Luidji Ferrari. Kardanoning matematika bo‘yicha mashg‘ulotlarida anchadan buyon Luidji Ferrari (1522-1565) yordam berar edi. Kardano tuzgan o‘zining 14 o‘quvchisining xronologik ro‘yxatida Ferrari ikkinchi va eng mashhur uchta o‘quvchilaridan biri edi. Har xil belgilarga ishonuvchi Kardano 1536 yilning 14 yanvarida 14 yoshli Luidji akasi bilan Bolonyaga kelganda "hovlida zag‘izg‘on haddan tashqari qattiq sayragan ediki, biz hammamiz biror kishining kelishini kutgan edik",- deb yozadi. o‘sha kuni Kardano birinchi marotaba yuz ko‘rishishgan edi. Ferrari nihoyatda qobiliyatli odam bo‘lgan. U shunchalik qiziqqon ediki, ba'zan Kardano ham u bilan gaplashish yoki tortishishdan qo‘rqardi. o‘n yetti yoshida u bir sayrdan keyin o‘ng qo‘lining birorta ham barmog‘isiz qaytib kelgani ma'lum. U ustoziga juda ham sodiq edi. Uzoq vaqt uning kotibi va ishonchli kishisi bo‘lgan. Kardanoning matematik ishlariga Ferrarining qo‘shgan hissasi juda katta.
1543-yili Kardano bilan Ferrari Bolonyaga sayohat qilishdi, bu yerda della Nave ularga vafot etgan del Ferroning qog‘ozlari bilan tanishishga ruxsat berdi. Ular del Ferro Tartalya qoidasi bilan tanish bo‘lganligiga ishonch hosil qilishdi. qizig‘i shundaki, del Ferroning formulasi to‘g‘risida deyarli hech narsa bilishmash edi. Agar Kardano o‘sha ma'lumotlar delÂla Naveda ham borligini bilganida (1543 -yilgacha u Navega murojaat etmagan edi) Tartalyaga bunchalik qattiq yopishmagan bo‘lardi. Hozir deyarli hamma del Ferroda formula bo‘lganini, Fiore uni bilganini, Tartalya esa Fioreda uning borligini bilib, qayta kashf qilganini tan oladi. Biroq, bu zanjirning birorta ham qismi qat'iy isbotlanmagan: Kardano bu haqda gapirgan, ammo Tartalya o‘z hayotiiing so‘ngida mama shunday yozgan: "... Men ishontirib aytamanki, bu ifodalangan teorema hali Evklid tomonidan ham, boshqa hech bir kishi tomonidan ham isbotlangan emas, faqat Jerolamo Kardano tomonidan isbotlangan, unga buni biz ko‘rsatganmiz... 1534-yili (boshqa joyda 1535 yil 4 fevral deb yozilgan) Venetsiyada men tenglamaning umumiy formulasini topdim...". Bu chalkash tarixni epaqaga keltirish qiyin.
< avvаlgi |
---|