Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Nikolay Kopernik

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay Kopernik

(14731543)

Nikolay Kopernik

Nikolay Kopernik 1473 yilning 19 fevralida Polshaning Torun shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bolib, bu shaharga Germaniyadan kochib kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada tortinchi farzand bolgan. On yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va toqchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bolajak olim roppa rosa on yoshga tolgan vaqtda tosatdan qayguli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga olat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham ozining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keying taqdiri, uning oqishi va tarbiyasi muammolari togasi Lukash Vachendore zimmasida qoldi.

1491 yilning oktaybr oyi ikkinchi yarmida Nikolay Kopernik akasi Anjey bilan birgalikda Karkov shahriga keladi va mahalliy universitetning sanat fakultetiga yoziladi. Bu fakultetni tugatib, Kopernik 1496 yilda Italiya boylab uzoq safarga otlandi. Osha yilning kuzida u akasi Anjey bilan Bolonyaga yetib keldi. Bolonya bu vaqtda Rim Papasiga boysinuvchi hudud bolib, uning mahalliy universiteti juda mashhur edi. Bu universitetning yuridik fakulteti mamlakatdagi cherkov huquqlari, muqaddas huquqlar va fuqaro huquqi bolimlarida bilim olish uchun eng nufuzli dargohlar sanalgan. Nikolay Kopernik shu fakultetda talim ola boshladi.

Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bolgan qiziqishlarini ozining ilmiy faoliyatiga asos boladiga darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik ozining ebg dastlabki ilmiy astronomik kuztishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyi Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki tolin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda orgatilgan Ptolimey talimoti faktlari bilan bunday nomuofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib korishga undadi.

1498 yilning ilk oylarida Nikolay Kopernik sirtdan Fromborg kaputulining[1] kanonik martabasidagi ruhoniysi bolib qabul qilindi. Bir yil keyin akasi Adjey ham aynan shu kapitulning kanonik ruhoniysiga aylandi. Lekin, bunday martabalarga erishishning natijasi aka ukalarning moddiy ahvoliga ijobiy tasir qilmadi, aksincha, 1499 yil oktyabriga kelib ular butunlay pulsiz qolishdi. Bolonyaga doimiy kelib turuvchi koplab boyvachcha horijliklar va mahalliy amaldorlar bilan taqqoslaganda ularning moddiy ahvoli juda achinarli edi. Ularga shu vaqtlarda Polshadan Italiyaga kelgan kanonik Bernard Skuletti oz bolsada moddiy yordam berib turdi.

1500 yilda Nikolay Kopernik qisqa muddatha Polshaga qaytadi. Lekin u tezlik bilab yana Italiyaga yol olib, Padiya universitetining tibbiyot bolimiga oqishga kiradi. Bir vaqtning ozida u Ferrara universitetida ilohiyot fanlari doktori unvoniga sazovor boladi.

Nikolay Kopernik har tomonlama malumotli va oqimishli kishi sifatida vataniga qaytdi. Bu qaytish 1503 yilda sodir boldi. Dastlab u Lidzbark shahrida, keyinroq ea Visla daryosining etagidagi kichik baliqchilik shahrchasi Fromborkda qonim topib mahalliy cherkovda ruhoniy bolib ishlay boshladi.

Ozining Italiyada boshlagan astronomik kuzatishlarini Lidzbarkda cheklangan miqiyosda davom ettirgan Kopernik, Fromborkda ularni jadal va keng ravishda davom ettirdi. Lekin, bu hududning shimolga xo katta kenglikda joylashganligi, Visla qoltigi tez tez tufayli yuzaga keluvchi tumanlik hamda osmonning muttasil bulutli bolishi Kopernikning tadqiqotlariga jiddiy xalal berardi.

Kopernik kuzatuvlar olib brogan vaqtda hali teleskop kashf qilinmagan edi. Xattoki teleskopgacha bolgan eng ilgor va aniq astronomik kuzatuv usullari hisoblangan Tixo Bragening uskunalari ham Kopernikda bolmagan. (Tixo Brage usulidagi noaniqlik kopi bilan ikki minut bolgan). Uning kuzatuvlari uchun qollagan asboblaridan biri Trikvertum nomli parallaks olchovchi uskuna bolsa, ikkinchisi ekliptikaning og'ish burchagini aniqlash uchun qollagan Goroskopiy nomli uskuna bolib, quyosh soatlari, hamda kvadratning bir turi bolgan.

Yaqqol qiyinchiliklarga qaramasdan, tahminan 1516 yilda yozilgan Kichik izoh risolasida, Nikolay Kopernik ozining talimotini, togrirogi hali gipoteza korinishida bolgan olamshumul goyalarini bayonini keltirdi. Bu asarda u, goyalar uchun matematik isbotlashlar keltirishga urinib otirmadi, chunki, Kopernikning rejasi boyicha, talimotning toliq bayoni va uning matematik isbotlashlari kattaroq va mukammalroq asarda batafsil yozilishi kerak bolgan.

