Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Shamol tezligini vizual baholash uchun Bofort shkalasi

Shamol tezligini vizual baholash uchun Bofort shkalasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Shamol tezligini vizual baholash uchun Bofort shkalasi.

Jadvalda shamol tezligining yerdagi jismlarga yoki ochiq dengizdagi to’lqinlarga ta’siriga qarab tahminiy baho berishning  Butunjahon meteorolgiya tashkiloti tomonidan qabul qilingan o’n ikki balli Bofort[1] shkalasi keltirilgan. Shamolning o’rtacha tezligi ochiq va tekis yuzadan standart 10 metr balandlikda ko’rsatilgan.

 

Bofort ballari

Shamol

kuchining

og’zaki ta’rifi

Shamolning o’rtacha

tezligi

Shamolning ta’siri

m/soniya

km/soat

0

Sokinlik, sukunat

0-0.2

<1

Tutun vertikal ravishda ko’tariladi. Daraxt barglari qimirlamaydi. Dengiz sathi tekis va tip-tiniq.

1

Tinch

0.3-1.5

1–5

Tutun vertikal yo’nalishdan og’a boshlaydi. Dengizda suvning yengil jimirlashi. Eshkak eshishdan yoki kema parraklaridan ko’pik hosil bo’lmaydi. To’lqinlar balandligi 0.1 metr.

2

Yengil

1.6-3.3

6–11

Shamol (shabboda) yuzga seziladi, yaproqlar shivirlaydi, Flyuger[1] harakatlana boshlaydi. Densizda maksimal balandligi 0.3 metrgacha bo’lgan qisqa to’lqinlar.

3

Kuchsiz

3.4 - 5.4

12 – 19

Daraxt barglari va ingichka shox shabbalari tebranadi, yengil bayroglar hilpiraydi. Suvda yengil to’lqinlanish paydo bo’ladi, ba’zan kichik mavjlanish hosil bo’ladi. To’qinlarning o’rtacha balandligi 0.6 metr.

4

Mo’tadil (o’rtacha)

5.5 – 7.9

20 – 28

Shamol yerdagi chang, xazonlarni ko’taradi, daraxtlarning ingichka shoxlari chayqaladi. Dengizda oqimi ko’pikli mavjlanish ko’plab kuztiladi.  To’lqinlarning maksimal balandligi 1.5 metrgacha.

5

Kuchli

8.0 – 10.7

29 – 38

Darxtlarning shox shabbalari va ingichka daraxtlarning tanalari, poyalar ham chayqaladi. Shamol qo’lga seziladi. Dengizning hamma joyida oqimi ko’pikli mavjlanish kuzatiladi. To’lqinlarning maksimal balandligi 2.5 metr, o’rtachasi esa 2 metr.

6

Qattiq

10.8 – 13.8

39 – 49

Yo’g’on tanali daraxtlar chayqaladi, ingichka tanali daraxtlar egiladi, telefon simlari tovush chiqaradi, soyabondan foydalanish qiyinlashadi; oqimi ko’pikli mavjlanish ancha katta maydonni egallaydi, suvli chang hosil bo’ladi. To’lqinlarning maksimal balandligi 4 metr, o’rtachasi esa 3 metr.

 

7

Kuchli qattiq

13.9 – 17.1

50 – 61

Daraxtlar tanalari chayqaladi, katta shoxlar ham egiladi, shamolga qarshi yurish qiyin; to’lqinlarning mavjlarini shamol sidirib ketadi. To’lqinlarning maksimal balandligi 5.5 metrgacha.

8

Juda qattiq

17.2 – 20.7

62 - 74

Daraxtlarning ingichka va quruq shoxlari sinadi, shamolga yo’nalishida gapirib bo’lmaydi, shmolga qarshi yurish juda qiyin. Dengizda kuchli to’lqinlanish. To’lqinlarning maksimal balandligi 7.5 metr, o’rtachasi esa 5.5 metr.

9

Po’rtana

20.8 – 24.4

75 - 88

Katta daraxtlar egiladi, shamol tomlardan tom yopish materiallarini sug’urib ketadi, dengizda juda kuchli to’lqinlanish. Juda baland to’lqinlar hosil bo’ladi. Maksimal balandligi 10 metr, o’rtachasi esa 7 metr.

10

Kuchli po’rtana

24.5 – 28.4

89 - 102

Quruqlikda kamdan kam bo’ladi. Inshoot va binolarga sezilarli talofotlar keltiradi.  Daraxtlarni yiqitadi yoki ildizi bilan qo’porib tashlaydi. Dengiz sathi ko’pik rangidan oppoq, to’lqinlarning kelib urilishi kuchli zarba hosil qiladi. Juda baland to’lqinlar -Maksimal balandligi 12.5 metr, o’rtachasi esa 9 metr.

11

Qattiq po’rtana

28.5 – 32.6

103 - 117

Kamdan kam kuzatiladi. Katta ko’lamdagi talofotlar keltirish bilan kechadi. Dengizda favqulodda baland to’lqinlar (Maksimal balandligi 16 metr, o’rtachasi esa 11.5 metr.) o’rta va kichik o’lchamdagi kemalar ko’zdan yo’qoladi.

12

To’fon (uragan)

32.7 va undan katta

118 va undan katta

«Keng ko’lamdagi va katta maydonlarda vayronakor, halokatli ta’sir qoldiradi[2]. »

Vayronakor va shiddatli uyurmalar hosil qiladi. Yer sirtidagi barcha narsani sidirib ketadi, ba’zan ularni osmonga bir necha kilometrgacha ko’tarib chiqib ketadi. Dengizda bulutlar va dengiz sathini o’zaro tutashtiruvchi uyurma – tornado hosil qiladi. – izoh muallifadan. Aslmanba[3]data’rifkeltirlmagan.

 


[1]Flyuger – shamol yo’nalishini aniqlaydigan asbob.

[2]Bofort shkalasining 1963 yilda Butunjahon meteorolgiya tashkiloti tomonidan qabul qilingan 12-balli shkalasidagi ta’rif.

[3] Енохович А.С – «Справочник по физике». Москва. «Просвещение» 1978.

 


[1]Ingliz admirali F. Bofort 1806 yilda ishlab chiqqan. 1874 yilda Butunjahon meteorolgiya tashkiloti tomonidan qabul qilingan

 

Yangilаndi: 04.06.2013 18:58  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)