Gidrosfera
Gidrosfera - yerning suv qatlami, bu tushuncha suyuq, bug, va muz holatidagi - yer sharida mavjud bo‘lgan barcha suv miqdorini qamrab oladi.
Suvning gidrosfera bo‘ylab taqsimlanishi
Dunyo okeanida: 96.4 %;
Yerosti suvlari: 1.7 %
Muzliklarda: 1.8 %;
Ko‘llar, daryolar va botqoqliklarda: 0.01%
Dunyo okeani butun sayyora yuzasining 71% ga yaqin qismini egallaydi. U materiklar orqali to‘rtta okeanga ajraladi. Materiklarning okean qirg‘iqlari bo‘ylab, materik sayozligi yoki shelf yastanib yotadi. Uning chuqurligi 200 metrdan oshmaydi. Qirg‘oqdan 200 mil masofadagi shelf, dengizbo‘yi davlatining mulki hisoblanadi.
Okean suvlarida eng ko‘p tarqalgan kimyoviy elementlar.
Okean suvida Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha kimyoviy elementlarni uchratish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, undan faqat Natriy va Xlorni (osh tuzu ko‘rnishida) sanoat miqiyosida ajratib olish va qayta ishlashga yetarli miqdorda deb hisoblash mumkin. Okean suvi tarkibidagi erigan moddalarni olish (masalan oltin 1 km3 okean suvida 4 kg erigan miqdorda bo‘ladi) iqtisodiy jihatdan maqsadga muofiq emas.
Kimyoviy element |
Tarqalishi, km3 da tonna |
Suv |
991000 000 |
Xlor |
19600 000 |
Natriy |
10900 000 |
Magniy |
1400 000 |
Otingugurt |
920 000 |
Kaltsiy |
420 000 |
Kaliy |
390 000 |
Brom |
67 000 |
Uglerod |
29 000 |
Stronsiy |
8 300 |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|