3 noyabr 1516 yilda Kopernikni Polshadagi Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Uning bu lavozimdagi faoliyati 1519 yil kuzigacha davom etib, oz xizmat muddati tugagach Fromborkka qaytib ketdi.

Ammo bu safargi qaytish Kopernikka oz ilmiy faoliyati bilan jiddiy shugullanishga imkon bermaydigan urush ustiga togri kelib qoldi. Salbchilar bilan jang borar edi. Urush eng tahlikali tus olgan 1520 yilning noyabr oyida Kopernik yana avvalgi lavozimi - Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Bu safar u faqat bu ikki hududgagina emas, butun Varmiya olkasiga ham eng katta ruhoniy boshqaruvchi rolida ish yuritishiga togri kelardi. Chunki Varmiyaning barcha mahalliy ruhoniylari episkop va kapitulning boshqa barcha azolari urushdan qochib, xavsiz yerlarga kochib ketishgan edi.

Kam sonly Olshtin garnizoni qomondonligini oz zimmasiga olib, Kopernik ozining ajoyib harbiy mudofaachilik istedodini namoyish qildi. U Olshtin qorgon qalasi mudofaa qudratini mustaxkamlash uchun, qalaga qurol yarog va oq dori zaxirasini gamlashga, oziq ovqat va suv taminotini mukammal qilishga qaratilga koplab chora tadbirlarni amalga oshirdi. Uning sai harakatlari evaziga Olshtin qalasi dushman hujumiga oxirigacha dosh berib, mudofaachilar golib chiqishdi.

Nikolay Kopernikning korsatgan bunday shaxsiy qahramonligi va qatiyatliligi davlat rahbarlari etiboridan chetda qolmadi. 1521 yildagi yarashuv sulhi imozlanganidan keyin, Kopernik Varmiyaning komissari etib tayinlandi. 1523 yil fevraligacha esa u Varmiyaning General boshqaruvchisi lavozimida ishladi. Bu lavozim Kopernikning amaldorlik hayotidagi eng kattasi bolib, u yangi episkop tayinlanguniga qadar uning vazifalarini ham bajarib turdi. Osha yilning kuzida, Kopernik Olshtin kapituli kansleri lavozimiga tayinlanadi.

Faqat 1530 yilga kelibgina Koperning mamuriy boshqaruv ishlaridagi faoliyati biroz yengillaydi. Shunga qaramay aynan osha suronli 20-chi yillarda olim ozining eng samarali astronomik izlanishlarini bajarishga ham ulgurgan ekan. 1523 yildagi sayyoralar qarama qarshiligi, yani, sayyoraning osmon sferasida quyoshga nisbatan qarama qarshi joylashishi vaqtida Kopernik muhim kashfiyotni ochishga muvaffaq boldi. Kopernik, sayyoralar orbitasining fazodagi holati qozgalmas ekanligi haqidagi fikrni inkor qilib, uni 1300 yildan beri kuzatilayotgan va Almagest asarida Ptolomey takidlab ketgan malumot apsidning[2] togri chiziq bolib, uning fazodagi holatini aslo ozgartirmasligi haqidagi talimotning aksini isbotlash orqali izohlab berdi. Kopernikning aniqlashiga kora, sayyoraning apsid chizigining vaziyati ozgarib turardi.

Lekin, Nikolay Kopernikning hayotidagi eng asosiy ilmiy goyalari baribir uning mamuriyat tashvishlaridan birmuncha holi bolgan, 1530 yillarda paydo boldi. Bu paytga kelib u Osmon sferalarining aylanishi nomli ilmiy asarini yozish ustida edi. Osha vaqtlarda deyarli bir yarim ming yildan buyon ilmiy jamoatchilik ongida mustaxkam ornashib qolgan tushuncha olam tuzilishning Geotsentrik talimoti barcha oquv yurtlarida va diniy muassasalarda asosiy va eng togri talimot sifatida qaralar edi.qadimgi yunon olimlari Klavdiy va Ptolomeylar asos solgan mazkur talimotga binoan, Olam markazida Yer sayyorasi qozgalmasdan turar, boshqa sayyoralar, va xattoki Quyosh ham yer atrofida aylanishar edi. Mazkur talimot astronomiya boyicha koplab hodisalarni tushuntirish imkonini berar edi, xususan, sayyoralarning osmon gumbazi boylab egri chiziqli harakatini, oy va quyoshning kundalik chiqib, yana botishi kabi tabiat hodisalari, Ptolomey va Klavdiylarning geotsentrik nazariyasiga kora izohlanar edi. Bu talimot shuningdek katolik cherkovi tomonidan ham maqullangan bolib, din nuqtai nazaridan ham eng togri deb qaralgan.

