Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Butun olam tortishish qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 39
Juda yomon!A'lo! 

Butun olam tortishish qonuni

Jismalrning yerga tushishiga sabab yer sharining tortish kuchi ekanligi haqidagi fikr yangilik bolmagan: buni qadimgilar ham, masalan Platon bilgan. Lekin bu tortishishning kuchini qanday olchash kerak? Yer sharining hamma joyida u kuch bir xilmi? - ushbu savollar, Butun olam tortishish qonuni muallifi Nyutongacha bolgan olim va faylasuflarni birdek ajablantirib, oylantirib va shubhaga solib kelgan.

Kepler ozining uchinchi qonunini ochganida shunday ahvolga tushdiki, u ozining togri fikrlayotganidan shubhalanib qoldi. 1619 yilda Kepler elon qilgan ozining mashhur Olam tuzilishi garmoniyasi asarida mazkur savollarga javobni qisman bergan va muhim qonunni ochishga juda yaqin kelgan edi. Lekin u ozi qilgan mulohazalardan toliq ratsional xulosa chiqara olmadi. Bundan tashqari Kepler sayyoralar harakatini qandaydir ozaro tortishish kuchlariga bogladi, va kvadrat prportsiyalar (yani, tasir, masofalar kvadratiga teskari proportsonalligi) qonunini qabul qilishga ham tayyor edi. Lekin u kop otmay, bu qonundan voz kechdi va uning orniga tortishish kuchi sayyoralar orasidagi masofa kvadratiga emas, balki masofaning oziga teskari proportsional degan xulosaga keldi. Keplerga sayyorlar harakitining mexanik asoslariga taaluqli, ozi ochgan qonuniyatlarni ilmiy asoslash nasib etmadi.

Nyutonning bu boradagi bevosita otmishdoshi uning hamyurtlari Jilbert va aynidsa Guk bolishgan. 1660 yilda Jilbert Magnit haqida nomli kitobini nashr ettirdi. Unda Jilbert magnitning xossalarini Oy va Yer ortasidagi tortishish hodisalariga oxshatishlar bilan ifodalaydi. Jilbertning vafotidan song chop etilgan boshqa bir asarida Oy va Yer bir biriga huddi ikkita magnit singari tasir otkazishini hamda bu tasir ularning massalariga proportsional ekanligini qayd etadi. Lekin, ilmiy haqiqatga hammadan ham yaqin kelgan Nyutonning zamondoshi va ilmiy faoliyatdagi raqibi Robert Guk boldi. 1666 yilning 21 martida, yani, Nyuton birinchi marta osmon mexanikasi sirlariga chuqur shongishidan bir oz avval, Robert Guk ozining Qulayotgan jism o'g'liirlik kuchining yer markaziga nisbatan masofaga bogliq holda ozgarishi haqidagi oz tadqiqotlari haqida Londondagi qirollik jamiyati yigilishida maruza qildi. Ozining dastlabki tadqiqotlari natijalarining qoniqarsiz ekanligini anglagan holda Guk, o'g'irlik kuchini mayatnik tebranishi vositasida aniqlashga qaror qildi. Bu goya yuqori darajadagi zakovat bilan qilingan zehnli fikr mahsuli bolib, ilmiy samarasi ham shu miqiyosda edi. Ikki oydan song Guk osha majlisadagi boshqa bir nutqida, sayyoralarning oz orbitasida ushlab turuvchi kuch, mayatnikning aylanma haraktini keltrib chiqaruvchi kuchga oxshash bolishi kerakligi haqida fikr bildiradi. Ancha keyinroq, Nyuton ozining buyuk ilmiy ishini nashrga tayyorlayotgan vaqtida Guk undan mustaqil ravishda Sayyorlar harakatini boshqarib turuvchi kuch, masofaga qandaydir bogliq holda olchanishi kerakligi haqidagi fikrga keladi hamda, Butun olam harakat qonunining yaxlit manzarasini tasvirlab beradi. Lekin shu yerda istedod va daho ortasidagi farq kozga tashlanadi. Gukning xulosalari kurtak ochgan holicha qolib ketdi va unga oz goya va gipotezalari bilan oxirigacha ishlash nasib etmadi. Buyuk ochilish muallifligi Nyutonga nasib qildi.

