Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Arximed

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Arximed

(eramizdan avvalgi 287 212 yillar)

..bu Sitsiliyalik odam, tabiatan imkonsiz bolgan aqliy qobiliyat egasi!

Sitseron.

Arximed eramizdan avvalgi 287 yilda Yunonistondagi Sirakuza shahrida tugilgan va butun hayotini mazkur shaharda yashab otgan. . Uning otasi Fidiy ismli munajjim bolib, shahar hokimi Gieron huzuridagi kozga koringan arboblardan biri bolgan. Arhimed ham koplab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilgor ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani Iskandariyada talim oldi.

Iskandariyadagi talim yakunlanganidan song, Arximed Sirakuzaga qaytdi va oz otasining xizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Nazariy fan sohasida ushbu buyuk olimning mehnatlari tahsinga loyiq bolgan. Arximedning asosiy ilmiy ishlari matematika va geometriya, gidrostatika, mexanika hamda fizika sohalaridagi muammolarining amaliy yechimlarga tadbiqi bolgan. Parabola kvadraturasi asarida Arximed parabolaik segmentning maydonini hisoblash usulini batafsil bayon etdi. Shuni takidlash kerakki, Arximed, integral hisoblashlar kashf etilishidan ikki ming yil avval ushbu yechimni uddalagan. Aylana olchamlari haqida asarida esa Arximed ? sonini qiymatini aniqladi va uning har qanday aylana uchun ozgarmas qiymat ekanligini isbotladi. Biz hozirgacha butun sonlarni Arximed oylab topgan usul bilan hisoblaymiz

Arximedning olamni anglashga bolgan yondoshuvu va buning uchun qollagan matematik usullari Pifagorchilar va Evklidning talimotlari bilan bogliq. U Pifagorchilar, Evklid va ulardan tashqari, oziga zamondosh olimlarning ham kashfiyotlarini organib, atrofimizni orab turga olam, jismlarning nazariy shakllari, zamon va makon tushunchalari hamda, moddiy dunyodagi amal qilayotgan qonuniyatlarni anglashga, va ularga tasir qilimoqchi bolinsa, nimlarni bilish kerak ekanligini jiddiy mushohadalar orqali tafakkur qiladi. U buyumlarning Evklid tadqiq qilgan geometrik xususiyatlarini, Pifagorchilarning sonlar nazariyasini talimotlarini yaxshi ozlashtirdi. Lekin ulardan farqli ravishda Arximed jismlarning faqat olcham va shaklgagigina ega bolib qolmay, balki ular malum kuch tasiri tufayli harakatlanishi yoki harakatdan toxtab muvozanatlanishi mumkinligini ilmiy asoslashga harakat qilgan va buni u matematikaning yangi yonalishi sifatida, geometrik shaklga ega bolgan moddiy jismlar, ayni holatda holatda oz vaznini ham saqlashi tarzida ifodalagan. Mohiyatan bu ratsional geometriya - mexanika, statika va gidrostatikaning boshlanishi deb hisoblash mumkin.

Aytishlaricha kunlardan bir kun Arximedga Sirakuza hukmdori murojaat qilibdi. U olimga ozining tojidagi oltin miqdorini uni yasash uchun zargarga berilgan oltin vazniga mos kelishi kelmasligini aniqlashni buyuribdi. Hukmdor topshirigini bajarish uchun Arximed tinmay izlanib, turli hisob kitoblarni olib bordi. Bir kuni u hammomdaligida suvda yotgan holda bir oygini kotardi va oyoqning suvda yengilroq bolib qolganini sezib, hammomdan chiqa solib Evrika! Topdim! deb xitob bilan hayqirdi. Demak, jismlar suvda yengil bolib qolar ekan har bir jism, uning tayyorlangan moddasiga qarab suvda har xil chokadi; demak oltin va kumushning suvda chokishi ham turlicha bolishi kerak!

