Merkuriy
Merkuriy - Quyoshga eng yaqin joylashgan sayyora. Uni qadimgi rimliklar savdo ma'budi - Merkuriy nomi bilan atashgan. Bu sayyora insoniyatga qadimdan ma'lum. Olchamlari boyicha katta sayyoralari ichidagi eng kichik sayyora hisoblanadi.
Merkuriy va Quyosh orasidagi masofa - 58 million kilometrni tashkil qiladi. Quyosh atrofida bu sayyora 88 kunda toliq aylanib chiqadi. Merkuriyni fazoda 28 gacha yetuvchi nisbatan katta elongatsiyalar vaqtida kuzatish mumkin. Quyoshga ota yaqinligi, hamda, juda kichik olchamlari tufayli, Merkuriy uzoq vaqtgacha kam organilgan sayyora bolib qolavergan. Faqat 1965 yilga kelib, radiolokatsiya usullarini qollash natijasida Merkuriyning oz oqi atrofida aylanish davri hisoblab topildi. U 58.65 kun, ya'ni sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismiga teng ekan. Bu degani, Merkuriydagi kunduz davomiyligi - Quyosh sutkasi 176 kun davom etishini anglatadi. Merkuriyning aylanish burchagi uning orbita tekisligiga nisbatan deyarli perpendikulyar. Merkuriyning akslantirish xususiyati - albedo[1] juda kichik bolib, taxminan 0.07 ni tashkil qiladi. Quyoshning zenitdagi vaqtida sayyora sirtining harorati 620 K gacha, tungi qutblarining harorati esa 110 K atrofida boladi. Merkuriy sayyorasining korinadigan yulduz kattaligi 1,9 dan 5,5 gacha qiymatlarda ozgarib turadi
Merkuriy sirtining issiqlik xususiyatlari oy regolitinikiga oxshash. Umuman olganda Merkuriy tashqi korinishi jihatidan oyga juda oxshab ketadi. Ota siyrak bolgan sayyora atmosferasi tashqi meteorit bombardimonlariga deyarli qarshilik qilmaydi. Shu tufayli sayyora yuzasi kraterlar bilan tola. Ulardan eng kattasi - Kaloris krateri bolib, uning diametri 1300 km. ba'zi kraterlardagi qora lavalarning mavjudligi, sayyora oz tarixining ilk davrlarida kuchli, intensiv ichki vulqonlar girdobida bolganligidan dalolat beradi.
Merkuriy atmosferasi ota siyrak. Uning zichligi Yer atmosferasining 620 km balandlikdagi zichligidan ham kichik. Merkuriy atmosfera tarkibida vodorod, geliy, hamda kislorodning, shuningdek inert gazlar, xususan, neon va argonning kichik miqdorlari aniqlangan. Bunday gazlar, sayyora gurunti tarkibidagi radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqqan bolishi mumkin. Merkuriyda kuchsiz magnit maydoni mavjudligi aniqlangan. Merkuriy magnit maydonining kuchlanganligi qiymati Yernikiga nisbatan kichik bolsa, ammo Marsnikidan katta.
Sayyoraning ortacha zichligi Oynikiga nisbatan ancha katta - 5.427 g/sm3 , ya'ni, yerning zichligiga deyarli teng. Merkuriy 500 - 600 kilometrdan iborat kuchli silikat qobiqqa va 50% miqdordagi temir yadroga ega ekanligi haqida gipoteza mavjud. Sayyoraning tabiiy yoldoshlari yoq. Merkuriy nisbatan kam organilgan sayyoradir, faqat 2009 yilga kelibgina sayyora sirtining taxminiy xaritasi tuzildi. Bu jarayonda asosan Mariner-10 hamda, Messenjer kosmik apparatlari orqali olingan tasvirlardan foydalanildi.
Merkuriyning paydo bolishi haqida bir necha farazlar mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani, Merkuriyning bir paytlar Veneraning tabiiy yoldoshi bolganligi, biroq, ma'lum sabablarga kora undan qochib ketganligidir. Bu farazni Merkuriy orbitasining katta ekstsentrisiteti bilan izohlaydilar.
Merkuriy haqida ilk ma'lumotlar qadimgi Bobilliklarga tegishli Mul apin astrologik jadvallarida uchraydi. Bu jadvallarni Ossuriyalik munajjimlar ishlab chiqishgan bolib, ularda Merkuriy Sakrovchi sayyora deb nomlangan. Qadimgi Yunonistonda esa, Merkuriyni Stilbon va Germaon deb atashgan. Germaon - ma'bud Germesning ismining ozgartirilgan shakli bolib, keyingi davr yunon qolyozmalarida bu sayyora Apollon nomi bilan ham atalgan. Xitoyliklar esa merkuriyni Chen-Sin - Tong yulduzi deb atashgan. Qadimgi Xitoy munajjimlarining birning qolyozmasida Merkuriyning sinodik aylanish davri 115,91 kun deb qayd qilingan. Qadimgi hindlarda esa, mazkur sayyora ma'bud Budxa nomi bilan atalgan. Maya hindulari esa Merkuriyni 4 ta boyqush timsolida tasvirlashgan.
