Venera
Venera - Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha ikkinchi va Yerga eng yaqin sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bo‘lib, u qadimgi Rim Panteoni Muhabbat ma'budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma'lum. Uning fizik jihatdan yerga o‘xshashligi tufayli, «Yerning singlisi» deb ham ataladi.
Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 108 million kilometr (0,723 a.b.). Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 224.7 kun. Venera Yerga 40 million km gacha yaqinlashib kelishi mumkin, va bu degani Quyosh tizimidagi barcha boshqa sayyorlar ichida Yerga eng yaqin keladigan sayyora bu aynan - Venera hisoblanadi. Sinodik davri 583.92 kunga teng. Veneraning eng yaxshi ko‘rinadigan vaqtlari elongatsiya davrlariga to‘g‘ri keladi. Quyoshdan burchak masofasi 48° dan ortmagani uchun elongatsiya vaqtlaridagi ko‘rinish yoki shom oqqan paytda, yoki, tong otar chog‘ida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham Venerani «Tong yulduzi» deb atashadi. Venera - yerdan ko‘rinadigan osmon jismlari orasida Quyosh va Oydan keyingi eng yorqin osmon jismi hisoblanadi.
Venera diametri Yer diametrining 95% qismiga teng va 12104 km tashkil qiladi. Massasi Yer massasining 81.5% qismi - 4,8685·1024 tonna. O‘rtacha zichligi - 5220 kg/m3. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 8.87 m/soniya2 (Yernikiga nisbatan 90%). Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davrini hisoblash uzoq vaqtgacha imkonsiz bo‘lib, bunga sayyorani o‘rab turgan qalin bulutli qatlam mone'lik qilar edi. Faqat radiolokatsiya usullarini qo‘llash natijasida Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri 243.2 kunga teng ekanligi va u Yer va boshqa sayyorlarga nisbatan teskari tarafga aylanishi ma'lum bo‘ldi. Aylanish o‘qining orbita tekisligiga nisbatan og‘ish burchagi deyarli 90°.
Sayyoraning atmosferasi mavjudligini, uning Quyosh diski bo‘ylab o‘tish jarayonini kuzatgan M. Lomonosov 1761-yilda aniqlagan. XX-asrda olib borilgan spektral tahlil natijalariga ko‘ra Venera atmosferasining 97% qismini CO gazi tashkil qilishi aniqlandi. Shuningdek, Venera atmosferasida 2% miqdorda azot va boshqa inert gazlar, hamda 0.1% miqdorda suv bug‘lari, shuncha miqdorda kislorod mavjudligi aniqlangan. Venera atmosferasidagi CO gazi va suv bug‘lari, issiqxona effekti hodisasini sodir qiladi. Ushbu ikki gaz Veneraning o‘ta qizigan sirti chiqarayotgan infraqizil nurlarni kuchli yutuvchi xususiyatiga ega va shu tufayli sayyora sirtidagi harorat 500°C gacha qiziydi. Sayyora sirtini bizdan to‘sib turuvchi qalin bulutlar qatlami taxminan 49 - 68 km balandlikdagi yengil tuman ko‘rinishida bo‘lib, ochiq koinotdan qaralganda uning ekvatoriga parallel qatlamlar tarzida ko‘rinadi. Ushbu bulutlarning tarkibi suvda erigan oltingugurt kislotasi tomchilaridan iborat deb taxmin qilinadi. Sayyora sirtining yoritilganligi, Yerdagi bulutli, quyoshsiz kunni eslatadi. Sayyoraning bulutlar balandligida 100 metr/soniya tezlikdagi doimiy shamollar esib turadi.
Sayyora sirtidagi atmosfera bosimi 9 MPa bo‘lib, uning zichligi yer atmosferasinikidan 35(!) marotaba katta. Venera atmosferasining yuqori qatlamlari (5500 km balandliklarda) deyarli to‘liq vodoroddan iborat. Radiolokatsiya yordamida Venera sirtida ham xuddi Oy va Merkuriydagi kabi kraterlar mavjudligi va ularning diametri 35 - 150 km gacha ekanligi aniqlandi. Lekin Venera sirti Oy va Merkuriynikidan ko‘ra ancha tekis. Unda 1500 km gacha cho‘zilgan botiqliklar, tog‘ tizimlari, Vulqon va havzalar mavjud.
Venera tabiiy yo‘ldoshlarga ega emas.
Veneraning orbital ko‘rsatkichlari |
|
Perigeliy |
107476259 km; 0,71843270 a.b. |
Afeliy |
1089421090 km; 0,72823128 a.b. |
Katta yarim o‘q (?) |
108208930 km; 0,723332 a.b. |
Orbita ekstsentrisiteti (e) |
0,0068; |
Siderik aylanish davri |
224,698 kun; |
Sinodik aylanish davri |
583,92 kun; |
Orbital tezligi (v) |
35,02 km/soniya |
Peritsentr argumenti |
54,85229° |
Yo‘ldoshlari |
Yo‘q. (aniqlanmagan) |
Veneraning fizik ko‘rsatkichlari |
|
O‘rtacha radiusi |
6051,8 ± 1,0 km; |
Sirt yuzasi (S) |
4,60·108 yoki, 0,902 yer sirti |
Hajmi (V) |
9,38·1011 km; 0,857 yer hajmi |
Massasi (m) |
4,8685·1024kg; 0,815 yer massasi |
o‘rtacha zichligi (?) |
5,24 gr/sm3 |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
6.52 m/soniya2 |
O‘qining og‘ish burchagi |
2,11’ ± 0,1’ |
Albedo |
0.65 |
Ko‘rinadigan yulduz kattaligi |
−4.7 |
Sirtidagi o‘rtacha harorat |
737 K (464 °C) |
Atmosfera bosimi |
9.2 MPa (92 bar) |
Venera atmosferasi tarkibi: |
|
Karbonat angidrid (CO2) |
~96.5% |
Azot (N2) |
~3.5% |
Oltingugurt dioksidlari (SO2) |
~0,015 % |
Argon (Ar) |
~0,007 % |
Suv bug‘lari (H2O) |
~0,002 % |
Is gazi (??) |
~0,0017 % |
Geliy (He) |
~0,0012 % |
Neon (Ne) |
~0,0007 % |
Uglerod-oltingugurt oksidi (OCS) |
Qoldiqlari |
Ftorovodorod (HF) |
Qoldiqlari |
Xlorovodorod (HCl) |
Qoldiqlari |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|