Bu goyani amalda sinash uchun Arximed ikkita quyma tayyorladi: biri kumushdan, ikkinchisi oltindan va ularning har ikkisi ham toj bilan bir xil vaznda. Arximed bu quymalarni idishdagi suvga navbatma navbat solib, quymaning chokishi natijasida idishdagi suv sathi qanchalik kotarilganini aniqladi. Idishga tojni solib, Arximed uning hajmi quymalar hajmidan ortiq ekanini aniqladi. Shu yol bilan zargar ustaning firib qilganligini fosh qilib berdi.

Bunday korinishda bizgacha yetib kelgan ushbu voqea latifa aslida aniq emas. Evrika! - xitobi, kopchilik oylaganidek va eshitib konikib qolganimizdek, metallarning solishtirma o'g'irligini aniqlash bilan bogliq emas, balki, Arximed qonuni ochilishi jarayoniga taaluqlidir.

Arximed uzoq yillar davomida falsafa, osmon yoritkichlarining harakati, geometriya va sonlar nazariyasidan tashqari, eng jiddiy ravishda Gidrostatika bilan shugullanar edi. U kemalarning suzushi, yuk chizigi, suv sigimi kabi muhim fizik omillar boyicha izlanishlarni hisob kitoblarni doimiy amalga oshirgan.

Gidrostatika borasidagi izlanishlarini Arximed ozining Jismlarning suzishi asarida bayon qiladi. Tasavvur qilamiz mulohaza qiladi olim, - suyuqlik shunday tabiatga egaki, agar suyuqlik biror idishga zichlanmagan va boshqa bir narsa bilan siqilmayotgan bolsa undagi bir sathda joylashgan va bir biriga jipsroq joylashgan zarrachalarning nisbatan kam siqilganlari, oziga nisbatan tik joylashgan, nisbatan koproq siqilganlari tomonidan itariladi.

Ushbu farazga asoslanib Arximed, quyidagi hodisalarni matematik jihatdan asoslab isbotlab beradi:

  • Suyuqlik bilan teng vaznga ega bolgan jism unga tushirilganida (botirilganida) u suyuqlikka shunday botadiki, uning biror qismi suyuqlik ustiga chiqib qolmaydi va pastga harakatlanmaydi.
  • Agar suyuqlikdan kora yengilroq jism unga botirilsa, jism toliq botmay (chokmay) qoladi va uning bir qismi suyuqlik yuzasida qoladi.
  • Agar suyuqlikdan kora yengilroq jism unga botirilsa, ushbu jism suyuqlikka shunday botadiki, bunda uning ining suyuqlikka botib turgan qismi hajmiga teng hajmdagi suv ogirligi, ushbu jismning umumiy ogirligiga teng boladi.
  • Suyuqlikdan kora yengilroq jism unga tushirilganida, jism hajmiga ten hajmdagi suv ogirligiga teng kuch bilan yuqoriga itariladi.
  • Suyuqlikka undan kora ogirriq jism tashlansa, u ushbu suyuqlik tubiga yetgunicha chokadi va suyuqlik ichida oz hajmiga teng hajmdagi suyuqlik ogirligi miqdoricha yengillashadi.

Songgi, 5-tarif amalda, hammaizga malum bolgan mashhur afsona Sirakuza podshosi Gieronning toji tarkibidagi madanlar miqdorini topilishi bilan bogliq holda ochilgan Arximed qonunini ifodalaydi. Arximed qonuning ilk marotaba amalda qollanilishi haqidagi ushbu mashhur hikoya qadimgi Rimlik Vitruviyning Memorchilik haqida nomli asarida quyidagicha keltiriladi:

...Oz mulohazalaridan kelib chiqib u ikkita quyma tayyorladi: biri oltindan, ikkinchisi kumushdan. Keyin u idishni chetlarigacha (lim-lim) qilib suv bilan toldirdi va unga kumush quymani tashladi. Kumush quyma hajmiga teng hajmdagi suv idishdan toshib chiqib ketdi. Quymani chiqarib olib, idishga, undagi kamaygan suv miqdorini toldirishga yetarlicha boladigan hajmda suv quydi va quyayotgan suvi miqdorini sekstariy bilan olchab, qayd qilib oldi. Idish yana eng chetlarigacha limmo-lim suv bilan toldi.

