Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar 21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

21-Iyul - Inson qadami oyga yetgan tarixiy sana!

Bugun 21-iyul - Insoniyatning tarixda ilk bora yerdan tashqaridagi osmon jismi - Oyga qadam bosgan kuni. 1969- yilning aynan shu kuni, 20:17:39 (UTC) da AQSHning Apollon-11 fazoviy kemasida astronavtlar Nil Armstrong hamda Edvin Oldrindan iborat ekipaj, oy modulini, tabiiy yo‘ldoshning g‘arbiy qismidagi "Sokinlik dengizi" hududida qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Astronavtlar oy sirtida 21 soat 36 daqiqa df 21 soniya vaqt davomida bo‘lib, u joyga ilmiy tadqiqot asbob uskunalari hamda AQSH bayrog‘ini o‘rnatish ishlarini amalga oshirdilar. Oyga dastlabki qadamni qo‘ygan inson bu - Nil Armstrong edi. Ushbu tarixiy hodisa 21-iyul 02:56:15 UTCda amalga oshdi. 15 daqiqadan so‘ng oy yuzasiga ikkinchi astronavt Edvin Oldin ham qadam bosdi. Ular 21,55 kg oy tuprog‘idan namuna olib fazoviy stantsiyaga qaytish uchun tayyorlana boshladilar. Bu vaqtda fazoviy kemaning uchuvchisi Maykl Kollins ularni oy orbitasida kutib turdi. Mazkur tarixiy voqea insoniyatning ilm fan va texnika borasidagi eng buyuk muvvafaqiyatlaridan biri sifatida tarixning oltin sahifalaridan joy oldi. ta'kidlash joizki, mazkur fazoviy dastur alsilda ilmiy mohiyatdan ko‘ra siyosiy mafkuraviy maqsadlarni ko‘proq ko‘zlagan edi. Chunki, koinotga ilk parvozni amalga oshirga inson - Yuriy Gagarinning va sobiq ittifoqning muvaffaqiyatlari, kosmik tadqiqotlar borasida AQShni o‘ziga xos "poyga"da ortda qoldirayotgan edi. Shu tufayli mazkur dastur, Apollon-11 va oyga qadam g‘oyasi, prezident Kennedi tomonidan "milliy maqsad" sifatida e'tirof etilgan. Astronavtlar yerga qaytgach, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan. Quyida ular oy sirtidan olib kelgan fotosuratlardan naminalarni havola etamiz.

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 17.01.2019 09:24  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #2 ...Muhandis 2013-10-27 01:45
Sahifachi, bu kabi fikrlar doim bo'lgan. bundan keyin ham davom etaveradi. odamzotning oyga qadam qo'ygani ulkan ilmiy yutuq. Eynshteyn aytagnidek - hamma narsa nisbiy. fikrlar ham. kimgadir bu narsani sohta qilib ko'rsatishga urinish naf keltiradi shekilli...
 
 
0 #1 Kimga ishonish kerak?Sahifachi 2013-10-19 01:33
Quyidagi filmda oyga chiqilgani xaqidagi filmning yasama ekanligi ko'rsatiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=Fs5DPABvxk8
Kimga ishonish kerak?.
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)