Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Atmosfera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Atmosfera

Atmosfera - yerning gazsimon tashqi qobig‘i bo‘lib, u yer bilan birgalikda bir-butun holatda aylanadi va sayyorani kosmik nurlardan, meteoritlardan, hamda me'yoridan ortiq qizib yoki sovib ketishidan himoyalaydi. Yer atmosferasi aniq ifodalanadigan ustma-ust qatlamlardan iborat. Atmosferani, yer sirtidan balandlik yuqorilagan sari harorat o‘zgarishiga ko‘ra, beshta asosiy sfera va ular orasidagi uchta o‘tish qatlamlariga ajratiladi. Ular quyidagilar:

 

Sfera nomi

Sferaning o‘rtacha balandligi

o‘tish qatlami va

uning balandligi, km

Vertikal bo‘yicha haroratning o‘rtacha taqsimlanishi.

Troposfera[1]

Yer sirtidan tropopauzagacha

Tropopauza:

  • qutblarda 8 - 10;
  • orta kengliklarda

10 - 12;

  • tropiklarda 16 - 18.

Har 1 km balandlikda o‘rtacha 6.5 °C ga pasayadi.

Statosfera[2]

Tropopauzadan 50 - 55 km balandlikkacha

Stratopauza: 50 - 55 km qatlamda

Stratopauzada ?2.5 dan ?12 gacha yetadi.

Mezosfera[3]

Stratopauzadan 80 - 85 km

Mezopauza: 80 - 85 km qatlamda

Har 1 km balandlikda

3 - 4 °C ga pasayadi.

Termosfera[4]

80 - 85 km dan yuqori.

?

Muttasil ortib boradi va

120 km da ?60 °C gacha, 150 km da esa 700°C gacha yetadi

Ekzosfera[5]

800 - 1000 dan baland

?

Balandlik ortishi bilan harorat ortadi.

 

 


  • [1] Troposfera - atmosferaning eng quyi qatlami. Uning yuqori chegarasi - tropopauza yil fasli va geografik kenglikka bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Troposferada yerning havo qobig‘i massasining deyarli 80% qismi hamda, suv bug‘larining 90% qismi jamlangan bo‘lib, unda Yerdagi ob-havoni belgilaydigan jarayonlar yuz beradi.

 

  • [2] Stratosfera - troposfera ustidagi qatlam. Unda butun atmosferaning taxminan 20 % massasi jamlangan. Stratosferaning quyu qismi (20 km balandlikkacha) balandlik ortsa ham haroratning deyarli o‘zgarmasligi bilan qiziq bo‘lib, unda o‘rtacha ≈56.5 °C saqlanadi, keyin esa, har 1 km balandlashda o‘rtacha 1 - 2 °C ga ko‘tarilishni boshlaydi va stratosferaning yuqori qatlamlarida deyarli 0 °C ga yetadi. Stratosferaning yuqori qismida katta konsentratsiyadagi Ozon (O3) qatlami bo‘lib, u Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarining katta qismini yutib qoladi va yerdagi hayotni bu nurlarning salbiy ta'siridan himoya qiladi. Stratosferaning eng yuqori qatlamlarida Yer sharoitidagi eng yuqori shamil tezliklari kuzatiladi (360 km/soatgacha).

 

  • [3] Mezosferaga butun atmosfera massasining 0.3% ko‘p bo‘lmagan qismi to‘g‘ri keladi. Shamol tezligi 20 - 230 km/soat. Bu qatlamdan boshlab atmosferaning eng yuqori qatlamlari boshlanadi. Mezosferada havo juda siyrak, Kosmik nurlar ta'sirida, mezosfera havosi kuchli ionlashgan va elektr tokini o‘ta o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Aynan shi sferada qutb yog‘dusi paydo bo‘ladi.

 

  • [4] Termosferada butun atmosfera massasining 0.05% qismi to‘plangan bo‘lib, unda Quyoshdan keluvchi qisqa to‘lqinli nurlanishlarni yutilish jarayonlari yuz beradi. Shu sababli, 200 - 300 km balandliklarda haroratning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi. Bu sferada harorat gradient o‘rtacha 3 - 8 °C/km bo‘ladi. Nisbatan yuqorida, 800-1000 km balandliklarda harorat taxminan ?1000 K atrofida o‘zgarmas xususiyat saqlab qoladi. Chunki bu qatlamlarda o‘ta siyrak havo qatlami kosmik nurlarni juda ham kam miqdorda yutadi.

 

  • [5] Ekzosfera - Atmosferaning eng yuqori va eng siyrak qatlami. Uning quyi chegarasida protonlar konsentratsiyasi ?1011 m–3 ni tashkil qiladi va zarrachalar to‘qnashuvi juda ham kam sodir bo‘ladi. Bu qatlamdagi havoning asosiy tarkibiy qismlari atom holatidagi kislorod, azot va vodoroddan tashkilo topgan. Bu qatlamdagi ba'zi alohida zarrachalarning (asosan vodorod va geliyning atomlari) tezliklari kosmik tezliklardan ortiq bo‘lib, ular yer tortish kuchini yengib o‘tib, sayyoralararo bo‘shliqqa uchib chiqib ketishi mumkin. Bu jarayon «Dissipatsiya» - Yer atmosferasining tarqalishi deb ataladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 07.07.2018 14:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis