Bobil mili, Rim mili
olchov birliklarining aniq tasdiqlar orqali ma'lum bolgan eng qadimgilari qadimgi Bobilga tegishli. Bobilliklar ham ularni oz ajdodlari - Shumerlardan meros qilib olishgan bolishsa kerak. Lekin, aynan Shumerga tegishli arxeologik topilmalar juda kam.
Qadimgi Bobilda uzoq masofalarni mil olchov birligida ifodlashgan. Bir mil 30 qoshqadam (ya'ni ham ong ham chap oyoqda bosilgan ikkala qadam) masofasida olchangan. Shu sababga kora bir Bobil mili tahminan 11650~11660 metrga teng bolgan. Korib turibmizki bu bizning kilometrlarimiz yoki inglizcha quruqlik milidan kora ancha katta masofa. Bu holatda mil sozi shartli ravishda qollaniladi. Sababi hozirda hech qaysi tarixiy manbada qadimgi Bobildagi bu olchov birligi aslida qanday atalganiligini aniq korsata olmaydi. Bu sohaga oid yechimini kutayotgan va balki hech qachon yechilmaydigan lingvistik muammolardan biri hisoblanadi. Bizgacha faqat bir necha bobil qolyozmalaridagi ushbu birliklarga mos keluvchi ierogliflargina saqlanib qolgan holos.
Rim birliklari borasida esa, Lotin yozuvi va tilining ilmiy tasarrufda hozirgacha saqlanib kelayotganligi munosabati bilan, tarixchilar ishonch bilan tadqiqotlar olib borishlari mumkin. Masalan, Rim mili nomlanishining etimlogiyasi unga tegishli miqdoriy son qiymati - 1000 bilan bogliq. Rimliklar tola qurollangan Rim legionerining 1000 ta qoshqadami masofasini «Mile passus» deb atashgan. Uning uzunligi 1481 metr bolgan deb hisoblanadi. Rim jangchisining qoshqadami demak 148.1 santimetr bolgan.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|