi

Yangilаndi: 09.08.2013 15:12  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis