Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Mars. Qizil sayyora.

Mars. Qizil sayyora.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 79
Juda yomon!A'lo! 

Mars

Mars – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora. Qadimgi Rimliklarning urush ma’budi Aresning nomi bilan atalgan. Mars ham Merkuriy va Venera singari insoniyatga qadimdan ma’lum.

Yulduzli osmonda u qizil rangdagi jimirlamaydigan  nuqta ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Uning yorqinligi vaqti-vaqti bilan birinchi kattalikdagi yulduzlarning yorqinligidan ham ortiq bo‘lib yarqiraydi.  Mars davriy ravishda Yerga 57 mln km gacha masofada yaqinlashib keladi.

Fizik parametrlariga ko‘ra Mars Yer guruhi sayyoralari turkumiga mansub. Diametriga ko‘ra u Yer va Venerada deyarli ikki marta kichik. Sayyora gaz qobig‘i – atmosfera bilan o‘ralgan bo‘lib, Mars atmosferasining zichligi Yernikiga nisbatan ancha siyrak. Marsning eng chuqur botiqliklarda ham atmosfera zichligi yer sirtidagi atmosferasi zichligidan 100 barobar kichik. Shunga qaramay Mars atmosferasida bulutlar mavjud. Ochiq kunda Mars osmoni pushti rangda bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra Mars atmosferasi Yer atmosferasidan tubdan farq qiladi va u 95.3% CO2 gazi, 2.7% Azot, 1.6% Argon gazlaridan iborat. Kislorod esa faqat 0.013% ekanligi aniqlangan. Bulardan tashqari, spektral tahlil yordamida Mars atmosferasida Ksenon, Neon, hamda Kriptonlar ham mavjudligi aniqlangan. Bulutsiz Mars osmoni Yernikiga nisbatan ancha shaffof va u ultrabinafsha nurlarini ham o‘tkazib yuboradi.

 

 

Marsning bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqishi uchun 24 soat 39 daqiqa 35 soniya vaqt ketadi. Marsning Quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanib chiqish davri esa 686.9 kun. Ya’ni Yer yilining 1.9 qismiga to‘g‘ri keladi. Sirtida harorat 290K gacha qiziydi. Qutblarda esa qishki mavsumlarda 150K gacha pasayadi. Marsda ham Yerdagi singari fasllar almashinuvi ro‘y beradi. Buni kuzatishlardagi Mars «qalpog‘i» - qutblardagi muzliklarning erib kichrayishi yoki aksincha, uning qarama-qarshisidagi muzlikning kattalashuvidan aniqlash mumkin. Mars qutblaridagi ushbu muzliklar, Mars atmosferasi tarkibidagi CO2 gazining muzlashi natijasida qattiq fazaga o‘tishidan hosil bo‘ladi.

Mars haqidagi dastlabki astronomik kuzatishlar qayd qilingan yozma manbalar eramizdan avvalgi 3.5 ming yilliklarga tegishli Bobilliklarning astronomik jadvallari va ierogliflari hisoblanadi. O‘rta asrlarda hind va musulmon sharqi munajjimlari Marsning o‘lchamlarini va undan Yergacha bo‘lgan masofa hisoblab chiqishgan XVI asrga kelib Nikolay Kopernikning geliotsentrik modeli asosida Iogann Kepler Marsning ekliptik orbitasining aniq keltirib chiqardi.  Marsni kuzatish, teleskop kashf etilgach yana jadallashdi. 1659-Yilda Franchesko Fontanna teleskopik kuzatishlar asosida Mars sirtini tasvirini chizdi. 1660-yilda Dominik Kassini Marsning qutblarini aniqlab, tasvirga tushirdi. 1888-yilda Jovanni Skiaparell Mars sirtidagi alohida detallarga nom berishni boshladi: Adriatika, Kimmeriya, Feniks kabi dengizlar nomlarini aynan u bergan. XIX asrga kelib Marsni o‘rganish yana yangi bosqichga kirdi. Bu davrda Marsda kanallarning mavjudligi haqidagi xabar asnosida, Marsda hayot bor yoki, yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tekshirishlar avj oldi. Koinotni zabt etish erasidan avvalgi davr astronomlari ichida Marsni tadqiq qilganlardan Persival Louell, Slayfer, Antoniadi, Leddi, Vokulyer, Tixovlarning izlanishlari ko‘p samara keltirdi. Lekin baribir, Marsni nisbatan mukammal tadqiq qilish, unga tomon 1960 yillarda «Fobos», «Deymos», «Mariner», «Viking»,  «Mars Global Surveyor» kabi fazoviy dasturlarning uchirilishidan keyin boshlandi.

1965-yilda «Mariner-4» Marsga yetib borgunicha, ko‘plab tadqiqotchilar Marsda suyuq holatdagi suv mavjud degan taxminda edilar. Bu tasavvur asosan, Mars sirtidagi va qutblaridagi mavsumiy o‘zgarishlarning vizual tahliliga asoslangan edi. Mariner orqali olingan ma’lumotlar esa, suyuq suv haqidagi tasavvur beruvchi rang o‘zgarishlari ko‘z aldanishi – optik illuziya ekanligini tasdiqladi. Marsda suv qadim zamonlarda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 1975-yilda Mars relyefining xaritasi tuzildi. Mars gurunti namunalarining tekshiruvlarida temir va kremniyning oksidlari aniqlandi. Mars tuprog‘ida oltingugurt (sulfatli birikmalar ko‘rinishida) miqdori Yer qobig‘idagidan ancha marta ko‘p. Mars sirtida vulqonlar harakatidan ham, meteoritlar zarbasidan ham hosil bo‘lgan kraterlar mavjud. Mars relyefining eng yuqori va eng chuqur qismlari farqi 20 km ni tashkil qiladi.

2008-yil 31-iyul kuni NASAning «Feniks» fazoviy apparati Marsda muz parchasini topdi.

2009-yildan buyon Mars orbitasida uchta orbital tadqiqot apparatlari – «Mars Odissey», «Mars Ekspress» va «Marsni tekshirish yo‘ldoshi» ishlab turibdi.  Mars sirtida esa «Opportyuniti» va «Kuryositi» Marsaxodlari ishlamoqda. Shuningdek Mars sirtida avval ishlab, hozirda faoliyatdan to‘xtagan apparatlar mavjud.

Marsni yerdan turib qurollanmagan ko‘z bilan ham yaqqol ko‘rish mumkin. Uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi −2,91m gacha yetadi.

Marsning ikkita tabiiy yo‘ldoshi – Fobos va Deymos mavjud.

Marsning tabiiy yo‘ldoshlari:

Tabiiy

yo‘ldosh nomi

Sayyora sirtidan

o‘rtacha

uzoqligi

(ming km.)

Aylanish davri

(kun)

Diametri yoki

o‘lchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim

1

Fobos

9.37

0.32

25X21X19

1877

A.Xoll

2

Deymos

23.52

1.26

15X12X11

1877

A.Xoll

Marsning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

2,06655·108 km; 1,381 a.b.

Afeliy

2,49232·108 km; 1,666 a.b.

Katta yarim o‘q (?)

2,2794382·108 km; 1,523662 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,0933941;

Siderik aylanish davri

686,98 kun; 1,8808476 yil.

Sinodik aylanish davri

779,94 kun;

Orbital tezligi (v)

24,13 km/soniya

Peritsentr argumenti

286,46230°

Yo‘ldoshlari

2

Marsning fizik ko‘rsatkichlari

o‘rtacha radiusi

3389,5 km;

Sirt yuzasi (S)

144 371±391 yoki, 0,283 yer sirti

Hajmi (V)

1,6318·1011 km; 0,151 yer hajmi

Massasi (m)

0,64185·1024 kg; 0,107 yer massasi

o‘rtacha zichligi (?)

3933 kg/m3; yoki 0,714 yer zichligi;

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

3,711 m/soniya2; (0,378 g)

O‘qining og‘ish burchagi

25,1919°

Albedo

0,250 bond; 0,150 geometrik albedo

Ekvatorial aylanish tezligi

868,22 km/soat

Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik

5,03 km/soniya; 0,45 yer

Atmosfera bosimi

0,4-0,87 kPa

Mars atmosferasi tarkibi:

Karbonat angidrid (CO2)

95,32 %

Azot (N2)

2,7 %

Kislorod (O2)

0,13 %

Argon (Ar)

1,6 %

Is gazi (CO)

0,08 %

Is gazi (??)

~0,0017 %

Geliy (He)

~0,0012 %

Neon (Ne)

~0,0007 %

Uglerod-oltingugurt oksidi (OCS)

Qoldiqlari

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 07.07.2018 14:30  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)