Bu orqali u malum hajmdagi suvga qanday vazndagi kumush togri kelishini aniqlab oldi.

Huddi shu usul bilan u oltinni ham tegishli vazn va unga mos suv hajmi qiymatlarini aniqladi. U oltin quymasini suvdan olgandan song, idishni qayta toldirish uchun sarflangan suv miqdori kumush quyma bilan bolgandagidan kamroq ekanini aniqladi va bu orqali, teng vazndagi oltin va kumushning hajmlari orasidagi farqni topdi!

Keyin esa u, idishni yana suv bilan toldirib, unga tojni tashladi. Shuni aniqladiki, toj, oz vazniga teng bolgan vazndagi oltin quymasiga nisbatan koproq hajmdagi suvni siqib chiqardi; shu tarzda u zargarning toj tayyorlanishida ishlatgan hiylasini va toj tarkibidagi kumush aralashmasi miqdorini aniqladi.

Bu hikoyada faqat Arximedning tojning madanlar aralashmasidan iboratligi, yani uning sof oltindan

emasligi haqidagi mulohazalari va xulosasi aniq tavsiflangan, ikkinchi modda kumush yoki osha davrda jamiyatga malum bolgan istalgan madanlardan biri bolgan bolishi mumkin. Lekin Arximedning bu kashfiyoti, tarixda ilk marotaba buyumlarning butunligini saqlagan holda uning kimyoviy tarkibini amaliy tahlil va nazorat qilishning fizik olchash usullarini amalda qollash hodisasi bilan ham ayniqsa qadr-qimmatlidir.

Arximed mexanika bilan ham ota sinchkovlik va tirishqoqlik bilan shugullangan. U oz davridagi mashhur bolgan Besh mexanizm dan iborat va Oddiy mexanizmlar nazariyotini oylab topadi va uni ilmiy doiralarga elon qiladi. Arximedning besh mexanizmi quyidagilar: Richag, Pona, Blok, Oxiri yoq Vint (Arximed vinti), hamda Chigiriq. Arximed mazkur mexanizmlardan turli xil muhandislik yechimlarida mohirona foydalanadi. Xususan binolar qurilishida richag va chiqiriq yordamida ogir va katta toshlarni yuqoriga chiqarish kabi kashfiyotlar, yoki, Arximed vintidan botqoqliklarni quritish uchun foydalanishlarni misol qilib keltirish mumkin. Arximed vinti xaqida soz borganda shun aytib otish joizki, uni Arximedni aynan ozi kashf etmaganligini, balki, Arximed Misrliklar foydalanadigan shunga oxshash mexanizmni takomillashtirgan bolishi ehtimoli ham katta. Arximedning mexanika borasidagi yutiqlari mamlakat mudofaa ishlarida ham katta yordam beradi. Olimning mexanika bilan qay darajada katta ishtiyoq bilan shugullanganligini sizu bizga mashhur ibora Tayanch nuqtasini topib bersangiz yerni kotaraman! degani ham isbotlab turibdi. Uning ixtiro qilgan mexanizmlari insoniyat kundalik xojalik faoliyatida uzoq asrlar davomida xizmat qilib keldi. Biz uchun oddiy narsaga aylangan bolt - vint va gayka ham aynan Arximed vintining keying modernizatsiyalaridan kelib chiqqan tarixiy innovatsiya bolgan. Arximed vintining ozini esa bugungi XXI asrda ham barchamiz oz honadonimizdan topishimiz mumkin: Gosht qiymalagich!

Ammo Arximedning bu kabi ixtirolari oz zamonasidagilar tomonidan doim ham munosib baholanmagan, aytish mumkinki, bu kashfiyotlarning qadr qimmatini hamma ham anglay olmagan. Bunga sabab esa albatta, oddiy fuqaroning olim darajasida fikrlay olmasligi edi. Oziga nisbatan shubha va etirozlarni butunlay kasod qilgan va yuksak ilmiy salohiyatiga barchani lol qoldirgan ishini Arximed sayozlikka otirib qolgan eshkakli, og'ir va katta gabaritli kemani ortilgan yuki va ekipaji bilan birgalikda, yaxlit holatda yan suvga qaytarib tushirganida uddaladi. Tarixiy manbalarda bu hodisa ..toplangan bekorchi avomning hayratiga sabab boldi deb qayd etiladi.

