Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Quyosh atmosferasi.

Quyosh atmosferasi.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh atmosferasi.

 

Quyosh atmosferasi (quyoshning ko’rinadigan qatlamlari) – bir necha ustma ust qatlamdan iborat. Ulardan eng ichkaridagisi va eng qisqa qalinlikdagisi – Fotosfera bo’lib, u quyosh atmosferasining ko’rinish spektridagi yagona qatlamidir. Fotosfera qatlami yuqori va quyi chegarasi masofasi 300 kilometr bo’lib, takrorlanuvchi rangdor quyosh dog’laridan iborat bo’lib ko’rinadi. Bu dog’larning paydo bo’lishini, Quyoshning ichki qatlamlarida sodir bo’ladigan konveksiya hodisasi bilan bog’lanadi.

Fotosferadan keying qatlam – Xromosfera deb nomlanadi. Xromosferani Quyoshning to’liq tutilishlari vaqtida to’q rangli xalqani o’rab turgan och pushti rangda kuzatish mumkin. Fotosferadan farqli ravishda, Xromosfera bir jinsli bo’lmagan tarkibi bilan diqqatni jalb etadi.  Tarkibning bir jinsli emasligining ikki hil ko’rinishi mavjud: Yorqin va Qoramtir. Bularning har ikkalasi ham, yaqqol ajralib ko’rinadigan rangdor dog’lar shaklida ko’rinadi. Bu dog’larning o’lchamlari Fotosfera dog’laridan bir necha barobar katta. Xromosfera xalqasining chetki qismlarida o’ta yuqori zichlikda otilib chiqayotgan gazlarning yonishidan hosil bo’luvchi olov tillari – Xromosfera spikulalarini kuztish mumkin.

Quyosh atmosferasining eng chetki va eng siyrak qatlami – Quyosh toji hisoblanadi. Uni Quyoshning to’liq tutilishi vaqtida, yoki, maxsus asbob – Koronograf bilan kuzatish imkoniyati mavjud.  Quyosh tojida harorat million darajagacha yetadi va uning tashqi chetlari Quyoshning o’z radiusidan bir necha o’n barobar uzoqlikkacha yetishi mumkin.

 

Yangilаndi: 22.07.2013 04:37  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #2 Javob: Quyosh atmosferasi.Muhandis 2014-11-17 02:52
iqtibos olish Boburbek:
maqola yaxshi yozilgan, lekin man ingliz tilidagi malumotni kuraganimda fotosferani chegarasi 300 emas, 400km deb yozilgan

Bunday ma'lumotlarda har hillik bo'lishi tabiiy. chunki, odatda bunday o'lchovlar bilvosita olinadi va uning natijalari, o'lchash usuli hamda vositasiga chambarchas bog'liq bo'ladi. Qolaversa, hali hech kim Quyosh yaqiniga borib, uning sferalarini o'lchab ko'rolmasa kerak...
Iqtibos
 
 
+1 #1 yaxshiBoburbek 2014-11-15 11:53
maqola yaxshi yozilgan, lekin man ingliz tilidagi malumotni kuraganimda fotosferani chegarasi 300 emas, 400km deb yozilgan
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)