Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI ning asosiy birliklari Xalqaro birliklar tizimi - SI ning asosiy birliklari - Umumiy jadval

Xalqaro birliklar tizimi - SI ning asosiy birliklari - Umumiy jadval

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Butun dunyoda ilm-fan, texnika va ta'lim yo'nalishlarida, mahsulot va hizmatlarning parametrlarini ifodalash uchun qabul qilinga Xalqaro Birliklar Tizimi - SI (System Internationale)  o'z ichiga quyidagi jadvalda keltirilgan 7 asosiy birlikni qamrab oladi. SI bo'yicha qabul qilingan amaldagi boshqa barcha birliklardan keltirib chiqariladigan ushbu 7 birliklarning hosilaviy birliklardir. Jadvalda birliklarning ifodaviy belgilanishi, xalqaro qabul qilingan ta'rifi, va qabul qilingan sanasi keltirilgan.

B I R L I K L A R

Qabul qilingan vaqti

Kattalik Nomi

Birlik nomi

Belgilanishi

Ta’rifi

O’zbekcha

Xalqaro

A S O S I Y B I R L I K L A R

1

Uzunlik

Metr

m

m

Metrc yorug’likning vakuumda tarqalishining 1/299792458 soniya vaqt oralig’ida bosib o’tgan masofa qismiga teng

1983 yil, O’TXQ[1] ning XVII bosh konferensiyasi.

2

Massa

Kilogram

kg

kg

Kilogram – xalqaro kilogram prototipining massasiga teng

1889 yil, O’TXQ ning I konferensiyasi.

3

Vaqt

Soniya (sekund)

s

s

Soniya – Seziy 133 atomi asosiy holatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi bir biriga o’tishiga muofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davriga teng

1967 yil, O’TXQ ning XIII konferensiyasi.

4

Tok kuchi

Amper

A

A

Amper – vakuumda bir biridan 1 metr masofada joylashgan ikkita parallel o’tkazgichdan o’tganda, o’tkazgichning har bir 1 metr uzunligida 2·10-7 Nyuton o’zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o’zgarmas tok kuchidir.

1946 yil, O’TXQ ning IX konferensiyasi.

5

Termodinamik

harorat

Kelvin

K

K

Kelvin – suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

1967 yil, O’TXQ ning XIII konferensiyasi.

6

Modda miqdori

Mol

mol

mol

Mol – massasi 0.0012 kg bo’lgan 12C uglerodda qancha atom bo’lsa, o’z tarkibida shuncha struktur element tutgan sistemaning modda miqdoridir.

Molni tadbiq etishda struktur elementlarni o’ziga xoslashtirish kerak. Bu o’ziga xoslashtirish atom, molekula, ion, elektron va shunga o’xshash zarrachalar yoki, zarrachalar guruhi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.

1971 yil, O’TXQ ning XIV konferensiyasi.

7

Yorug’lik kuchi

Kandela

kd

cd

Kandela – berilgan yo’nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo’lgan monoxromatik nurlanish taratuvchi manbaning yorug’lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug’lik kuchi shu yo’nalishda 1/683 Vt/sr ni tashkil etadi

1979 yil, O’TXQ ning XVI konferensiyasi.

 



[1] OTXQ – O’lchov va tarozilar xalqaro qo’mitasi

 

Yangilаndi: 26.05.2013 14:14  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2498049

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)