Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Bronza

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Bronza

Milodgacha bolgan uchinchi ming yillikdayoq insonlar oz xojalik faoliyatlarida metalllardan keng miqyosda foydalana boshladilar. Toshdan yasalgan mehnat qurollaridan metall asboblarga otish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz ahamiyatga ega bolgan. Aytish mumkinki, insoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa hech bir ixtiro bu darajadagi ta'sir korsatmagan.

Keng miqyosda qollanila boshlagan birinchi metall - mis bolgan. Mis ajratib olish uchun zarur tosh ma'danlarni doimiy izlash jarayonida qadimgi odamlar misning qizgish-yashil yoki, yashil-kulrang ranglardagi tabiiy yaxlit namunasiga e'tibor qaratishgan. Qoyatoshli sohillar boylab ular mis kolchedan va qizil misli ruda (kuprit)lar duch kelishgan. Avvaliga odamlar ularni oddiy toshlarga ishlov bergandek qayta ishlab foydalanishgan. Tez orada ular mis bolagining toshbolga zarbalari bilan urib ishlov berilganidan song, uning qattiqlik xususiyati sezilarli darajada ortgani va yanada qulayroq asboblar yasash uchun yaroqli holatga kelganini payqashdi.

Shu yosinda qadimgi odamlar metalllarning sovuq holatidagi ishlov berish yoki, eng soda metall anjomlar yasash bosqichiga kotarildilar. Keyinroq esa boshqa bir ota muhim kashfiyot ochildi - tabiiy mis bolagi yoki, tarkibida metall tutuvchi yer sirti jinslarining bolaklari gulxaniga tushgach, odatiy tosh parchalariga tegishli bolmagan yangi xususiyatlar namoyon eta boshladi: kuchli qizish natijasida metall erib, sovigach butunlay yangi shaklga kirib, ishlov berish uchun qulay xususiyatlarga ega boldi. Agar shaklni sun'iy ravishda avvaldan tayyorlansa, metalldan odam uchun zaruriy buyumlar - ish qurollari hosil bolardi. Misning bu xususiyatlaridan qadimgi metall ustalari zeb-ziynat buyumlari hamda mehnat qurollari tayyorlasha foydalana boshladilar. Metallurgiya shunday paydo boldi. Metallni eritishni kulollik ustaxonalaridagi loy quritish pechlarining birmuncha takomillashtirilgan va metalllar uchun maxsus qayta konstruktsiyalashtirilgan, yuqori haroratli pechlarda amalga oshira boshlashdi. Umuman olgan mis - yumshoq metall bolib, bu borada oddiy toshga nisbatan anchayin bosh hisoblanadi. Lekin mis qurollarni tezkor va nisbatan sodda ishlov berish yoli bilan oson tayyorlash mumkin edi. Masalan, statistika xodimlarining kuzatishicha, toshboltaning mis boltaga almashtirilishi natijasida, chopish sur'ati uch karra tezlashgan ekan. Shu tufayli, qadimgi dunyo jamiyatlarida metall asboblarga bolgan talab tezkor ravishda osa boshladi. Odamlar yangi-yangi mis konlari uchun qidiruvlar boshladilar. Ma'lum boldiki, u har doim va har yerda ham uchrayvermas ekan. Misning boy rudalari topilgan joylarda uning ajratib oluvchi qayta ishlovchi faoliyat turlari jadal rivojlanib bordi. Shaxta va ruda ishlari vujudga keldi. Arxeologiya ma'lumotlariga tayanadigan bolsak, juda qadim zamonlardayoq mis qazib olish ishlari katta miqyosni zabt etgan ekan. Masalan, eramizdan avvalgi 1600 yildayoq mis qazib olish katta hajmlarda olib borilgan Zaltsburg shahri yaqinidagi mis shaxtalarining chuqurligi 100 metrgacha yetgan, har bir shaxtadan tarmoqlangan yolaklar uzunligi esa kilometrlab masofalarga chozilgan ekan. Faqatgina qol mehnati bilan qazish ishlari bajarilgan qadimgi mis konlaridagi ishchilar oldida, hozirgi zamon shaxtyorlari ham hali hamon bajaradigan osha-osha asosiy vazifalar: yolak devorlari va shiftlarini mustahkamlash, havo aylanishini ta'minlash, yolaklarni doimiy yoritish va qazilgan rudani yuqoriga kotarib olib chiqish… Qazib olingan rudani uncha uzoq bolmagan joylarda, qalin devorli loydan qurilgan pechlarda eritishgan. Xuddi shunday metallurgiya markazlari boshqa tamaddunlarda ham mavjud bolgan.

Eramizdan avvalgi 3- ming yillik oxiriga kelib, metallga ishlov beruvchi ustalar endilikda ma'lum bir metallning ozinigina emas, balki ularning ikki yoki undan ortiq turlaridan iborat qotishmalarining muhim xususiyatlarini kashf etdilar va amalda qollay boshladilar. Bunday qotishmalarning eng dastlabkisi - Bronza edi. Insonlarning Bronzaning kashf etilishiga sababchi bolib, misni ommaviy va Kop miqdorda ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi muqarrar bolgan bir tasodif xizmat qilgan. Mis rudalarining ba'zi navdagi namunalari sezilarsiz miqdorda (2% gacha) qorgoshin bilan birikkan bolib, aralashma holatida olinar edi. Bunday rudani eritish jarayonida ustalar, uning oddiy misdan kora qattiqroq ekanligini payqab qoldilar. Qorgoshinli ruda mis eritiladigan pechlarga yana bir boshqa sabab bilan ham tushib qolishi mumkin edi. Lekin qanday bolgan taqdirda ham, rudaning xususiyatlarini kuzatib borib, qadimgi metall ustalari qorgoshinning ahamiyatini anglay boshladilar va endilikda eritilayotgan va qayta ishlanayotgan mis rudasiga qorgoshinni ataylab qoshib yuborib, Bronzaning sun'iy qotishmalarini hosil qilishga kirishdilar. Qalay bilan qoshib qizdirilganda esa mis yanada yaxshiroq eriy boshladi va oson suyuqlanadigan bolib, quyishga yana ham qulay bolib qoldi. Bronza asboblar mis asboblardan kora qattiqroq bolib, oson va yaxshiroq ishlov berish mumkin bolgan. Bronza metallurgiyasi inson faoliyat jarayonining barcha sohalarida mehnat unumdorligining bir necha marotaba ortishiga xizmat qildi. Asboblarni yasash jarayoni ham birmuncha soddalashdi: endilikda toshni uzoq va qattiq mehnat bilan ishqalab sayqallash orniga, tayyor qoliplarga erigan metallni quyish orqali, ozlaridan avvalgi ajdodlarining tushlariga ham kirmagan natijalarga erisha boshladilar. Quyish texnikasi bosqichma-bosqich takomillashib bordi. Dastavval quymalarni oddiy loydan yasalgan shaklli qoliplar orqali tayyorlagan bolishsa, keyinchalik, bunday qoliplarni orniga toshdan oyib yasalgan va Kop marotaba foydalanish mumkin bolgan tosh qoliplar bilan bajaradigan bolishdi. Lekin, bunday qoliplarning katta kamchiligi bor edi: ulardan faqat tekis va silliq asboblargina quyish mumkin xolos edi. Bu muammoning yechimi esa, yopiq shakldagi qismlarga ajratiladigan qoliplarning tayyorlanishi orqali hal qilindi. Quyishdan avval qolipning qismlari bir biri bilan mustahkam birlashtirilib, maxsus ogizlari orqali eritilgan bronza quyib yuborilgan. Metall sovib qotib qolgach esa, qolipni yana ehtiyotkorlik bilan boshatib olib, tayyor shakldagi mahsulot - ziynat buyumlari yoki mehnat va ov qurollariga ega bolishgan. Bunday usulda quyish turli shakllardagi mahsulotlarni quyish imkoniyatini bergan bolsa ham lekin, bu orqali turli murakkab figuralarni, bortma va naqshli mahsulotlarni tayyorlash imkonsiz edi. Buning yoli mumdan keng foydalanish boshlanishi bilanoq topildi: endilikda murakkab shaklli metall mahsulotlari tayyorlash uchun, avvalo uning shaklini mumdan tayyorlab olib, songra mazkur mum formani maxsus loy bilan qalin qilib orab suvab chiqilgan. Keyin mazkur loy-mumli shakl pechda qizdirilganda, uning tarkibidagi mum issiqlik ta'sirida buglanib ketib, loy esa tayyor murakkab shaklli qolipga aylanib qolgan. Bu qolipga erigan bronzani quyib, u sovib, qotgach, loy qolipni sindirib tashlab kozlangan maqsadga erishilgan. Ushbu usullar yordamida ustalar hattoki murakkab shakllardagi qavariq va ichi bosh metall anjomlar tayyorlashni ham ozlashtirdilar. Asta sekinlik bilan metalllarni qayta ishlashning parchinlash, payvandlash, kavsharlash kabi yangi texnika va texnologiyalari va uslublari paydo bolib, takomillashib va taraqqiy etib bordi.

Metallurgiyaning rivojlanishi bilan, bronza mahsulotlar tosh buyumlarni inson faoliyatining barcha sohalaridan siqib chiqarib yubordi. Lekin bu jarayon jadallik bilan roy bergan deb oylash notogri. Rangli metall rudalari hamma yerda ham mavjud bolmagan. Chunonchi, qalay misdan kora kamyobroq bolib, uni topish qiyinroq bolgan. Metalllarni uzoq masofalarga tashishga togri kelgan. Metall buyumlar va qurollar narx navosi baland bolib, qiymati doimiy ravishda yuqori saqlangan. Bularning barchasi ularning keng tarqalishiga sezilarli tosqinlik qildi. Bronza tosh qurollarning ornini toliq egallay olmadi. Bu jarayon keyinroq - Temirning kishilar hayotga kirib kelishi bilan roy berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.09.2018 13:28  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3595039

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)