Kopernikka qadar ham, qadimgi yunon olimi Aristarx Yerning Quyosh atrofida aylanishini takidlaganbolib, lekin u ilmiy jamoatchilik oldida oz goyalarini isbotlashga muvaffaq bola olmagan edi.

Osmon jismlarining harakatini kuzatib borib, Kopernik Ptolomey nazariyasi notogri ekanligi haqida xulosa chiqardi. 30 yillik mashaqqatli mehnat va muttasil kuztuvlar, hamda murakkab matematik hisoblashlardan song, Nikolay Kopernik Yer ham oddiy sayyoralardan biri ekanligini, va barcha sayyoralar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotlab berdi. Togri, u hali yulduzlar qozgalmas va harakatsiz ravishda osmon sferasining eng chetki sirtida va Yerdan juda uzoq masofalarda joylashgan deb hisoblashda davom etardi. Lekin u oz zamonasi uchun olamshumul va eng shov shuvli goyani ortaga tashlagan edi.

Yer va boshqa sayyoralar Quyoshning yoldoshlari ekanligini va uning atrofida aylanishini aniqlab, Kopernik, Quyoshning osmon sferasi boylab harakatini va bazi sayyoralarning ajablanarli va tushunarsiz harakatlanishi sabablarini, hamda, osmon holatining ozgarishi hodisalarini ilmiy izohlab berdi. Kopernik, sayyoralar harakatini Yerdagi jismlar harakati kabi mantiqdan kelib chiqib tushuntirib bolmasligini takidlab, ozimiz ham yer bilan birga harakatda bolganimizda va sayyoralarning ham harakatda ekanligiga etibor berish zarurligini takidlaydi. Kopernikning fikridan iqtibos:

Masalan, biz qayiqda daryo boylab suzayotganimizda, bizga qayiq va ozimiz harakatsiz turgandek, daryo qirgoqlari esa tesakri tomonga harakatlanayotgandek tuyuladi. Huddi shunga oxshab, yerdagi kuzatuvchiga ham Yer harakatsidek va Quyosh uni atrofida aylanayotgandek tuyuladi. Lekin aslida Yer Quyosh atrofida aylanadi va bir yilda oz orbitasi boylab toliq bir marta aylanib chiqadi

Nikolay Kopernik astronomik tadqiqotlardan tashqari tibbiy bilimlarni ham puxta egallagan bolib, 30 yillarga kelib u mahoratli hakim sifatida ham dong taratgan edi. U Padiyada olgan tibbiy bilimlarini, keyinchalik ham mustaqil rivojlantirib borib, koplab zamondosh mashhur insonlarni Prussiyaning Gertsoglik va Qirollik amaldorlarini, cherkovning kozga koringan namoyondalarini, xususan Tideman Gize, Aleksandr Skuletti kabilarni xavfli va yuqumli kasalliklardan davolashga muvaffaq boldi. Shuningdek Kopernikning oddiy fuqaroga ham korsatgan doimiy tibiy yordami haqida polyak xalqida koplab ijobiy xotiralar saqlanib qolgan. U oz davolash tamoyillarida, dori vositalarining tasir qilish mexanizmlarini aniqlashga va bemorlarning umumiy ruhiy ahvolini doimiy kuzatib borishga asoslangan, ijodiy yondoshuvga tayanar edi.

1541yilgacha u kapitulning qurilish gaznasi boshqaruvi raisi vazifasini bajardi va shu yili u ancha qarib qolganligini sabab qilib keltirgan holda, bu lavozimdan ketdi. XVI asr kishisi uchu 60 yosh ancha ulig sanalar edi. Lekin olimning ilmiy va tibbiy faoliyati davom etardi. Ayniqsa uning tabobat borasidagi shuhrati doimiy ortib borayotgan edi.

Kopernikning shaxsiy hayoti haqida malumot juda kam. U ozi faoliyat yuritgan cherkov qoidalariga kora, oila qurishi mumkin emas edi. Shu tufayli, uning farzandlari bolmagan degan tahmin bor. Lekin tarixchilar Kopernikning 1528 yilda, Frombork kapituli rahbarligida ishlayotgan vaqtida mashhur medal yasovchi va oymakor naqqosh usta Mats Shilling bilan tanishganiligi va uning Anna ismli qiziga kongil qoyganligini etirof etadilar. Bunga isbot tariqasida esa, Kopernik osha vaqtda ozining tuzgan astronomik jadvallaridan biridagi Venera sayyorasiga bagishlangan qismi sarlavhasiga, sayyora ramzi atrofini Anna Shilling nomini Shillinglarning oilaviy ramzi pechak guli bilan oralgan holda tasviriy sanat darajasida yozib chiqqanligini keltirish mumkin.

Nikolay Kopernik cherkov qonunlariga qatiy amal qilganligi haqidagi fikrni ilgari suruvchilar, Shillinglar honadoni Kopernikka ona tomondan qarindosh bolganligini va bu oddiy qarindoshlik aloqalari bolganligini takidlashadi. Qolaversa, osha ramziy naqsh, Annaning otasi tayyorlagan har qanday medal yoki tangalarda, ustaning ramzi sifatida mavjud bolganligi ham tarixiy haqiqat

Lekin Kopernikning Anna bilan bir uyda yashashiga hamma ham konika olmadi. Gap soz kopayib, olim obrosiga putur yeta boshladi. Yangi saylangan episkop Dantiskka ham bu gap yetib bordi. Dantisk kasal edi. Uni Nikolay Kopernik davolash uchun tez tez borib turardi. Shunday tibbiy muolajalarning birida Dantisk Kopernikka bunday yosh va chiroyli va judayam uzoq qarindoshchilikdagi qiz bilan bir uyda yashash durust emasligini, va agar u uy yumushlarida ayol kishi yordamiga muhtoj bolsa, yoshi kattaroq va yanada yaqinroq qarindosh topish joizligini takidlaydi. Kopernik bu gap sozlarga chek qoyishi kerak edi: u tez orada Annani qaytarib oz uyiga jonatib yuboradi. Keyinroq esa Anna Fromborkdan ham ketishga majbur boladi.

Songgi yillardagi bunday ruhiy zarbalar, Kopernikka qattiq tasir otkazdi. El orasidagi va cherkovdagi mayda chuyda gaplar olimning toqatini toq qilardi. Lekin umrining songida ham bu buyuk olim ilmiy faoliyatini susaytirgani yoq. 1542 yilda uning Ham tekislikdagi ham fazodagi uchburchakning burchaklari va tomonlari haqidagi asari va unga ilova tarzidagi sinuslar va kosinuslar jadvali, Vittenbergdagi nashriyotlarning birida chop etildi. Afsuski buyuk olim, ozining eng buyuk ilmiy ishi Osmon sferalarining aylanishi haqida asarining chop etilishi va tarqalishini kora olmadi. Uning dostlari mazkur asarning Nyurnberg nashriyotlarining birida chop etilgan dastlabki nusxasini keltrib korsatishgainida olim bir necha daqiqa avval vafot etib bolgan edi. Bu voqea 1543 yilning 24 may kuni sadir boldi

Katolik cherkovi korchalonlari ularning diniy talimotlari uchun Kopernik asarlari qanchalik jiddiy zarba berishini anglab yetishgunicha bu buyuk risolalar Yevropa uygonish davri olimlari orasida erkin va juda tez tarqalib ulgurdi. Ularda ilgari surilgan olamshumul goyalar tez orada oz ixlosmandlarini topdi va Kopernikning izdoshlar paydo boldi. Kopernikning olam markazida Quyosh turishi va boshqa sayyoralar, shu jumladan Yer ham uning atrofida aylanishi haqidagi Geliotsentrik talimoti, fanda oziga xos yangi davrni boshlab berdi. Butun boshli yangi ilmiy yonalish shakllandi. Ammo bunday goyalar osha davr Yevropa odamlari hayotida juda katta orin tutgan nasroniy dini va ayniqsa katolik cherkovining kundalik uqtirishlariga, goyaviy mafkuraviy tamoyillariga butunlay teskari bolib, diniy nuqtai nazardan Kopernik talimoti va uning asarlari bidat deb elon qilindi. Kopernik kitoblari cherkov tomonidan taqiqlangan Indeksga kiritilib, tarqatish va oqish uchun jiddiy ravishda man etildi. Faqat 1835 yilga kelibgina Rim papasi, olimning ilmiy goyalarini cherkov tomonidan tan olinganligidan dalolat beruvchi Nikolay Kopernikni oqlash va uning asarlarini maqullanmagan kitoblar indeksidan chiqarish hukmni elon qildi.


[1] Kapitul nasroniy cherkovidagi malum martabadagi (biror orden yoki kafedral yigin) ruhoniylarning hayat jamoasi.

[2] Apsid sayyoraning Quyoshga eng yaqin kelgan va undan eng uzoqlashgan vaziyatlaridagi orbitadagi holatini tutashtiruvchi hayoli togri chiziq.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 Nikolay Kopernikdieta na mase 2015-04-17 08:56
Howdy, i read your blog occasionally and i own a
similar one and i was just curious if you get a lot of spam feedback?
If so how do you protect against it, any plugin or
anything you can advise? I get so much lately it's driving me crazy so
any assistance is very much appreciated.
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis