Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Qadimgi Bobilliklarda o‘rin qiymatiga qarab raqamlash

Qadimgi Bobilliklarda o‘rin qiymatiga qarab raqamlash

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi Bobilliklarda o‘rin qiymatiga qarab raqamlash

Eramizdan taxminan 40 asr ilgari qadimgi Bobilda o‘rin qiymatiga qarab (pozitsion) raqamlash tizimi, ya'ni, aynan bir raqamning qaralayotgan sondagi o‘rniga ko‘ra turli qiymatlar oladigan usulda raqamlash tizimi vujudga kelgan. Bizning hozirgi muomaladagi raqamlash tizimimiz ham aynan shunday, ya'ni, pozitsion raqamlash tizimidir. Masalan, biz qo‘llaydigan 52 sonidagi 5 ning ma'nosi 50, ya'ni, 5×10 ni bildiradi. 576 sonidagi 5 esa, 500 ni, ya'ni, 5×10×10 ni anglatadi. Bizda 10 raqamai qanday ahamiyat kasb etsa, Bobilliklarning pozitsion raqamlashida 60 shunday o‘rin tutgan. Shuning uchun ham bu usul oltmishli sanoq tizimi deb ataladi. Bobilliklar 60 dan kichik sonlarni ikki xil belgi bilan yozishgan:

1 soni uchun belgi, 10 uchun -belgi ishlatilgan.

 

1) Bu belgilar pona shaklida bo‘lgan. Chunki u vaqtlarda Bobilliklar gil taxtachalarga uchburchak shakldagi cho‘plar bilan yozib axborot almashinishgan ekan. Bobil raqamlash tizimidagi bu belgilar qaysi sonni yozmoqchi bo‘linsa, shuncha marta takrorlangan. Masalan

 

 

Oltmishli sanoq tizimi o‘nli sanoq tizimidan keyin paydo bo‘lgan, chunki 60 dan kichik sonlar bu tizimda ham o‘nli sanoq tizimi asosida yozilda. Ammo oltmishli tizimning Bobilda qachon va qanday vujudga kelgani ma'lum emas. Bu haqida ko‘plab farazlar o‘rtaga tashlanishiga qaramay, hozirda ularning birortasi ham qat'iy isbotlanmadi.

Oltmishli tizimda butun sonlarni yozish qadimgi Ossuriya va Bobil podsholigidan tashqariga chiqa olmadi. Ammo oltmishli kasrlar bu chegaradan ancha olisga: Yaqin Sharq mamlakatlari, o‘rtaa Osiyo, Shimoliy Afrika va G'arbiy Yevropaga o‘tib ketgan. Bu xil kasrlar, ayniqsa astronomiyada, o‘nli kasrlar ixtiro qilingunicha, ya'ni, XVII-asr boshlarigacha ishlatib kelingan. Burchak, yoy va graduslarning (shuningdek soatning) 60 minutga, minutning 60 sekundga bo‘linishi oltmishli sanoq kasrlar tizimining hozirgi kunda ham saqlanib kelayotganiga dalildir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.07.2019 10:06  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10908110

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov