Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Hindcha-Arabcha pozitsion raqamlash tizimi

Hindcha-Arabcha pozitsion raqamlash tizimi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Hindcha-Arabcha pozitsion raqamlash tizimi

Ushbu raqamlash tizimi qadimgi Hindistonda paydo bolgan. Bu tizimda raqamlarning yozilish shakli, qadimgi sanskrit tilidagi tegishli son nomlarining bosh harflarini devangari alifbosidagi yozilishga oxshatib olingan. Dastlab bu belgilar orqali 1, 2, 3 ... 9, 10, 20, 30, ... 90, 100, 1000 sonlari tasvirlangan. Keyinroq borib, bosh xonani korsatish uchun maxsus belgi (qora nuqta, togarakcha) qoyish joriy qilingan. Vaqt otib 9 dan katta sonlarni tasvirlovchi belgilar devangari raqamlash tizimi onli sanoq tizimiga aylanib qolgan. Onli sanoq tizimiga qay tarzda va qachon otilgan hozirgacha malum emas. VIII-asr ortalariga kelib ushbu pozitsion raqamlash tizimi butun Hindistonda keng qollanila boshlagan. Taxminan osha davrlarda bu raqamlash tizimi asta-sekinlik bilan boshqa mamlakatlarga, xususan Hindixotoy yarimoroliga, Xitoy, Tibet, Orta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga keng yoyila boshlagan. Aynan shu raqamlash tizimining avval musulmon sharqi mamlakatlariga, keyinchalik esa Yevropa va butun dunyoga tarqalishida buyuk alloma vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiyning xossasi favqulodda ulkan bolgan. Chunki al-Xorazmiy ozining barcha ilmiy asarlarda, chunonchi, mashhur Al-Jabr val Muqobala kitobida aynan ushbu raqamlash tizimidan foydalangan. Al-Xorazmiy asarlari IX-XII-asrlar davomida dunyoning taraqqiy etgan barcha qismlarida matematikadan eng asosiy qollanma bolib xizmat qilgan va XII-asrda uning asarlarini lotin tiliga ogirib, butun Yevropaga ommalashtirilgan. Shu orqali unda qollangan raqamlash tizimi, ya'ni, hindcha pozitsion raqamlash usuli matematikadagi asosiy raqamlash tizimga aylangan. Al-Xorazmiy oz asarlarini osh vaqtda musulmon sharqi uchun umumiy ilmiy til bolgan arab tilida bitgan. Yevropaliklar bu tizimni al-Xorazmiy asarlari orqali tanishgani bois uni arabcha raqamlash, tizimdagi sonlarni ozini esa arab raqamlari deb nomlashgan. Bu tarixan notogri atama bolsa-da, lekin u ilmiy muomalada ornashib bolgani bois, fanga oid adabiyotlarda hali-hanuz keng qollanilmoqda.

Hindcha-arabcha raqamlarning shakli kop bora ozgargan. Arab tilida bitilgan qolyozmlarda ular quyidagi korinishda ifodalangan (arab imlosiga kora ongdan chapga):

?=0 ,?=1 ,?=2,? =3 ,?=4 ,?= 5 ,?=6 ,?=7 ,?=8 , ?=9

Hind-arab raqamlarining hozirgi shakli taxminan XVI-asrda paydo bolgan deb hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga kora, bunda raqamni ifodalovchi belgi-shakldagi burchaklar soni ushbu songa teng bolishi etiborga olingan emish. Buning qanchalik haqiqat ekani bizga qorongu. Bu tamoyilni quyidagi rasm orqali yaqqol tushuntirish mumkin:

?
Yangilаndi: 14.09.2018 11:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 807
O'qilgan sahifalar soni : 4460649

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)