Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Harakat sirlari.

Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - Harakat sirlari.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 27
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Galileo Galiey. Birnchi hikoya.
Muqaddima
Harakat sirlari.
Erkin tushish
Qiya tekislik bo‘yicha harakat.
Galiley va Kepler.
Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.
«Suhbatlar».
Matematik qo‘shimcha.
Hamma sahifa

Harakat sirlari.

Bizni o‘rab turuvchi borliqda sodir bo‘layotgan hodisalardan  Galileyning eng ko‘p  qiziqtirgani  turli  xil  harakatlar edi. U o‘tmishda yashaganlar harakat  haqida  nima  yozgan  bo‘lsalar,  zarrama -zarra  to‘pladi,  ammo  afsuslanib Shunday deydi: «Tabiatda harakatdan qadimiyroq narsa yo‘q, ammo xuddi Shu yozilganlar juda kam ahamiyatga ega». Qiziquvchan yigitchada har  bir qadamda savol  tug‘iladi..,

«1583-yili   chamasi   yigirma  yoshlik Galiley Pizada edi, u otasining maslahatiga ko‘ra   falsafa   va tibbiyotni o‘rganardi. Bir kuni u ibodatxonada bo‘lganida  o‘ziga  xos qiziquvchanlik va topqirlik  bilan eng yuqoriga osilgan qandilning  harakatini  tekshirmoqchi  bo‘ldi:  uning  katta, o‘rtacha va kichik yoylar bo‘yicha tebranishining davomiyligi bir xil emaslikni; chunki unga katta yoyni bosib o‘tish davomiyligi qandil Yuqoriroq  va  og‘ma qismlardagi  katta  tezlik hisobiga qisqara degandek tuyuldi.  Qandil bir me’yorda harakatlanar ekan, o‘z pulsi  hamda  o‘ziga yaxshi  tanish  bo‘lgan musiqaning tempi yordamida, qandilning  ilgarilanma  va  orqaga  harakati qanday ro‘y berishini o‘zining o‘lchovi bo‘yicha xomaki hisobladi. Shunday hisoblashlar natijasida, vaqt  bir xildek  ko‘rindi,  ammo u bu bilan qanoatlanmay uyga qaytgach, yanada to‘la qanoat  hosil  qilish uchun quyidagi ishni bajarishga jazm qildi. U ikkita qo‘rg‘oshin  shar olib  ularni  erkin  tebrana oladigan qilib  bir  xil uzunlikdagi ipga bog‘ladi... va ularni vertikaldan to‘g‘ri  gradusga, masalan,  bir  sharni  30°, ikkinchisini 10° gradusga og‘ishtirib, ayni bir onda qo‘yib yubordi. O‘rtog‘i yordamida  bir mayatnik  katta  yoy  bo‘yicha necha marta tebransa, ikkinchisi kichik yoy bo‘yicha xuddi Shuncha marta tebranishini kuzatdi.

Bundan tashqari,  u ikkita o‘xshash, ammo uzunliklari turlicha mayatnik yasadi. U kichik mayatnik katta yoy bo‘yicha qandaydir sonda, masalan, 300 marta tebransa, o‘sha vaqt ichida  katta mayatnik  o‘zining katta yoyi bo‘yicha ham hamma vaqt bir xil sonda, masalan, 40 marta tebranishini kuzatdi, u bu ishni bir necha  marta  takrorlab ayni bir mayatnikning u juda katta yoki juda kichik ekanidan  qat’iy  nazar  tebranish  davomiyligi  butunlay bir xil va bunda aytarli farq yo‘q, degan xulosaga keldi. Farq bo‘lsa, u havo ta’siridan — havo sekin harakatlanayotgan  jismga qaraganda og‘ir va tez harakatlanayotgan jismga ko‘proq  qarshilik  ko‘rsatadi.

U Shuningdek,  sharlarning  mutlaq  va  solishtirma  og‘irliklaridagi farqlar ham sezilarli o‘zgarishga olib kelmaganini ko‘rdi. Hamma  sharlar  o‘z  markazlaridan osiladigan  nuqtagacha  bir xil  uzunlikdagi  ipda bo‘lsa, har qanday yoy bo‘yicha o‘tish (vaqt)ning yetarlicha tengligini saqlar ekan; havodagi  harakatiga qarshilik qilish  oson  bo‘ladigan juda yengil material  tanlanmasa, bas!  Juda yengil bo‘lsa, u tez  to‘xtaydi».

Keltirilgan  hikoya  Vinchenso Viviani (1622—1703)ga tegishli, u 1639 yili  o‘n yetti yoshida Galiley inkvizatsiya hukmidan so‘ng kelgan joy — Archetrining Florensiya  yaqinidagi  villasi  edi. Ikki yildan keyin bu yerda Evanjelista Torichelli (1608—1647) ham paydo bo‘ldi. Ularning ikkalasi  ham ko‘zi  ojiz  bo‘lib qolgan olimga o‘z rejalarini poyoniga yetkazishda  yordamlashdi; ularning  o‘zlari ko‘pgina natijalar (barometrik mashhur tajribalar, sikloidani tadqiq qilishlar)ga  Galiley  ta’sirida erishishdi. Ayniqsa,  Viviani  Galileyga yaqin bo‘lgan, Galiley  uzoq  o‘tmishini xotirlab, u  bilan  turli   mavzularda suhbatlashgan  bo‘lishi  ehtimol.  So‘ngra Viviani o‘sha kunlarda eshitganlarini turli sabablarga ko‘ra hikoya qilib turgan. Bu hikoyalar juda ham ishonchli hisoblanmaydi, bunda noaniqlikning sababchisi  kim ekani hamma vaqt ham aniq emas: hikoyachimi yoki tinglovchimi.  O‘qituvchisining xotirasini abadiylashtirish — Viviani hayotining bosh maqsadi bo‘lgan.

Vivianining  hikoyasiga  qaytamiz. Unda gap mayatnikning izoxron xossasini kashf  etish  haqida boradi;  belgilangan  uzunlikda mayatnik  tebranishlarining davri  ularning  amplitudasiga  bog‘liq bo‘lmaydi. Galileyning vaqtni musiqa va puls yordamida (bu usulni birinchi marta Kardano ko‘rsatgan edi) aniqlashi diqqatga sazovor. Biz, katta aniqlikka ega soatlarga o‘rganib qolgan XXI asr odamlari, bu qiyinchiliklarni unutmasligimiz kerak. Aniq soatlar Galiley kashf etgan mayatnik xossasi asosida paydo bo‘la boshlagan.  Aytgandek, Galiley  o‘zining  laboratoriyasida  o‘tkazilgan  tajribalarida, (bu haqida quyida gapiramiz), vaqtni o‘lchash uchun suvning sekin chiqayotgan oqimi (suv soati varianti) dan foydalangan.

Galiley mayatnikning  uzunligi bilan uning tebranish chastotasi orasidagi bog‘lanishni topadi; tebranishlar davrlarining kvadratlari ular uzunliklari kabi nisbatda bo‘ladi. Viviani Galiley bu natijaga «geometriya va o‘zining harakat haqidagi  yangi  faniga  amal qilib» erishdi deb yozadi, ammo bunday nazariy xulosa qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ehtimol, Galiley bu qonuniyatni tajribada ko‘rgandir. Galiley mayatnikning tebranishi og‘ish burchagi kichik bo‘lgandagina izoxron ekanini bilmagan bo‘lsa kerak. Katta burchaklarda davr og‘ish burchagiga bog‘liq bo‘la boshlaydi, masalan, 60° uchun davr kichik burchaklarning davridan ancha farq qiladi. Galiley buni Viviani bayon etgan tajribalardan bir nechtasini o‘tkazib sezishi mumkin edi. Matematik mayatnikning izoxronligi haqidagi Galiley tasdig‘ining kamchiligini keyinchalik Gollandiyada Xristian Gyuygens topdi.

Galileo otasining umid va xarajatlarini oqlashga urinsa-da, tibbiyot bilan Shug‘ullanish  muvaffaqiyatli  bormas edi.  Baribir 1585 yili u vrachlik diplomini olmay  Florensiyaga  qaytib keladi. Florensiyada Galiley avval otasidan yashirincha, so‘ngra  uning  roziligi bilan matematika va fizika bilan Shug‘ullanishni davom ettiradi.  Galileo  olimlar bilan aloqa bog‘laydi,   jumladan, markiz Gvido Ubaldo del Monte bilan tanishadi. Montening yordami tufayli Toskaniya gersogi  Ferdinando  Medichi 1589  yili  Galileyni  Piza  universitetining matematika professori qilib tayinlaydi. Galiley 1592 yili Paduyada kelguncha Pizada bo‘ladi. Paduyada yashagan 18  yilini Galiley o‘z hayotining eng baxtli davri deb hisoblaydi. 1610 yildan umrining oxirigacha u «buyuk Toskaniya gersogining  faylasufi  va  birinchi  matematigi»  bo‘ldi. Pizada ham, Paduyada ham harakatni o‘rganish  Galileyning eng  asosiy  ishi bo‘ldi.



Yangilаndi: 15.02.2019 10:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 879
O'qilgan sahifalar soni : 9360198

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis