Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Bronza

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Bronza

 

Milodgacha bo’lgan uchinchi ming yillikdayoq insonlar o’z xo’jalik faoliyatlarida metallardan keng miqiyosda foydalana boshladilar. Toshdan yasalgan mehnat qurollaridan metal asboblarga o’tish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz ahamiyatga ega bo’lgan. Aytish mumkinki, inoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa hech bir ixtiro bu darjdagi ta’sir ko’rsatmagan.

Keng miqiyosda qo’llanila boshlagan birinchi metal – mis bo’lgan. Mis ajratib olish uchun zarur tosh ma’danlarni doimiy izlash jarayonida qadimgi odamlar misning qizg’ish-yashil yoki, yashil-kulrang ranglardagi tabiiy yaxlit namunasiga e’tibor qaratishgan.  Qoyatoshli sohillar bo’ylab ular mis kolchedan va qiliz misli ruda (kuprit)lar duch kelishgan. Avviliga odamla ularni oddiy toshlarga ishlov bergandek qayta ishlab foydalanishgan. Tez orada ular mis bo’lagining toshbolg’a zarbalari bilan urib ishlov berilganidan so’ng, uning qattiqlik xususiyati sezilarli darajada ortgani va yanada qulayroq asboblar yasash uchun yaroqli holatga kelganini payqashdi.

 

Shu yosinda qadimgi odamlar metallarning sovuq holatidagi ishlov berish yoki, eng soda metal anjomlar yasash bosqichiga ko’tarildilar. Keyinroq esa boshqa bir o’ta muhim kashfiyot ochildi – tabiiy mis bo’lagi yoki, tarkibida metal tutuvchi yer sirti jinslarining bo’laklari  gulxaniga tushgach, odatiy tosh parchalariga tegishli bo’lmagan yangi xususiyatlar namoyon eta boshladi: kuchli qizish natijasida metal erib, sovugach butunlay yangi shakga kirib, ishlov berish uchun qulay xususiyatlaga ega bo’ldi. Agar shaklni sun’iy ravishda avvaldan tayyorlansa, metalldan odam uchun zaruriy buyumlar – ish qurollari hosil bo’lardi. Misning bu xususiyatlaridan qadimgi metal ustalari zeb-ziynat buyumlari hamda mehnat qurollari tayyorlasha foydalana boshladilar. Metallurgiya shunday paydo bo’ldi. Metallni eritishni kulollik ustaxonalaridagi loy quritish pechlarining birmuncha takomillashtirilgan va metallar uchun maxsus qayta konstrutsiyalashtirilgan, yuqori haroratli pechlarda amalga oshira boshlashdi. Umuman olgan mis – yumshoq metal bo’lib, bu borada oddiy toshga nisbatan anchayin bo’sh hisoblanadi. Lekin mis qurollarni tezkor va nisbatan sodda ishlov berish yo’li bilan oson tayyorlash mumkin edi. Masalan, statistika hodimlarining kuzatishicha, toshboltaning mis boltaga almashtiriishi natijasida, chopish sur’ati uch karra tezlashgan ekan. Shu tufayli, qadimgi dunyo jamiyatlarida metal asboblarga bo’lgan talab tezkor ravishda o’sa boshladi. Odamlar yangi-yangi mis konlari uchun qidiruvlar boshladilar. Ma’lum bo’ldiki, u har doimva har yerda ham uchrayvermas ekan. Misning boy rudalari topilgan joylarda uning ajratib oluvchi qayta ishlovchi faoliyat turlari jadal rivojlanib bordi. Shaxta va ruda ishlari vujudga keldi. Arxeologiya ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, juda qadim zamonlardayoq mis qazib olish ishlari katta miqiyosni zabt etgan ekan. Masalan, eramizdan avail 1600 yildayoq mis qazib olish katta hajmlarda olib borilgan Zaltsburg shahri yaqinidagi mis shaxtalarining chuqurligi 100 metrgacha yetgan, har bir shaxtadan tarmoqlangan yo’laklar uzunligi esa kilometrlab masofalarga cho’zilgan ekan. Faqatgina qo’l mehnati bilan qazish ishlari bajailgan qadimgi mis konlaridagi ishchilar oldida, hozirgi zamon shaxtyorlari ham hali hamon bajaradigan o’sha-o’sha asosiy vazifalar: yo’lak devorlari va shiftlarini mustaxkamlash, havo aylanihini ta’minlash, yo’laklarni doiliy yoritish va qazilgan rudani yuqoriga ko’tarib olib chiqish… Qazib olingan rudani uncha uzoq bo’lmagan joylarda, qalin devorli loydan qurilgan pechlarda eritishgan. Huddi shunday metallurgiya markazlari boshqa tamaddunlarda ham mavjud bo’lgan.

Eramizdan avvalgi 3- ming yillik oxiriga kelib, metallga ishlov beruvchi ustalar endilikda ma’lum bir metallning o’zinigina emas, balki ularning ikki yoki undan ortiq turlaridan iborat qotishmalarining muhim xusiyatlarini kashf etdilar va amalda qo’llay boshladilar. Bunday qotishmalarning eng dastlabkisi – Bronza edi. Insonlarning Bronzaning kashf etilishiga sababchi bo’lib, misni ommaviy va ko’p miqdorda ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi muqarrar bo’lgan bir tasodif hizmat qilgan. Mis rudalarining ba’zi navdagi namunalari sezilarsiz miqdorda (2% gacha) qo’rg’oshin bilan birikkan bo’lib, aralashma holatida olinar edi.bunday rudani eritish jarayonida ustalar, uning oddiy misdan ko’ra qattiqroq ekanligini payqab qoldilar. Qo’rg’oshinli ruda mis eritiladigan pechlarga yana bir boshqa sabab bilan ham tushib qolishi mumkin edi. Lekin qanday bo’lgan taqdirda ham, rudaning xususiyatlarini kuzatib borib, qadimgi metall ustalari  qo’rg’oshinning ahamiyatini angay boshladilar va endilikda eritilayotgan va qayta ishlanayotgan mis rudasiga qo’rg’oshinni ataylab qo’shib yuborib, Bronzaning sun’iy qotishmalarini haosil qilishga kirishdilar. Qalay bilan qo’shib qizdirilganda esa mis yanada yaxshiroq eriy boshladi va oson suyuqlanadigan bo’lib, quyishga yana ham qulay bo’lib qoldi. Bronza asboblar mis asboblardan ko’ra qattiqroq bo’lib, oson va yaxshiroq ishlov berish mumkin bo’lgan.  Bronza metallurgiyasi inson faoliyat jarayonining barcha sohalarida mehnat unumdorligining bir necha marotaba ortishiga hizmat qildi. Asboblarni yasash jarayoni ham birmuncha soddalashdi: endilikda toshni uzoq va qattiq mehnat bilan ishqalab sayqallash o’rniga, tayyor qoliplarga erigan metallni quyish orqali, o’zlaridan avvalgi ajdodlarining tushlariga ham kirmagan natijalarga erisha boshladilar. Quyish texnikasi bosqihma-bosqich takomillashib bordi. Dastavval quymalarni oddiy loydan yasalgan shaklli qoliplar orqali tayyorlagan bo’lishsa, keyinchalik, bunday qoliplarni o’rniga toshdan o’yib yasalgan va ko’p marotaba foydalanish mumkin bo’lgan tosh qoliplar bilan bajaradigan bo’lishdi. Lekin, bunday qoliplarning katta kamchiligi bor edi: ulardan faqat tekis va silliq asboblargina quyish mumkin holos edi. Bu muammoning yechimi esa, yopiq shakldagi qismlarga ajratiladigan qoliplarning tayyorlanishi orqali hal qilindi. Quyishdan avval qolipning qismlari bir biri bilan mustaxkam birlashtirilib, maxsus og’izlari orqali eritilgan bronza quyub yuborilgan. Metall sovub qotib qolgach esa, qolipni yana ehtiyotkorlik bilan bo’shatib olib, tayyor shakldagi mahsulot – ziynat buyumlari yoki mehnat va ov qurollariga ega bo’lishgan. Bunday usulda quyish turli shakllardagi mahsulotlarni quyish imkoniyatini bergan bo’lsa ham lekin, bu orqali turli murakkab figuralarni, bo’rtma va naqshli mahsulotlarni tayyorlash imkonsiz edi. Buning yo’li mumdan keng foydalanish boshlanishi bilanoq topildi: endilikda murakkab shaklli metall mahsulotlari tayyorlash uchun, avvalo uning shaklini mumdan tayyorlab olib, so’ngra mazkur mum formani maxsus loy bilan qalin qilib o’rab suvab chiqilgan. Keyin mazkur loy-mumli shakl pechda qizdirilganda, uning tarkibidagi mum issiqlik ta’sirida bug’lanib ketib, loy esa tayyor murakkab shaklli qolipga aylanib qolgan. Bu qolipga erigan bronzani quyib, u sovub, qotgach, loy qolipni sindirib tashlab ko’zlangan maqsadga erishilgan. Ushbu usullar yordamida ustalar xattoki murakkab shakllardagi qavariq va ichi bo’sh metall anjomlar tayyorlashni ham o’zlashtirdilar. Asta sekinlik bilan metallarni qayta ishlashning  parchinlash, payvandlash, kavsharlash kabi yangi texnika va texnologiyalari va uslublari paydo bo’lib, takomillashib va taraqqiy etib bordi.

Metallurgiyaning rivojlanishi bilan, bronza mahsulotlar tosh buyomlarni inson faoliyatining barcha sohalarian siqib chiqarib yubordi. Lekin bu jarayon jadallik bilan ro’y bergan deb o’lash noto’g’ri. Rangli metall rudalari hamma yerda ham mavjud bo’lmagan. Chunonchi, qalay misdan ko’ra kamyobroq bo’lib, uni topish qiyinroq bo’lgan. Metallarni uzoq masofalarga tashishga to’g’ri kelgan. Metall buyumlar va qurollar narx navosi baland bo’lib, qiymati doimiy ravishda yuqori saqlangan. Bularning barchasi ularning keng tarqalishiga sezilarli to’sqinlik qildi. Bronza tosh qurollarning o’rnini to’liq egallay olmadi. Bu jarayon keyinroq – Temirning  kishilar hayotga kirib kelishi bilan ro’y berdi.

 

Yangilаndi: 21.07.2013 04:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2513251

Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis