Bekkerel (birlik)
Bekkerel birligi Xalqaro SI birliklar tizimida radioaktiv manbadagi nuklid faolligining o'lchov birligi hisoblanadi. o'zbekcha belgilanishi Bk, xalqaro belgilanishlari bir xil - Bq ko'rinishida belgilanadi (кириллчада Бк).
Ta'rifi: 1 bekkerel - 1 soniya vaqt ichida bir jarayon parchalanish sodir bo'ladigan radioaktiv manbadagi nuklidning faolligiga tengdir. Bekkerel - SI tizimidagi o'z maxsus nomiga va belgisiga ega bo'lgan hosilaviy birlikdir. Uni SI tizimining asosiy birliklari orqali ifodalanishi quyidagicha bo'ladi: Bk=c-1
Mazkur birlik uran rudasidagi radioaktivlik hodisasini kashf qilgan fransuz olimi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908) sharafiga nomlangan bo'lib, o'lchov va tarozilar qo'mitasining 1975-yilda bo'lib o'tgan XV-bosh konferensiyasida qabul qilingan. SI tizimining hosilaviy birliklariga nisbatan tadbiq qilinadigan imlo qoidalariga binoan, olim sharafiga qo'yilgan bo'lishiga qaramasdan, matnda o'lchov birligining nomi kichik harflar bilan, ya'ni, «bekkerel» tarzida keltiriladi; uning belgilanishi esa - bosh harflar bilan, ya'ni, «Bk» shaklida ko'rsatiladi.
So'z radioaktivlik haqida ketayotgan har qanday o'rinlarda, radioaktivlikning o'lchov birligi sifatida c-1ni emas, balki, aynan bekkerel birligini qo'llash qat'iy tavsiya etiladi. Bu qoidani kiritilishidan maqsad, o'lchanayotgan radioaktivlik darajasini noto'g'ri talqin qilinishini oldini olish, hamda, inson salomatligiga nisbatan nurlanishning qay darajada xatarli ekaniga E'tibor qaratishdir.
Bekkerel - juda kichik birlik bo'lib, shu sababli amalda odatda unga o'nli old qo'shimchalar qo'shish orqali yasaladigan karrali birliklari kengroq qo'llaniladi. Lekin, ba'zi o'ta kam uchraydigan radioaktiv jarayonlarni tadqiq qilishda ba'zan bekkerelning ulushli birliklari - mikrobekkerel va millibekkerel ham qo'llanib turiladi.
Shuningdek, radioaktiv faollikni o'lchashda bekkereldan tashqari, ya'ni, kyuriy va rezerford singari, tizimlashmagan birliklardan ham foydalaniladi.
Bekkerel birligining sohaga oid boshqa birliklar bilan nisbati quyidagichadir:
1 Ki = 3,7·1010 Bk (aniq) = 37 GBk
1 Bk ≈ 2,703·10-11 kyuriy
1 Rd = 1·106 Bk (aniq) = 1 MBk
1 Bk = 10-6 Rd
Solishtirma (massaviy), hajmiy va sirt faolligi singari kattaliklar uchun mos ravishda bekkerel/kilogramm, bekkerel/m3, va bekkerel/m2 birliklari qo'llaniladi.
E'tibor bergan bo'lsangiz, bekkerel birligining SI asosiy birliklari orqali ifodalanishi, ya'ni c-1 -gers birligi bilan ham aynan bir xildir. Bu tarzdagi, o'zaro teng, lekin, nomi har xil birliklarning mavjudligi - ularning qo'llash sohasi butunlay boshqa-boshqa ekanligi bilan izohlanadi. Bekkerel - radionuklidlar parchalanishining tasodifiy jarayonlariga nisbatan qo'llaniladi; gers bo'lsa - davriy jarayonlar uchun qo'llaniladi. Garchi, 1 taqsim soniya birliklarini qo'llanishi nazariy jihatdan to'g'ri bo'lgan bo'lardi deb qaralsa ham, lekin, uni turli nomlar ostida ishlatilishi - o'sha fizik kattaliklarning tabiati turlicha ekaniga ishora berib turadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
kеyingi > |
---|