Xotima. Uch yarim asr o‘tgandan so‘ng narsalar Galiley tasavvur qilganidan boshqacharoq ko‘rinadi. Bu Ptolomey va Kopernik sistemalari orasidagi farqda, Yerning harakati «haqiqiyligi» masalasiga taalluqli.
Osmon mexanikasiga real suyanmasdan olamning izchil sistemasini tuzish qiyin. Paradoks shundaki, Galileyning osmon mexanikasi uning «yer» mexanikasidan farqli yetarlicha sodda va Aristotelning qarashlariga yaqin edi. Birinchidan, u osmon jismlari doimiy ta’sir etuvchi kuchlarsiz inersiya bilan harakatlanadi deb o‘ylardi. U uchun uzoq ta’sir haqidagi faraz qabul qilinadigan emas, masalan yerdagi obyektlar uchun Oyning va Quyoshning tortishi astrologik anaxronizm kabi qabul qilinar edi. Ikkinchidan, Galileyning fikricha osmon jismlari inersiya bo‘yicha harakatlanib, tekis aylanma harakat qiladi.
Inersiyaning «yer» prinsipiga zidligi o‘z-o‘zidan ma’lum!
Galiley uchun bosh masala Yerning haqiqiy (mutlaq) harakati masalasi va uning amaliy tajribadagi isboti edi. Isbot uchun yerdagi hodisalar xizmat qilishi lozimligidan, inersiyaning yerdagi va osmondagi tamoyillari to‘qnashishi aniq. Galiley o‘ziga xos buyuk sezgirlik bilan Tixo Bragening, Ingoli ham takrorlagan, harakatlanayotgan kemadagi qator hodisalar bu harakatni ham sezishi lozim degan tasdiqini rad etadi. Galileyning bu rad etishi (bu o‘z mohiyatiga ko‘ra («yerdagi») inersiya qonunining birinchi ifodasi edi) tajribaga asoslangan edi. Bir vaqting o‘zida Galiley Yerning harakatini sezadigan (dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi) hodisalari ham mavjud deb tasdiqlaydi. Bunda Yerning taxmin qilinayotgan harakati ichki usulda sezib bo‘lmaydigan kema harakatidan nima bilan farq qilishi ko‘rsatilmaydi.
Bu hodisalar uzoq ta’sir etuvchi kuchlar qatnashmaydigan faqat inersiya bo‘yicha yuz beradigan Yerning o‘ziga xos harakatining natijasi ekanini ta’kidlaymiz. Galiley bu yerda qarama-qarshilik ko‘rmaydi. Oldin aytilganidek, Galileyning «hal qiluvchi» dalili xato ekan.
Galileyning haqiqiy (mutlaq) harakatga qarashi to‘g‘ri emas edi. Inersiya qonunining yaratuvchisi hali harakatni nisbiy deb tushunishdan, harakatni tekshirishda sistemaning hisob boshining rolidan yiroq edi. Harakatning nisbiylik xarakterini ochish uchun Gyuygens ko‘p ish qildi. Nyuton (Gyuygensdan farqli ravishda) aylanishni mutlaq deb hisobladi. Ptolomey va Kopernik sistemalarida hisob boshining sistemasi mavjud; birida Yer tinch tursa, ikkinchisida quyosh tinch turadi. Mexanikaning rivojlanishi o‘rinli tanlab olingan sanoq sistema harakatlarning qonuniyatini aniqlash uchun zarur ekanini ko‘rsatadi. Kopernik sistemasining asosiy ustunligi Kepler qonunlarini keltirib chiqarish imkoniyatining borligida (aytganday, bu qonunlarni Galiley qabul qilmagan). Gap shundaki, Kopernik sistemasida qo‘zg‘almas hisob boshi katta jismning o‘zida joylashadi va alohida sayyora qaralayotganida, birinchi yaqinlashuvda (boshqa sayyoralarning o‘zaro ta’sirini hisobga olmay) bu sayyora bilan Quyoshning o‘zaro ta’siri bilan chegaralanish mumkin. Ikkita jism haqidagi masala hosil bo‘ladi va Keplerning qonunlari Nyuton ko‘rsatgandek, bevosita uning butun olam tortishish qonunidan kelib chiqadi. Yer harakatsiz bo‘lgan sanoq sistemasida harakatni ifodalash qiyinlashadi, xususan, u uchun Kepler qonunlari o‘rinli bo‘lmaydi.
Galileyning astronomik kuzatishlariga kelsak, u astronomiyada yangi davr ochdi. Bunda asosiy rolni Yupiter yo‘ldoshlari o‘ynadi. Ularning davrlarini hisoblashga yarim asrdan ko‘proq vaqt ketdi, uni hisoblashga Galileyning o‘zi ham, hisoblash bo‘yicha tajribali bo‘lgan Rim kasaba yig‘ini astronomlari ham urinib ko‘rishgan edi. Mikrometrik texnikaning yetarlicha rivojlanmaganidan yo‘ldoshlardan Yupitergacha bo‘lgan masofalarni hisoblash yanada qiyin edi. Ammo 1685-yili Nyuton o‘zining «Tabiiy Falasafaning matematik asoslari»ga kiruvchi «Olam tuzilishi haqida» degan kitobini yozganda, uning Yupiterning yo‘ldoshlari uchun Keplerning uchinchi qonunini T2~R3(T —aylanish davri, R— Yupitergacha bo‘lgan masofa) o‘lchash ma’lumotlari ba’zi aniqliklarni talab qilsa ham o‘rinli deyishga imkoniyati bor edi. «Hodisalar» degan bo‘lim ana shu fakt bilan ochildi, bunda Nyutonning «Olam tuzilishi» tayanadigan eksperimental faktlar sanab o‘tiladi.
Yupiter yo‘ldoshlarining harakati nazariyasini butun olam tortishish qonuniga ko‘ra tuzilishini asoslash uzoq vaqt osmon mexanikasi klassiklari shuhratparastligini sinab keldi. Gap shundaki, yetarlicha aniq nazariya faqat Yupiternigina emas, balki Quyoshning, hatto yo‘ldoshlarning o‘zaro tortishishini hisobga olishi kerak. 1774-yilda bu masala Fransuz Fanlar Akademiyasining mukofotiga loyiq mavzulari orasidan o‘rin oladi.
Ancha aniq nazariya 1789-yili Laplas tomonidan yaratildi. Medichi Yulduzlari uzoq vaqt birorta ham buyuk astronom befarq qaray olmaydigan obyekt bo‘lib qoldi. Ular olimlarga yangi-yangi ajoyib faktlar sovg‘a qilardi. Masalan, Laplas birinchi yo‘ldoshning aylanish davriga uchinchi yo‘ldosh aylanish davrining ikkilangani qo‘shilsa, ikkinchi yo‘ldosh davrining uch hissasiga teng bo‘lishini aniqladi. Yupiter yo‘ldoshlarining o‘rganishdagi eng ajoyib sahifa Olaf Remerning kashfiyotidir, biz quyida ana shu haqda batafsil to‘xtaymiz.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|