Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Galiley va Kepler.

Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Galiley va Kepler.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Galileo Galiey. Birnchi hikoya.
Muqaddima
Harakat sirlari.
Erkin tushish
Qiya tekislik bo‘yicha harakat.
Galiley va Kepler.
Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.
«Suhbatlar».
Matematik qo‘shimcha.
Hamma sahifa

 

 

Galiley va Kepler. Galileyning kashfiyotlari uning zamondoshlarini  hayratga solishi lozim edi. Konus kesimlari (ellipslar, parabolalar, giperbolalar)—yunon geometriyasining eng yuqori cho‘qqisi—haqiqatga aloqasi bo‘lmagan matematik fantaziyaning mevasidek tuyular edi. Galiley parabola  mutlaqo «yer» sharoitida bevosita hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. (Yana  XIX-asrda Laplas  konus kesimlarining tadbiqini sof matematikaning kutilmagandagi tadbiqi sifatida keltirgan). Xuddi o‘sha yillari konus kesimlarining ancha qiziq holda butunlay boshqa masala orqali vujudga  kelishi  ajoyib. 1604-1605  yillari  Iogann Kepler (1571-1630)  Marsning ellips bo‘yicha harakatlanishi ,  uning  fokusida  esa  Quyosh turishini kashf  etdi (o‘n yildan so‘ng Kepler bu tasdiqni hamma sayyoralarga tadbiq etdi). Bu mos tushish muhim va bu ikki kashfiyot biz uchun yonma-yon turadi, ammo Nyutongacha ehtimol, bu natijalarni hech kim durustroq solishtirmagan. Bundan tashqari, Galiley Kepler qonunini tan olmagan, bir-biri bilan uzluksiz yozishib tursa-da, o‘zining  kashfiyoti haqida Keplerga  yozmagan (kashfiyot Kepler vafotidan  keyin  chop  etilgan).

Iogann Kepler

Galiley  bilan Kepler uzoq vaqt o‘zaro yozishib turishgan. Kepler Galileyga ruhan eng yaqin olimlardan biri edi. Avvalo, eng muhimi Kepler Kopernik sistemasini  so‘zsiz  qabul qilgan  edi. 1597-yildayoq Galiley («Olam tuzilishining siri» kitobini  olishi munosabati bilan) Kopernik sistemasini yoqlovchi o‘zining qimmatli dalillarini nashr etish ishtiyoqida ekanligi to‘g‘risida Kepler bilan o‘rtoqlashadi. U «...men Shu vaqtgacha kam kishilar orasida o‘lmas Shuhratga erishgan,  ammo ko‘pchilik  uchun, ko‘pchiligi ahmoqlar uchun haqoratga va kulgiga  loyiq  bo‘lib  ko‘ringan  Kopernik  taqdiriga uchrab qolishdan qo‘rib, ularni nashr etishga jazm eta olmasdim. Agar Sizga o‘xshash kishilar ko’proq bo‘lganida  men  o‘z  mulohazalarim bilan chiqishga  jazm  etardim,  hamon Shunday emas ekan, bu mavzuni qarashdan   qocha  qolaman»,— deb yozadi. Kepler javob tariqasida  qizg‘in  chaqiriq  yuboradi: «Galiley  ikkilanishni  tashla  va  olg‘a chiq!». U birlashishni taklif etadi: «Agar men xato qilmasam Yevropa matematiklari orasida  bizdan  ajralib  chiqmoqchi  bo‘lganlari  ko‘p emas».

Kitobni  albatta, Italiyada  nashr  etish shart emas,  uni  Germaniyada  chiqarsa ham  bo‘laveradi.  Uzoq  Pragada muammo Italiyadagidek emas edi, u yerda oltinchi  yil  Jordano  Bruno  qamoqxonada  o‘z  taqdirini  kutmoqda  edi.

Kepler  o‘z kashfiyotiga kelgan yo‘l juda ibratli. Kepler olim sifatida ikki qiyofaga  ega edi. Bir  tomondan u olam tuzilishining ulkan sirlarini bilishga harakat qiluvchi fantaziyachi edi. U o‘ziga ochilgan eng katta sir quyidagidan iborat  ekaniga  ishonar  edi. Oltita sayyora mavjud, Shuning uchun beshta muntazam  ko‘pyoqlik  mavjud!  «Bu  kashfiyotdan hayratimni ifoda etish uchun hech qachon so‘z topa olmasam kerak». Kepler olti sferani to‘g‘ri muntazam ko‘pyoqlilar bilan aralashtirib, Shunday joylashtirdiki, unda har bir sferaga bitta ko‘pyoqli  ichki, ikkinchisiga tashqi chizilgan. Sferalarga  u  ketma-ket sayyoralarni mos  qo‘yadi.  Ko‘pyoqlilar  tartibida  muhim sirli ma’no bor (kub Saturnga, tetraedr Yupiterga  va hokazo  javob beradi). Kepler sferalar radiuslarining nisbatini orbitalarning ma’lum nisbiy kattaliklari bilan solishtiradi va qizig‘i Shundaki, (Merkuriydan boshqasi uchun) unchalik katta farq hosil qilmaydi. «Olam tuzilishi  sirlari»  kitobida  bosilgan  bu mulohazalar ko‘pchilik tomonidan ma’qullab  qabul  qilinadi,  Galileyning   qarshiligiga  ham uchramadi, «astronomlar shohi» Tixo Brage  esa  Keplerni  hamkorlikka  chaqirdi.

Bu taklifga  Kepler  ilmiy  hayotining  birinchisiga  o‘xshash  bo‘lmagan  ikkinchi tomoni bog‘langan. U  Tixo Bragening ko‘pgina kuzatuvlarini o‘ta puxtalik bilan qayta ishlab chiqdi. Teleskopdan  foydalanilmagan  kuzatishlar  uchun  bu  aniqlik

(±25" bilan baholanar edi) darajasi juda yuqori edi. U Tixo Bragening kuzatishlaridan foydalanib, sayyoralar orbitasini qayta qarab chiqishi lozim. Ehtimol, Tixo Brage (Kepler uni «Astronomiyaning Qaqnus qushi» deb atagan) undan o‘zining kelishuvchan nazariyasini tasdiqlatib olmoqchi bo‘lgandir, bu nazariyaga ko‘ra Quyosh Yer atrofida, boshqa sayyoralar esa quyosh atrofida aylanadi. Ammo Kepler hisoblashni  Kopernik sistemasi bo‘yicha o‘tkazdi.

Kopernik ham Ptolemeyga o‘xshab, sayyoralar orbitalarini doiralardan tuzganidan uning sistemasida ham episikllar saqlanib qoldi. Kepler sistemani soddalashtirmoqchi bo‘ladi (uning 1618-1621  yillarda  chiqqan  xulosaviy  ishi «Kopernik astronomiyasini qisqartirish» deb ataladi). Qizig‘i Shundaki, Yerning orbitasi aylanadan  deyarli  farq  qilmaydi,  ammo  Quyosh  markazga  nisbatan  bir oz  siljitilgan.  Kopernik  buning  hammasini bilar edi, biroq Kepler siljish kattaligini  aniqlashtiradi. U  Yerning  orbita  bo‘ylab notekis  harakatini  diqqat bilan  o‘rgandi  va  uzoq  vaqt  bu  harakatdagi qonuniyatni qidirdi. U  Quyoshgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq  bo‘lgan teskari  proporsionallikni va boshqa  imkoniyatlarni, to  yuzlar qonuni (Keplerning 2- qonuni) ni topgunga qadar, sinab ko‘rdi. So‘ngra  Kepler  Marsning  orbitasini hisoblaydi  va uni  to‘g‘ri  egri chiziqlar bilan taqqoslaydi. U kuzatishlar natijalariga nihoyatda sergaklik va ishonch  bildiradi.  Bir marta Tixo Brage natijasiga  nisbatan 8'  farq  (bunday farqni qurollanmagan  ko‘z  deyarli ilg‘amaydi) topib, o‘z  gipotezasini rad etdi. «U nazariy, mantiqiy-matematik tuzilishlar, ular qanchalik ravshan bo‘lmasin  o‘z  holicha  haqiqatning to‘g‘ri ekanligiga kafil bo‘la olmasligini, eng mantiqiy nazariyalar  tabiiy   fanlarda  aniq  tajriba bilan taqqoslanmasa mutlaqo ahamiyatsiz  bo‘lishini  yaqqol  sezardi» (Eynshteyn). Kepler  turli  xil  ovallarni olib  ko‘rdi  va  nihoyat,  fokusida Quyosh joylashgan, ellips yaroqli ekanini payqadi. «Men bizni o‘rab  olgan  qorong‘ulikni  hamma  joyini  paypaslab nihoyat, haqiqatning yorug‘  nuriga chiqdim». Keplerning tutgan yo‘li haqiqatan ham Galileyning  yo‘liga  bir  oz  o‘xshaydi.  Galiley  ko‘proq  umumiy tamoyillar va sifat  natijalari  bo‘yicha  ish  tutadi.  Qarigan  chog‘ida  Galiley: «Men hamma Vaqt Keplerni erkin (hatto, juda erkin) va o‘tkir aqli uchun qadrlardim, ammo mening   fikrlash  usulim  unikidan keskin farq qiladi. Bu bizning  umumiy buyumlar haqidagi  ishlarimizda ham uchraydi. Faqat osmon jismlari harakatida umumiy baholanishi  bilan   farq  qiladigan  ayrim  hodisalarga nisbatan  fikrlashlarda ba’zan  biz   yaqinlashganmiz, ammo buni mening fikrlarimning bir foizida ham topib bo‘lmaydi»,— deb eslaydi.