Isaak NyutonIsaak Nyuton (1642 1726) Lnnkolnshir grafligidagi Vulstorp qishlogida tavallud topdi. Uning otasi Nyuton tugilgunicha vafot etib ketgan edi. Erining vafotidan qattiq ruhiy zarbaga uchragan onasi, iztiroblar girdobida erta tolgoq tutgani va Nyutonni oyi yetmasdan dunyoga keltirgani haqida manbalarda qayd etilgan. Muddatidan ertaroq tugilgan Nyuton chaqaloqligida nihoyatda jismonan kichkina va zaif bolgan ekan. Shunga qaramay, Nyuton mustaxkam salomatlik bilan, uzoq umr kordi va faqat bazi bazidagi qisqa muddatli hastaliklar bilan hayot kechirdi. Iqtisodiy holatiga kora Nyutonlar oilasi orta sinf vakillaridan bolib, fermrlik bilan shugullanishgan. Isaak osmirlik yoshiga yetganda uni boshlangich maktabga oqishga berishadi. 12 yoshga yetganda Nyuton Gantemedagi umumiy maktabga qatnay boshladi. U oqish vaqtida 6 yil mahalliy dorixonachi Klark honadonida yashadi va aynan osha yerda Nyutondagi kimyo ilmlariga bolgan ragbat paydo boldi. 1660 yil 5-iyunda, Nyuton hali 18 yoshga ham tolmagan chogida Trinti kollejiga oqishga qabul qilindi. Kembridj universiteti osha vaqtlardayoq Yevropadagi eng nufuzli ilm maskanlaridan biri bolib, bu yerda filologiya va matematika fanlari oqitilishi bir xilda, yuksak ravishda ravnaq topgan edi. Nyuton asosiy etiborni matematikaga qaratdi. Lekin u bir vaqtning ozida, 1665 yilda Nafis sanat (tilshunoslikka oid fanlar) boyicha bakalavr darajasi diplomini qolga kiritdi.

Uning birinchi ilmiy tadqiqotlari yoruglikni tadqiq qilish bilan bogliq. Olim, prizma yordamida oq rangni uni tashkil qiluvchi ranglar dastasiga sochib korsatish mumkinligini isbotladi. Yupqa plyonkalarda yoruglikning sinishi hodisasini kuzatib, Nyuton halqasi nomi bilan ataluvchi difraktsion manzarani kuzatdi.

1666 yilda Kembridjda qandaydir epidemiya tarqaldi. Osha vaqtlardagi tushunchaga kora bu epidemiyani olat deb oylashdi, ijtimoiy parokandalik yuzaga kelib, odamlar orasida vahima tarqaldi va Nyuton ozining tugilib osgan qishlogi Vulstropga vaqtincha qaytib ketishga majbur boldi. U qishloq sharoitida, hech qanday adabiyot va asbob uskunalarga ega bolmagan holatda, deyarli tarki dunyochilik sharoitida hayot kechirdi. 24 yoshli Nyuton bu vaqtda butunlay falsafiy va mantiqiy tafkkur ummoniga garq boldi. Kop vaqtini olam sir asrorlari, koinot, zamin, vaqt, ruhiyat haqidagi falsafiy mushohadalar bilan otkazdi. Ushbu tafakkur va mulohazalarning eng yirik mahsuli uning eng katta kashfiyoti Butun olam tortishish qonunining ochilishi boldi.

Yoz kuni edi. Nyuton bogda, ochiq havoda otirib fikrlashni yaxshi korardi. Hamamizga maktab fizika kursidan malum va mashhur voqea yetilib pishgan olma mevasining bandidan uzilib, Isaak Nyutonning boshiga tushishi aynan oshanda sodir bolgan. Mazkur goyaga qanot bergan olma daraxti uzoq yillar Nyutonlar oilasining faxr iftixor ramzi sifatida avloddan avlodga otib, qadriyat sifatida saqlanib kelgan. Vaqti soati yetib, qurib qolgacha, kesib olinib, uning yogochidan kursi korinishidagi tarixiy yodgorlik yasalgan.

Nyuton anchadan buyon jismlarning yerga tushishi jaroynining qonuniyatlari haqida mulohaza yuritib kelardi, boshiga tushgan olma esa uni bu mulohaz ustida yanada chuqurroq tafakkur qilishga undagan. U mazkur hodisa tufayli, oz oldiga endi yangi savol qoydi: jismlar yerga tushishi yer sharining barcha joyida bir xilmi? Yani, jism baland tolarda ham xuddi chuqur shaxtalardagi kabi tezlik bilan yerga qulaydi deb tasdiqlash mumkinmi?