Arximedning muhandislik yechimlarining yanada katta nafi eramizdan avvalgi 212 yilda, ikkinchi Puni urushi vaqtida Sirakuzaga hujum qilgan Rimliklar hamlasini bartaraf etish ishlarida katta yordam berdi.

Arximed loyihalagan harbiy texnikalar yordamida Sirakuza shahar mudofaasi uch yilgacha Rim qoshiniga hech qanday imkoniyat bermadi. Bunday loyihalardan birida, kozgularning fokusida yoruglik nurlarini toplash va uni Rim harbiy kemalariga yonaltirish orqali, Rimliklarning yogochdan yasalgan kemalarini yoqib yuborish edi. Bu loyiha muvaffaqiyat qozonib, keyinchalik undan Misrliklar ham foydalanishdi. Arximedning ushbu yuksak xizmatlari haqida Plutarx, Polibiy va Tit Liviylarning eslatmalari mavjud. Albatta, bu amaliy ahamiyati yuksak xizmat, qadimgi yunonlar orasida ? sonining hayotdagi qiymatidan kora koproq baholangani ham tayin.

Arximed oz ona shahri Sirakuza mudofaasi chogida vafot etdi. Rimlik askar uni bir ilmiy muammo boyicha chuqur tafakkur qilib, yechim qidirayotgan vaqtida oldirdi

Rimliklar uch yillik urinishdan song baribir Sirakuzani bosib olishdi. Ammo ular Arximedning ilmiy ishlarini ozlashtirish yoki organishga hech qanday harakat qilishmagan. Bunga sabab Arximed asarlarini yoki ular topa olishmagan yoki, ular ham bu yuksak ilmiy manbalarni qiymatini tasavvur qilishmagan bolsa kerak. Shuningdek, Sirakuzaliklar Arximedning qolyozmalarini dushmandan qattiq yashirishgan bolishlari ham ehtimoldan holi emas. Harholda ularda shahar uchun strategik ahamiyatga ega harbiy texnikalarning tayyorlanish usullari yozilgan edi. Arximed asarlari ancha asrlardan keyingina Yevropalik olimlar tomonidan topib olingan. Shu tufayli ham qadimgi zamon xabarchilaridan biri Plutarx, Arximeddek buyuk olimning hech qanday asar qoldirmaganligini taajub va achinish bilan qayd etgan. Plutarxning yozishicha Arximed vafot etgan paytda juda qarib qolgan bolib, uning qabriga shar va slindr tasviri tushirilgan yodgorlik ornatilgan ekan. Uni Arximed vafotidan 137 yil keyin Sitsiliyaga tashrif buyurgan voiz va notiq Sitseron korganligini yozib qoldirgan. Bunday oziga xos yodgorlik ornatish bilan Arximedning sodiq shogirdlari buyuk ustoz xotirasiga ehtirom belgisi sifatida, uning eng ajoyib kashfiyotlaridan biri - Shar va Slindr hajmlari orasidagi munosabatni ochib berganligining ifodasini namoyish qilishgan ekan. Boshqa bir malumotda esa bunday yodgorlik ornatishni Arximedning ozi vasiyat qilgan degan fikr ham mavjud. Faqat XVIXVII asrlarga kelibgina Yevropa matematiklari Arximedning ulardan ikki ming yil ilgari qanday darajadagi katta ishni qilib ketganligini anglay boshladilar.

Arximed koplab shogirdlar yetishtirdi. Ular ham buyuk ustoz singari ilmiy kashfiyotlar, amaliy muhandislik yechimlarini yaratish ishtiyoqida mehnat qilishardi. Shunday shogirdlardan biri Iskandariyalik Ksetbiy ismli olim bolib, uning buyuk ustoz ishi davomchiligidagi eng katta yutuqlaridan biri tishli gildirak bolgan.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:56  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2646210

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis