Kosmik tezliklar
Birinchi kosmik tezlik - jismning sayyora tortish kuchini yengib chiqib, uning sun'iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun berilishi zarur bo‘lgan eng kichik boshlangich tezlik. Ba'zan "Birinchi kosmik tezlik" jumlasi o‘rniga "aylanish tezligi" jumlasi qo‘llaniladi.
Ikkinchi kosmik tezlik - jismning sayyora yoki boshqa osmon jismlarining tortish kuchini butunlay yengib chiqib ketib, lekin Quyosh tizimida qolishi uchun berish kerak bo‘lgan zarur bo‘lgan eng kichik boshlang‘ich tezlik. Ba'zan ikkinchi kosmik tezlikni Parabolik tezlik yoki halos bo‘lish tezligi deyiladi. Chunki, bu tezlikka erishgan jism, o‘zi turgan osmon jismi tortish kuchidan halos bo‘ladi.
Uchinchi kosmik tezlik - jismning avval Yer, keyin esa Quyoshning tortish kuchini yengib, Quyosh tizimini butunlay tark etishi uchun yetarli bo‘lgan eng kichik bo‘shlang‘ich tezlik.
Yer sayyorasi[1] uchun kosmik tezliklar
Balandlik, km |
Tezlikkm/soniya |
Balandlik, km |
Tezlikkm/soniya |
Uchinchi kosmik tezlik |
||
Birinchi kosmik |
Ikkinchi kosmik |
Birinchi kosmik |
Ikkinchi kosmik |
|||
0 |
7.9 |
11.19 |
2000 |
6.9 |
9.76 |
16.67 km/soniya |
60 |
7.87 |
11.13 |
5000 |
5.92 |
8.37 |
|
100 |
7.85 |
11.1 |
10000 |
4.93 |
6.98 |
|
200 |
7.79 |
11.01 |
20000 |
3.89 |
5.5 |
|
300 |
7.73 |
10.93 |
50000 |
2.66 |
3.76 |
|
500 |
7.62 |
10.77 |
100000 |
1.94 |
2.74 |
|
1000 |
7.35 |
10.4 |
930000* |
0.65 |
0.93 |
*Bu balandlik yer shari tevarak atrofining kosmik chegarasini, ya'ni yerning tortish kuchi ta'sir qilish sferasining maydon chegarasini belgilaydi. Bu hudud chegaralarida yerning gravitatsiya maydoning ta'siri quyosh va boshqa sayyoralar gravitatsiya maydonlarining ta'siriga nisbatan hal qiluvchi ahamiyat jasb etadi.
[1]Kosmik tezliklar qiymatlari atmosferani hisobga olinmagan holat uchun keltirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|