Lekin, olmaning tushishi orqali ragbat topgan bu fundamental qonuniyatni Nyuton qanday yol bilan ochgan ekan?

Nytonning ancha yil keyin yozgan fikrlaridan birida, tortishish qonunini matematik ifodalovchi formulani u Keplerning mashhur qonunlaridan keltirib chiqargan ekan. Xuddi shuningdek, bu borada Nyutonning ilmiy tadqiqotlarining samaradorligini, Optika sohasida uning shahsan ozi olib brogan yoruglik kuchi, yoki, yoritilganlik darajasi yonalishlaridagi tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etgan. Yoruglik kuchi, yoki, yoritilganlik darajasini ifodalovchi fizik qonunning matematik formulasi, tortishish qonuni formulasiga juda oxshash. Oddiy geometrik tushunchalar hamda togridan togri tajriba shuni korsatmoqdaki, masalan, sham yorugligiga tutilgan qogoz parchasini, masofaning ikkilanganiga uzoqlashtirsak, qogoz parchasining yuzasining yoritilganlik darajasi ikki marotaba emas, balki tort marotabaga kamayadi, agar uch marta uzoqlashtirsak, yoritilganlik toqqiz karra kamayadi va shu tartibda kamayish davom etadi. Bu Nyuton zamonida kvadrat proportsiya deb nomlangan qonun bolib, soddaroq aytganda, yoruglik kuchi masofa kvadratiga teskari proportsional ekanligini ifodalaydi. Nyuton bu qonuniyatni hali gipoteza holatida bolgan butun olam tortishish nazariyasi uchun qollab koradi. U, Oyning yerga tortishishi, tabiiy yoldoshning yer atrofida aylanishiga sabab bolsa, demak sayyoralarning ham Quyosh atrofidagi harakatiga shunga oxshash kuch sabab bolishi lozim degan gipotezaga keldi. Lekin u shunchaki gipotezalar bilan cheklanib qolmasdan, ularning matematik ifodalarini, fizik qonuniyatlarini hisob kitob qilishga kirishdi. Hisoblashlar mashhur Butun olam tortishish qonuni holatiga kelgunicha, on yillar kerak boldi. Shuni takidlash joziki, mazkur hisob kitoblarda Nyutonning, oz davri uchun ham yangilik bolgan, hozirda differntsial va integral hisob nomi bilan ataluvchi qudratli matematik usuli bolmaganda, mazkur muhim fizik qonunni mukammalashtira olmagan va balki uning uchun gipoteza shaklida qolib ketgan bolardi. Adolat yuzasidan, Robert Gukning ham hizmatlarini etirof etish joiz. Yani, sinchkov Guk, Nyutonning ilmiy xulosalari bilan tanishib, unga, tushayotgan jism shunchaki sharqqa tomon emas, balki, janubiy sharqqa o'g'liishi kerakligini tushuntirdi. Amaliy tajriba Guk mulohazasini tasdiqladi. Guk Nyutonning boshqa bir xatosiga ham tuzatish kiritdi: Nyuton, tushayotgan jismning harakat traektoriyasi, yerning oz oqi atrofidagi aylanma harakatining tasirida vintsimon burama chiziq chizadi deb oylardi. Guk esa, vintsimon burama chiziq faqat havoning qarshiligini etiborga olgandagina hosil bolishini, boshliqda esa, elliptik, yani, agar mazkur tushishni biz yerdan tashqaridan turib kuzatishimiz mumkin bolgandagi haqiqiy harakat yonalishida bolishi joizligini aytdi.

Gukning tavsiyalarini tekshirib vhiqib, Nyuton, yetarli tezlik bilan tashlanga jismlar bir vaqtning ozida yerning tortish kuchining tasirida, haqiqatan ham elliptik traektoriya hosil qilar ekan. Bu mulohaza ustida bosh qotirib, Nyuton, mashhur teoremano kashf etdi: yerning tortish kuchiga oxshash kuch tasiri ostidagi jism doimo qandaydir konus kesimlardan birini (ellips, giperbola, parabola, xususiy holatlarda esa aylana va togri chiziq) chizadi. Bundan tashqari Nyuton harakatdagi jismga tasir qiluvchi tortishish kuchlari markazi, yani, barcha tortishuvchi kuchlarning toplanish joyi qaralayotgan egri chiziqning fokusida joyalshishini aniqladi. Yani, Quyoshning markazi sayyoralar orbitalari chizayotgan egri chiziq - ellipslarning umumiy fokusida joylashadi.