Galiley olamda  tekis  doiraviy harakat hukm suradi deb hisoblagan. U  kuzatish va  hisoblash  astronomiyasi  ma’lumotlarini  e’tiborga olmay sayyoralarning elliptik  orbitasiga  ham,  ularning orbita  bo‘ylab  qiladigan  notekis  harakatiga ham ishonmagan.

Kepler  o‘zaro tortishish  kuchiga  e’tibor  bergan, uni harakat bilan bog‘laganlar orasida birinchi edi: u hatto masofaga bog‘liq ravishda o‘zaro ta’sirning (1/r kabi, bu noto‘g‘ri) kamayishi  to‘g‘risida gipoteza ham aytgan. Dengiz suvining ko‘tarilishi oyning tortishi natijasida vujudga keladi degan tushuntirishni  qabul  qildi. Bularning hammasi uzoq ta’sir etuvchi kuchlarni rad etuvchi, xususan, yerdagi hodisalarni osmon jismlari ta’siri yordamida tushuntirishga  urinishni  rad  etuvchi Galiley uchun  butunlay  begona edi.  Ayniqsa bu dengiz suvining ko‘tarilishiga tegishli edi, Galiley uni yerning harakati mavjudligining isboti  deb hisoblar edi. Bu  xildagi tushuntirishlarni Galiley odam hayotidagi voqealarni sayyoralarning ta’siri  bilan tushuntiruvchi  astronomiyaga o‘xshatadi. «Tabiatning bu ajoyib hodisasi  haqida fikr yuritgan buyuk kishilar orasida meni boshqalardan ko‘ra ko‘proq  Kepler  hayratda  qoldiradi.  U erkin va o‘tkir  zehnga  va  yerga  taalluqli  barcha harakatlar bilan yaxshi tanish bo‘la turib, Oyning suv ustidan  muhim  hokimligiga  yo‘l  qo‘ydi, bu qimmatbaho xususiyat  va Shunday yengiltaklik». Kepler  haq  bo‘lib  chiqdi, ammo real dalillar ancha  keyin  paydo  bo‘ldi.

Keplerning  o‘zaro ta’sir haqidagi mulohazalari ko‘p chalkashliklarga ega ekanini  esda tutish lozim. Bir sohada u Galileydan anchagina qolib ketdi: u Aristotel  kabi  tezlik  kuchga proporsional deb hisoblagan.



Yangilаndi: 15.02.2019 10:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 879
O'qilgan sahifalar soni : 9360084

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis