Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.

Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Galileo Galiey. Birnchi hikoya.
Muqaddima
Harakat sirlari.
Erkin tushish
Qiya tekislik bo‘yicha harakat.
Galiley va Kepler.
Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.
«Suhbatlar».
Matematik qo‘shimcha.
Hamma sahifa

Yer mexanikasi va osmon mexanikasi. 1610-yilga kelib Galiley mexanikada bundan 20 yil oldin  qilgan  harakati  natijasiga  erishdi. U hamma narsani o‘z ichiga olgan risola ustida ishlay boshlaydi, ammo tasodifiy hodisa uni bu mashg‘ulotdan 20 yildan ortiq vaqtga chetlatadi! Galiley teleskop  yasadi va 1610-yilning  boshida  Yupiterning  yo‘ldoshlarini ochdi.  Bu  yil astronomik kashfiyotlarga  boy yil bo‘ldi. Galiley Kopernik  sistemasining to‘g‘ri  ekanining qat’iy  isboti  vujudga  keldi  deb  o‘ylaydi. 1633-yili  inkivizatsiyaning  hukmi ijodini  to‘xtatguncha  o‘tgan  hayotining  23  yilini u Shu sistemaning butunlay qaror  topishiga  sarfladi.  Bu  yillar  ichida  Galiley mexanikani u «Olam tuzilishini» ishlab  chiqish  uchun  zarur  bo‘lgan  darajada  eslaydi. Vaqt-vaqti bilan  uning  yangi   falsafasi «yerdagi»  harakatlar  haqidagi   natijalariga  zid  ham kelib qoladi. Hamma  qismlari a’lo tartibdagi Olamdan bu sharoitda unga

«ortiqcha  va  notabiiy»  bo‘lib  ko‘ringan  to‘g‘ri  chiziqli  harakat uchun o‘rin topa olmaydi. Sababi to‘g‘ri chiziqli harakat davriy bo‘la olmaydi va Olam holatida doimo o‘zgarish bo‘lib ko‘rinishi lozim. U to‘g‘ri chiziqli harakatga turg‘un bo‘lmagan   vaziyatlarda  o‘rin beradi,  tabiatda esa doiraviy harakat hukm surmog‘i  lozim.  U  kashf  etgan «biror joydagi harakatlar» uchun inersiya qonunini  Galiley  Yerga  yaqin  joydagina  o‘rinli  deb hisoblaydi.

Otilgan   jismning   parabola  bo‘yicha harakati qonunini ham Galiley taqribiy deb  hisoblaydi. U haqiqatda esa traektoriya  Yer  markazida  tugaydigan  bo‘lishi kerak deb o‘ylardi. Shuning  uchun ham u trayektoriyaning  parabolik  bo‘lishi  kashf etilgach,  osmonga  otilgan jismning harakati aylana yoyi yoki vint chizig‘i   bo‘yicha  bo‘ladi  degan  g‘alati  fikrlarni  ilgari  surdi. Bunga Ferma e’tiroz bildirdi va uni Karkava orqali (1637) berdi. Galiley javob uchun aytilgan jumlalarini «shoirona fiksiya» deb ataydi va trayektoriyaning parabolik ekani haqida  tasdiqni nashr etishga va’da beradi, ammo oxirida: «hali  biz Yerda, bizga mumkin bo‘lgan balandliklar va masofalarda tajribalar o‘tkazar ekanmiz, harakatning  parabolik   ekanligidan  hech qanday chekinish  sodir bo‘lmaydi; ammo bu chekinish markazga ancha yaqinlashgach, sezilarli, katta va juda katta bo‘ladi»,— deb yozadi. Traektoriya  parabolikligining  taqribiy  xarakterini Nyuton aniqlab  berdi,  ammo u Galiley  kutganicha  bo‘lib  chiqmadi.

Bu  yillar  ichida  Galileyni  qiziqtirgan harakat  haqidagi  asosiy  masala Yerning harakatini inkor etuvchilarning avvaldan qo‘llanib kelingan e’tirozlari bilan bog‘liq edi: nega harakatlanayotgan Yerdan narsalar uchib ketmaydi. Galileyda  buning  sababchisi  og‘irlik  kuchi  ekaniga  Shubha  yo‘q, ammo qanday asoslab tushuntirsa  bo‘ladi? Faraz  qilaylik,  jism  R radiusli  sferada v tezlik  bilan harakatlanayapti. Galiley o‘z mulohazalarini Shunday boshlaydi. Hisob boshini belgilaymiz.  Agar  og‘irlik   kuchi bo‘lmasa, jism urinma bo‘yicha v tezlikda  to‘g‘ri   chiziqli  harakatini davom ettiraverar edi. Sfera bo‘yicha harakatni  ta’minlash  (jismni  sferada  ushlab  turish) uchun bu harakatga markazga qarab yo‘nalgan harakatni qo‘shish lozim. Harakatlarni qo‘shishni qarash Galiley uchun  odatdagidek!  Nima  qilish kerak edi?

Ikkinchi harakat uchun (Pifagor teoremasiga ko‘ra) yo‘l ekanini ko‘ramiz, agar t vaqt kichkina bo‘lsa, deyarli ; Endi a=v2/2R tezlanishli tekis tezlanuvchan harakat uchun Galiley   formulasini   bilish  qiyin emas. Agar g>a bo‘lsa,  jism  sfera  sirtida  tura  olishi  aniq.  Biroq  Galiley  mulohazaning  ikkinchi  yarmisini  qilmagan,  uning  o‘rniga   juda   ham  chalkash   asoslashlarga  o‘tib  ketgan.  Galiley aytgan yo‘ldagi   markazga  intilma  tezlanish  uchun  formulani  1659-yili  Gyuygens topdi.



Yangilаndi: 15.02.2019 10:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11557887

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)