Eramizning V asriga taalluqli hind astronomik jadvali Surya-sidxattada Merkuriyning Quyoshdan uzoqligi masofasi hayratlanarli darajadagi aniqlikda ifodalangan: 2420 km. Hozirgi zamon olchamlariga kora esa, bu masofa 2439,7. Farq atiga 1% dan ham kam.
Orta asrlarda esa arab munajjimlari Merkuriyning Quyosh atrofidagi harakati jadvalini tuzib chiqishdi. Dastavval Andalusiyalik Az-Zarkaliy Merkuriyning geotsentrik orbitasining deferantini hisoblab chiqib, uning ovalsimon ekanligini aniqladi. XII asrda esa Ibn Badja Merkuriyning Quyosh diskidan otishi jarayonini kuzatdi. Ibn ash-Shatir esa, Merkuriyning Quyosh atrofida aylanishi taxminiy modelini tasvirladi.
Orta asrlar Yevropasida merkuriyni kuzatish unchalik muvaffaqiyatli bolmagan. Xususan Nikolay Kopernik, Merkuriyni biror marta ham ozi kuzata olmagani, asarlarida esa boshqa astronomlarning xulosalariga tayanganligini taassuf bilan qayd qiladi. Bunga sabab esa Kopernik yashagan Boltiqboyi hududining kopincha bulutli bolishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari Merkuriy Yevropa kengliklarida sahardagi yoki shomdagi shafaq vaqtida qisqa muddat korinadi xolos. Merkuriyni kuzatishning eng qulay vaqtlari uning elongatsiya davrlaridir.
Teleskop kashf etilgach, u orqali birinchi bolib, albatta uning kashfiyotchisi - Galileo Galiley Merkuriyni kuzatdi. 1631-yilda Pyer Gassendi Merkuriyning Quyosh diskidan otishi jarayonini dastlabki teleskopik kuzatuvlarini qayd qildi. Bungacha esa Iogann Kepler Merkuriyning Quyosh diski boylab otishi vaqtini aniq hisoblab chiqarib bergan edi. 1639 yilda Jovanni Zulli, Merkuriyning orbital fazalarini Oy va Veneraniki bilan oxshash ekanligini aniqladi.
Merkuriyning orbital korsatkichlari |
|
Perigeliy |
46 001 210 km; 0,30749909 a.b. |
Afeliy |
69 816 900 km; 0,46669733 a.b. |
Katta yarim oq (?) |
57 909 068 km; 0,38709893 a.b. |
Orbita ekstsentrisiteti (e) |
0,20563069; |
Siderik aylanish davri |
87,969 kun; |
Sinodik aylanish davri |
115,88 kun; |
Orbital tezligi (v) |
47,87 km/soniya |
Ortacha anomaliya (M0) |
174,795884 |
Peritsentr argumenti |
29,124279 |
Yoldoshlari |
Yoq. (aniqlanmagan) |
Merkuriyning fizik korsatkichlari |
|
Ekvatorial radiusi |
2439,7 km; |
Sirt yuzasi (S) |
7,48107 yoki, 0,147 yer sirti |
Hajmi (V) |
6,0831010 km; 0,056 yer hajmi |
Massasi (m) |
3,331023kg; 0,05527 yer massasi |
Ortacha zichligi (?) |
5,427 gr/sm3 |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
3,7 m/soniya2 |
Oqining ogish burchagi |
2,11 0,1 |
Albedo |
0,142 (Bond); 0,068 (geometrik) |
Korinadigan yulduz kattaligi |
?2,6m dan +5,7m gacha |
[1] Albedo - Osmon jismlarining (masalan, sayyorlar, tabiiy yo'ldoshlar, meteorlar va ho kazo) tasharidan kelayotgan yorug'likni qaytarish xususiyatini ifodalovchi fizik kattalik.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
Merkuriyning orbital korsatkichlari |
|
46 001 210 km; 0,30749909 a.b. |
|
69 816 900 km; 0,46669733 a.b. |
|
Katta yarim oq (α) |
57 909 068 km; 0,38709893 a.b. |
0,20563069; |
|
87,969 kun; |
|
115,88 kun; |
|
Orbital tezligi (v) |
47,87 km/soniya |
Ortacha anomaliya (M0) |
174,795884 |
Peritsentr argumenti |
29,124279 |
Yoldoshlari |
Yoq. (aniqlanmagan) |
Merkuriyning fizik korsatkichlari |
|
Ekvatorial radiusi |
2439,7 km; |
Sirt yuzasi (S) |
7,48107 yoki, 0,147 yer sirti |
Hajmi (V) |
6,0831010 km³; 0,056 yer hajmi |
Massasi (m) |
3,331023kg; 0,05527 yer massasi |
Ortacha zichligi (ρ) |
5,427 gr/sm3 |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
3,7 m/soniya2 |
Oqining ogish burchagi |
2,11′ ± 0,1′ |
0,142 (Bond); 0,068 (geometrik) |
|
−2,6m dan +5,7m gacha |
< avvаlgi | kеyingi > |
---|