Jerolamo Kardano. U 1501-yili 24-sentyabrda Paduyada tug‘ildi. Unnig otasi - Fatsio Kardano, Leonardo da Vinchi eslatib o‘tganidek ko‘p narsaga qiziquvchi, ma'lumotli huquqshunos edi. U o‘g‘lining birinchi o‘qituvchisi ham bo‘lgan. Paduyada universitetni tugatgach, Jerolamo tibbiyot bilan shug‘ullammoqchi bo‘ladi. U nikohsiz tug‘ilgan bola edi, bu esa uning Milandagn hakimlar kengashiga kirishiga to‘sqinlik qildi. Kardano 1539 yilniig avgustida qoidani maxsus o‘zgartirib, uni kengashga qabul qilgunlarigacha uzoq vaqt chetda ishladi. Kardano o‘z davrining mashhur vrachlaridan edi. Ehtimol, o‘z do‘sti Andrey Vezaliyadan keyin ikkinchidir. Kardano qarigan chog‘ida o‘z tarjimai holi ("Mening hayotim haqida")ni yozdi. Unda matematika bilan shug‘ullanganligi haqida oz gapirilgan bo‘lib, tibbiyot bo‘yicha tekshirishlar batafsil yoritiladi. U davolanishi og‘ir bo‘lgan kasalliklardan besh mingtasining davolash usulini ifodalab berganini, u hal etgan muammo va masalalar soni qirq mingtacha ekanini, maydaroq ko‘rsatmalar soni esa ikki yuz mingtacha ekanini aytadi. Albatta, bu raqamlarga ma'lum darajada mubolag‘a bo‘lishi ehtimol va ularga tanqidiy qarash lozim. Umuman Kardano - vrachning shuhrati shubhasiz edi. U o‘z tajribasidagi muolajalarni bayon qiladi, ayniqsa mashhur kishilar (Shotlandiya arxiepiskopi Gamiltonni, kardinal Maronni va hokazolar)ni davolaganini hamda uch martagina omadi kelmaganini yozadi. Aftidan, hozirgi terminalogiya bo‘yicha u ulug‘ tashhischi bo‘lgan, ammo Leonardo da Vinchi va Vezaliylardan farqli o‘laroq anatomiyaga doir ma'lumotlarga katta e'tibor bermagan. Kardano o‘z tarjimai h olida o‘zini Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sinolar bilan solishtiradi (Abu Ali ibn Sinoning fikrlari u juda qadrlar va ko‘p ta'kidlar edi).
Ammo tibbiyot bilan shug‘ullanish Kardanoni butunlay band etmasdi. Bo‘sh vaqtlarida u dunyodagi barcha narsalar bilan shug‘ullanar edi. Masalan, u tiriklar va o‘lganlarning (Iso masiyh, Angliya qiroli Eduard VI, Petrarka, Dyurer, Vezaliy, Martin Lyuterning tole'nomasini (goroskopini) tuzdi. Bu mashg‘ulotlar avlodlar oldida Kardanoning obro‘sini to‘kdi (bir yomon afsonada u o‘z tole'nomasini tasdiqlash uchun o‘z joniga qasd qilgan deyiladi). Ammo u vaqtda astrologiya bilan shuÂg‘ullanish orqali olimlar ma'lum hurmatga sazovor bo‘lganligini va bu ish ularga avvalo moddiy manfaat keltirib turgani, qolaversa astrologiya - munajjimlik o‘rta-asr olimlari uchun an'anaviy odatiy ish tarkibi bo‘lganligini ham qayd qilish lozim. U vaqtlarda astronomiya astrologiyaning, ya'ni Yuditsiar astrologiyadan farqi bo‘lgan "tabiiy astrologiya"ning bir qismi deb qaralar edi. Kardano - munajjimning xizmatlaridan rim papasi ham foydalanganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.
o‘zining ilmiy ijodiga ko‘ra Kardano qomuschi olim bo‘lgan, ammo uyg‘onish davriga hos yakka qomuschi bo‘lgan. Olimlar tor sohada u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha shug‘ullanadigan akademiyalar birinchi marta Kardanodan bir yarim-asr keyin vujudga keldi. Faqat o‘shanday jamoadagina haqiqiy qomusni ta'lif etish mumkin edi. Yakka - qomuschi o‘zi olayotgan ma'lumotlarni yetarlicha tekshirishga qodir emas. Kardanoda uning shaxsiy va ruhiy xususiyatlari katta rol o‘ynadi. U ajoyibotlarga, oldindan sezishga, ins-jinslarga va o‘zining g‘ayritabiiy qobiliyatlari borligiga ishonar edi. U o‘zini yuqorida aytilgan xislatlarga ega bo‘lishiga sababchi hodisalar haqida batafsil hikoya qiladi (tarjimai holidagi qaydlarga qaraganda, Kardano, o‘zi kuzatgan har qanday to‘qnashuvda odamlarda ham, hayvonlarda ham, hatto ovda ham, qon to‘kilmasa barcha hodisalarni, o‘g‘lining o‘limi bilan tugagan hodisani ham u belgilari bo‘yicha oldindan bilgan emish). Kardano o‘zini ko‘rinmaydigan narsalarni ham ko‘ra oladigan qobiliyatga (uning so‘zi bilan aytganda garpokratik hissiyotga) ega deb hisoblar edi. Bu esa unga bemorning kasal bo‘lgan ichki organini, qimorda o‘ynalayotgan soqqani, suhbatdoshining yuzidagi o‘lim chiziqlarini t opa olish imkonini berar emish. Kardano hayotida tush ko‘rish katta rol o‘ynagan, u ko‘rgan tushlarini mayda-chuydasigacha eslab qolar va batafsil bayon etardi. Hozirgi zamon ruhshunoslari o‘sha bayonnomalar bo‘yicha Kardanoning kasalini aniqlashga urinib ko‘rishdi. Kardano doimiy takrorlanuvchi tush hamda o‘z nomini abadiylashtirishga bo‘lgan ishtiyoq uning kitoblar yozishining asosiy sabablari ekanini yozadi. "Nozik materiya haqida", "Buyumlarning turli-tumanligi haqida" degan qomusiy kitoblarida Kardano o‘zi va otasi tushlarining tafsilotiga ko‘p o‘rin bergan.
Ammo bu kitoblarda muallifning ko‘pgina xususiy kuzatishlari hamda o‘zga shaxslar tomonidan berilgan va puxta asoslangan boshqa ma'lumotlar ham bor. Fantastik nazariyalarni muhokama qilishga tayyor turish o‘ziga xos ishonishlik faqat salbiy rol o‘ynamaydi. Bu xususiyatlar tufayli, u ba'zi narsalarni o‘zining ancha extiyotkor kasbdoshlariga nisbatan ancha yil oldin muhokama qildi (quyiroqda gapiriladigan kompleks sonlarga qarang). Hamma vaqt ham muallif kim ekanini aniqlab bo‘lmaydi. Kardano Leonardo da Vinchi asarlari bilan qay darajada tanishligi ma'lum emas (bu XVI-asrdagi boshidagi italyan mualliflariga ham tegishli). Leonardo da Vinchining ishlari keng kitobhonlar ommasiga XVIII-asrning oxiridagina ma'lum bo‘ldi. Fransiyada tarjima qilingan "Nozik materiyalar haqida"gi kitob XVII-asr davomida statika va gidrostatika bo‘yicha ommabop darslik vazifasini o‘tadi. Galiley vaqtni hisoblash uchun (xususan sobordagi qandilning tebranishini kuzatganda) o‘z qon tomirining urishidan foydalanish haqidagi Kardano ko‘rsatmasiga amal qildi. Kardano abadiy dvigatel yaratish mumkin emas deb tasdiqlaydi, uning ba'zi izohlarini mumkin bo‘lgan ko‘chishlar deb tushuntirish mumkin (mashhur fizika tarixchisi Dyuem shunday deb hisoblaydi). Bunda Kardano suv bug‘ining kengayishini kuzatgan edi. Kardano eramizdan oldingi III-asrda yaratilgan Oy va Quyosh ta'sirida dengiz suvining ko‘tarilish va pasayish nazariyasiga qo‘shiladi. U birinchi marta magnit va elektr tortishishini aniqq farqlaydi (albatta, bu erda Fales tomonidan kuzatilgan qahraboga ishqalangan poxol poyasining tortishi kabi hodisa ko‘zda tutilmoqda).
Kardano uchun tajribaviy tadqiqot va amaliy mexanizmlarni konstruktsiyalash begona emas edi. U qarigan chog‘ida tajribada havo zichligining suv zichligiga nisbati 1/50 ga teng ekanini aniqladi. 1514-yili ispan qiroli Karl V o‘zi bosib olgan Milanga g‘alaba bilan kirganda vrachlar kengashining rektori KardaÂno baldaxin bilan bir qatorda yurdi. Qirolning hurmatini e'zozlab, u qirol ekipajini gorizontal vaziyatda saqlash uchun uni ikki valli posangi bilan ta'minlashni maslahat berdi (Karl V ning imperiyasida yullar yomon va uzoq yurishga to‘g‘ri kelar edi). Hozir ana shunday posangilar sistemasi (kardan posangisi, kardan birikma) kardan deb ataladi va avtomobillarda qo‘llanadi. Haqqoniyat uchun shuni qayd qilish lozimki, bunday sistemadan qadimda ham foydalanishgan. Leonardo da Vinchining "Tahliliy kodeks"ida kema kompasining kardan posangili rasmi mavjudligi bunga misoldir. Bunday kompaslar XVI-asrning birinchi yarmida Kardano ta'sirisiz tarqalgan.
Kardano juda ko‘p kitob yozgan, ularning bir qismi nashr etilgan, bir qismi qo‘lyozma tarzida qolgan, bir qismini esa Rimda qamoqqa olinish xavfida Kardanoning o‘zi yo‘q qilgan. Kitoblarning faqat bayoni "o‘z asarlarim haqida" de-yilgan ancha katta kitobni tashkil etar edi. Kardanoning falsafa va etika haqidagi kitoblari ko‘p yillar mashhur bo‘lgan. "Tinchlantirish haqidagi" kitobi ingliz tiliga tarjima qilingan va Shekspirga o‘z ma'naviy ta'sirini ko‘rsatgan. Ba'zi shekspirshunoslar Gamlet "yо hayot, yo mamot..." monologini o‘sha kitobni ushlab turib aytadi, deyishadi.
Kardanoning shaxsi haqida juda ko‘p gapirish mumÂkin. U harakatchan, jahldor edi va qimor o‘yinlarini ko‘p o‘ynardi. Kardano qirq yil shaxmat o‘ynagan (shaxmat donalari haqida "ular mening uy ishlarimga qanchalik zarar keltirganligini hech qachon qisqa bayon eta olmayman" deb yozadi u), u yigirma besh yil soqqa o‘ynagan ("soqqa shaxmatda n ham ko‘proq zaÂrar yetkazdi" degan qaydi mavjud). o‘yin deb, u vaqt-vaqti bilan hamma mashg‘ulotlarini to‘xtatib qo‘yar, ko‘ngilsiz, hafsalasiz holatlarga tushar edi. Kardanoning bu qiziqishining mahsuloti "Soqqa o‘yini haqida kitob" bo‘lib, u 1526-yili yozilgan, ammo 1663 yildagina nashr etilgan. Bu kitobda ehtimollik nazariyasi asoslarining boshlangich kurtaklari bor bo‘lib, unga katta sonlar qonunining dastlabki ifodasi, kombinatorikaning ba'zi masalalari, o‘yinchilar ruhiyatini kuzatish kirgan.
Kardanoning xarakteri haqida bir necha og‘iz so‘z. U shunday yozadi: "... mening kamchiliklarim orasida asosiysi va eng kattasi shuki, o‘zim biladigan narsalar haqida meni tinglovchilar uchun ko‘ngilsiz bo‘lsa-da, bilib turib uni juda mamnuniyat bilan gapirishdir... Men juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganman, bunga sabab mening o‘zim bilgan hamma narsalar haqida o‘rinli va o‘rinsiz ma'lumot berishga ishtiyoqmand ekanimda. Bunga meni o‘zimning yengiltakligim va ishning ko‘zini bilmasligimgina emas..., balki ko‘p hollarda yaxshi tarbiya olgan kishilar orasida bo‘ladigan yaxshi muomala munosabatlariga befarq qarashim ham olib kelgan, uni esa men keyinroq o‘zlashtirganman". O‘rtoqlari va o‘quvchilari uchun u boshqacha ham bo‘la olar edi. Bombelli "Kardano oddiy insondan ko‘ra ko‘proq ilohiyotchi yoki munajjim qiyofasiga ega edi" deb yozgan.
< avvаlgi |
---|