Bunday natijalar erishib, Nyuton, ozini Keplerning sayyoralarning orbitasi fazoda ellips chizishishini, ushbu ellips fokusida esa Quyoshning markazi turishini uqtiruvchi qonunlardan birini nazariy jihatdan qayta keltirib chiqarganini fahmladi. Lekin nazariyot va kuzatuvning bunday mos kelishining ozi Nyutonni qanoatlantirnadi. U, mazkur nazatiya boyicha, sayyorlar orbitasining elementlarini hisoblash mumkinmi, yani, sayyoralar harakatining barcha tafsilotlarini aniqlash imkoni boladimi yoqmi, amin boloqchi edi. Dastlabki paytlarda unga omad kelmay turdi.

Bu haqda Jon Konduitt shunday yozadi: 1666 yilda u onasini korib kelish uchun yana Kembridjdan Linkolnshirga ketdiosha vaqtda u yana osha bogda tafakkur qilib otirar ekan, fikriga olmaning yerga qulashga majbur qiluvchi kuch yerdan qandaydir masofa bilan chegaralanmagan, balki, oylanganidan kora ancha olis masofalarda ham tasir kuchini saqlab qolishi haqidagi goya kelib qolidi. Numa uchun bu (olmani yerga tushishga majbur qiluvchi) kuchning tasiri, masalan Oygacha yetib bormasligi kerak ekan? deb oz oziga savol berdi Nyuton. Agar shunday bolsa, u oyning harakatiga tasir korsatishi, va uni oz orbitasida tutib turishi kerak bolgan kuch aynan shu bolishi kerak. Mazkur fikr yuzasidan u, bunday tasirning qanday qaiymatga ega ekanligini hisoblashga kirishdi. U oz hisoblashlari uchun zarur bolgan, yer olchamlari haqida aniq tasavvur beruvchi adabiyotlarga ega emasdi. Shu tufayli, afkor omma orasida keng tarqalgan, yer sirtining bir gradus kengligida 60 mil mavjud deb qaraladigan, Norvudning yer olchashlarigacha bolgan qiymatlar asosida ish kordi. Hisob natijalari nazariy qarashlarga muofiq kelmadi va o'g'irlik kuchidan tashqari Oyga tasir qiluvch yana qandaydir uyurmali kuch mavjud degan tahmin bilan qanoatlanishga majbur boldi...

Elliptik harakat qonunlarini organib chiqish Nyutonning tadqiqotlarini bir muncha ilgarilashiga omil bolib hizmat qildi. Lekin baribir Nyuton nazariyotda nazardan chetda qolgan biror bir omil yoki xatolik manbai borligini doimiy tahmin qilib yurardi. Hisob-kitoblar kuzatish natijalari bilan muofiqlashtirilmagunicha Nyutonda ichki shubha saqlanib qolaverdi. Faqat 1682 yilga kelib, Nyuton farang olimi Pikar tomonidan qayd etilgan, Yer meridiani uzunligining aniqroq darajadagi qiymatlaridan foydalanishga muvaffaq boldi. Meridian uzunligini bilgan holda olim, Yer sharining diametrini hisoblab topdi va ozining hisoblashlarida yangi natijalarga erishdi. Olim ozining avvalgi barcha ilmiy qarashlari aniq tasdiqlanganidan boshi osmonga yetgan edi. Olmani yerga tushishga majbur qilgan kuch, Oyning harakatini boshqaruvchi kuch bilan teppa teng edi.

Bu natija Nyuton uchun uning kop yillik chuqur ilmiy farazlari hamda, hisob kitoblarining samarasi olaroq buyuk fundamental fizik qonuniyatning ochilishi bilan tantana qildi. Olimning hisob kitoblari aniq bolib chiqdi. Farazlari tasdiqlandi. Vanihoyat endi u Butun olam tuzilishi haqidagi ilmiy mulohazalarining haqiqat ekanligiga qatiyat bilan ishonch hosil qildi. Oy va sayyoralarning, hattoki, koinotda darbadar kezuvchi deb hisoblanadigan kometalarning ham harakat qonunlari uning uchun toliq tushunarli boldi. Quyosh tizimidagi barcha osmon jismlarining, balki Quyoshning ozini ham va hattoki yulduzlar va yulduzlar tizimlarining ham harakati ilmiy tahlil va bashorat qilish imkoniyati paydo boldi.

1683 yilning oxirida Nyuton Qirollik jamiyatiga ozining Butun olam harakat qonunlari haqidagi talimotini, sayyoralar harakatiga oid qator teoremalar korinishida bayon qildi.

Goya shunchalik dohiyona ediki, u oraqli keladigan mashhurlik va obro etiborni baham korish maqsadidagilar, uni ozlashtirib olishga urinuvchi yoki, hasad qiluvchilar umuman topilmadi. Chunki, bu talimotning mohiyatini anglovchilarning ozi nihoyatda sanoqli edi. Shubhasizki, Nyutondan avval ham bir necha ingliz olimlari mazkur muammoning yechimiga yaqin kelishgan edi. Lekin, savolning qiyinligini anglash, uni yechishni ham bilsih degani emas. Bazilarining xulosalari bilan tanishamiz:

Mashhur memor Kristofer Ren, sayyorlarning harakatlanishini, ularning Quyoshga intilishi (yoki unga qulashi) jarayoni bilan izohlab, buni, dastlabki qandaydir harakatning natijasi deb baholaydi. Astronom Galley esa, Kepler qonunlaridagi kuch masofaning kvadratiga teskari peoportsional deb qaraydi, lekin bu narsani isbotlay olmagan. Guk esa Qirollik jamiyati azolarini Asoslarda keltirilgan barcha goyalar ularga yuz martalab taklif etilganligini, va ularning ertaroq etirof etilmaganligini katta xato ekanligiga ishontiradi. Gyuygens esa, zarralarning va umuman jismlarning ozaro tortishishi goyasini butunlay va qatiy ravishda inkor qildi va u, faqat jismlarning tashkil qiluvchi zarrachalargina ozaro tortishishi mumkin deb takidladi. Leybnits esa sayyorlarni togri chiziqli harakatdan ogdirib, aylana yonalishida harakatga keltiruvchi kuch faqat koinotni toldirgan qandaydir efirsimon uyurmali suyuqlikning tasiri bolishi mumkin deb oylardi. Bernulli va Kassini ham mazkur fikrga qatiy ravishda qoshilishardi.

Lekin asta sekinlik bilan barcha shovqin tindi. Buyuk kshfiyot barcha ilmiy doiralarda amaliy tasdiqlandi. Olimning fan oldidagi hizmatlari etirof etildi. Nyuton Butun olam harakat sirlarini ochgan buyuk daho sifatida insoniyat tarixida ochmaz iz qoldirdi

Yangilаndi: 26.07.2013 09:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #5 Sayyoralar o'zi nimaning tarkibiga kiradi?Akmal 2017-10-08 13:50
Mening fikrimcha sayoralarni shunday narsaga qiyosladimki, u xudi osmondagi sayyoralarga,ul arning joylashuviga va harakatiga ham o'xshaydi.Bu tug'ri yoki notug'riligini bilmayman.Men osmondgi sayyoralarni oddiy kimyoviy elementlarga qiyosladim.Ular ning tuzulishiga bir qarasak xuddi osmondagi sayyoralarga o'xshaydi.Masal an bitta elementda yadro va elektroari bo'ladi.Quyosh yadro deb aytsak atrofidagi sayyoralar esa elektronlari.Ya dro atrofida elektronlar aylansa,quyosh atrofida sayyoralar aylanadi.Demak osmondagi sayyoralar qandaydir elementning yoki biror narsaning tarkibi ekanligini bilsak bo'ladi.Shunga uxshash qilib mayda zarralarda ham hayot mavjutligini,bi zlarga o'xshash mavjudotlar bo'lsachi?degan fikrga kelemiz.Men shuni anniq fakt ekanligiga ishonch hosil qilmoqchiman va albatta buni isbotlash kerakligini aytmoqchiman.Il timos yuqoridagi fikrimga o'z fikringizni yozing!
Iqtibos
 
 
+2 #4 fikr va goyaShodiyor 2015-02-16 18:18
ggggggggggggggg ggggggggggggggg g
Iqtibos
 
 
+6 #3 Butun olam tortishish qonuniburberry outlet 2014-10-17 06:50
Iqtibos
 
 
+1 #2 Javob: Butun olam tortishish qonunimr_cardio 2014-03-24 14:45
Fazoviy qattiq jismning aylanish davri orqali uning zichligi qanday topiladi?
Help me!!!!!!!!!!
Iqtibos
 
 
+1 #1 n yutonjahongir 2014-02-06 15:23
vaxxxaaaaaaaaaa aa
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bogliq bolmasa, u matematika,

agar bogliq bolsa u buxgalteriya...



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)