Bosqich va tirsaklar doimo biz bilan.
Bulutsiz quyoshli kunduzning so’nggi bosqichi kirib, quyosh ufqqa bosh qo’ydi… Siz shoshmasdan qadam tashlab yurganingizda, quyosh botgunicha bosib o’tib oladigan yo’l bir «bosqich» masofaga teng. Aslida mazkur eng sodda va qadimgi masofa o’lchov birligi dunyoning ko’plab qadimiy xalqalrida mavjud bo’lsa-da, etimologik nuqtai nazardan, boshqa tillardan ko’ra, o’zbek tilida bu misol, so’z o’zagidan ham yaqqol namiyon bo’ladi. Bosqich – bosish, bosib o’tish so’zlari bilan aloqadir ekanligini darhol payqash mumkin. Bunday masofani bosib o’tishga tahminan 2 daqiqa vaqt ketadi. Bosqich – bu eng qadimiy o’lchov birliklaridan biridir. Tushunarliki, u doimiy bo’lishi qiyin, yoki, mumkin eham emsa. Chunki qadam va tezlik hamma odamlarda har hil. Uning aniq masofaviy qiymati 185 dan (Rim bosqichi) 195 metrgacha qiymatlarda o’zgarv turgan (masalan, 192 – qadimgi yunon olimpiya bosqich masofasi). Umuman olganda, bosqichlar qadimgi Bobilda, bundan uch ming yillar muqaddam, hozirgi Iroq hududlarida gullab yashnagan podsholikda dunyoga kelishgan. U yerda bosqichni 360 tirsak uzunligidagi masofa sifatida aniqlashgan. Odamlarning o’rtacha tirsak uzunliklari esa tahminan 53-54 sanimetr deb hisobga olsak, qadimgi Bobil bosqichi masofa uzunligi tahminan 190 – 194 merlar orasida bo’lgan.
Tirsak tarixda ko’plab xalqlarda uzunlik o’lchov birligi hisoblangan. Masalan, eramizdan avvalgi V asrda Misrliklarda aynan shu uzunlik o’lchov birligi keng qo’llanilganligi haqida Gerodot o’z Tarix kitobida qayd etgan. Misrda «podsho tirsagi» deb ataluvchi tirsak 52,4 santimetr bo’lgan. Ammo Misrlik oddiy fuqaro kundalik turmushda «qisqa tirsak» deb ataluvchi hozirgi o’lchamlarga o’girilganda 45 santimetr keladigan uzunlik birligidan ko’proq foydalanishgan ekan. bularning barchasi haqida olimlar, Nil daryosining Asvon yaqinidan oqib o’tuvchi qismidagi Elfan-tin oroli yaqinidan topilgan qadimgi Misr me’moriy inshooti orqali aniqlab olishgan. Al-fantin nilomeri deb ataluvchi, asosan Nil daryosi sathini o’lchashga hizmat qilgan bu inshoot, butun yuzasi bo’ylab qadimgi Misr yozuvlari bilan to’ldirib tashlangan va ularda xususan o’lchov birliklari haqida ham tafsilotlar keltirilgan edi. Aynan o’sha inshootdan olingan ma’lumotlar asosida trsakning ham o’z navbatida 7 ta kaft uzunligiga, kaft esa 4 barmoq qalinligiga tenglashtirilganligini aniqlash mumkin bo’ldi. Qadimgi Misrliklarning barmog’I qalinligi esa tahminan 18.71 milimetr bo’lganligini, yuqoridagi ma’lumotlar asosida arifmetik amallar orqali hisoblab toppish qiyin emas.
< avvаlgi |
---|